Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Bolalarda lug‘atni shakllantirishga doir mashg‘ulot turlari



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə17/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126
4. ДАРСЛИК

Bolalarda lug‘atni shakllantirishga doir mashg‘ulot turlari. Bolalarning lug‘ati ularga atrofdagi olamni tanishtirish bilan bir vaqtda o‘sib boradi. Lug‘atni shakllantirish jarayonida tarbiyachi bolalarning psixologik jarayonlarini, ularning aqliy qobiliyatlarini: sezgi, diqqat-e’tibor, xotira, fikrlash, (kuzatish) kuzatuvchanligini rivojlantiradi. Umumiy pedagogik jarayonda nutqni rivojlantirish bilan birgalikda bolalarning hissiyotlari va xulq-atvori, madaniy-gigienik ko‘nikmalari, axloqiy tasavvurlari va hatti-harakatlari, estetik tuyg‘ulari shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashning ushbu vazifalari lug‘at ishlarini o‘tkazishda nazarda tutiladi. Kelgusida lug‘at ishlarining muayyan usullari va metodlarini ko‘rib chiqqan holda biz bu umumpedagogik masalalarga to‘xtalib o‘tirmaymiz.

Lug‘atni boyitish metodlari: atrof-olamni bevosita kuzatish; mazmuni bolalarga notanish bo‘lgan yoki juda kam tanish bo‘lgan suratlarni ko‘rsatish; badiiy asarlarni o‘qish, diafilmlar va kinofilmlar (hujjatli filmlar) ko‘rsatish.
Lug‘atni mustahkamlash va faollashtirish metodlari: bolalarga tanish mazmundagi o‘yinchoqlarni, suratlarni ko‘rib chiqish, didaktik o‘yinlar.
Har bir bolaning leksik zahirasini to‘ldirish uni atrof-olam bilan tanishtirish jarayonida ro‘y beradi: so‘z bolaning o‘zi belgilagan (nusxa ko‘chirgan) narsa yoki harakatni tasavvur qilishi bilan bir vaqtga xotiraga kiradi.
Bolaning ona tilidagi so‘zni o‘zlashtirish jarayoni ushbu so‘zlarga mos keluvchi narsalarni «tadqiq qilishi» bilan bir vaqtda ro‘y beradi: bola narsalarni ko‘zdan kechiradi, qo‘l tekkizadi, ushlab ko‘radi, siypalaydi, uning qanday ovoz chiqarishiga quloq tutadi, ta’mini ko‘rmoqchi bo‘ladi, hidlab ko‘radi. Bola o‘z diqqat-e’tiborini jamlagan narsa uning ongiga barcha beshta sezgi - ko‘rish, tinglash, hidlash, ta’m, ushlab ko‘rish, sezish orqali kiradi. Dunyoni bu kabi sezgilar orqali anglash bolaning emotsional dunyosini rivojlantiradi; u nafaqat keskin holatlarni («ajoyib» -«rasvo») boshdan o‘tkazishga, balki barcha oraliq his-tuyg‘ularni sezishga qodir bo‘ladi.
Narsani sezgi bilan qabul qilish so‘z yordamida bola xotirasida ushbu narsa haqidagi tasavvur sifatida muhrlanib qolganidan so‘ng uning nomini atovchi so‘z bolada eng avvalo u mazkur karsa bilan bevosita to‘qnash kelganida boshdan o‘tkazgan his-tuyg‘ularni uyg‘otadi.
Masalan, archa so‘zi. Bola bu so‘zni eshitishi bilan uning ilgari his qilgan barcha his-tuyg‘ulari darhol jonlanadi: u o‘z xayolot dunyosida muayyan archani, uning yashil barglarini ko‘radi, deyarli uning hidini tuyadi va h.k.
So‘zni bu tarzda qabul qilish she’riy qabul qilish deyiladi. Agarda tarbiyachi bolaga ilk yoshdan boshlab ona tilidagi so‘zlarni ularning butun she’riy ifodasida o‘rgatib kelgan bo‘lsa (ya’ni, ularni qabul qilishning his-tuyg‘u negizi haqida qayg‘ursa), bu holda bolada insonga nafaqat o‘zi ijod qilishi uchun, bachki shoirlarning ijodini tushunish uchun ham zarur bo‘lgan shoirlik qobiliyati rivojlanadi.
Bola so‘zning «his-tuyg‘uli asosini» o‘zlashtirib olgandan so‘ng u uning umumlashtiruvchi ahamiyatini tushunishga qodir bo‘ladi. Aynan shuning uchun ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘atini boyitish ularni atrofdagi maishiy hayot, tabiat, kishilar mehnati, ularning ijtimoiy hayoti bilan tanishtirish jarayonida uyushtirilishi zarur. Ayni paytda tarbiyachi (va bola atrofidagi barcha kattalar) bola bilan grammatik jihatdan rasmiylashtirilgan ravon nutqda (ya’ni oddiy nutqda, chunki bir-biriga bog‘lanmagan so‘zlar to‘plamini nutq deb bo‘lmaydi) muloqot qilishlari lozim. Pirovardida, bola kattalar nutqidan eshitgan ayrim so‘zlarini o‘zi ajratadi. Bola hayotning 3-yilida bolalar «birinchi savollar davrini» boshdan kechiradilar. Bunda ularning atrofda ko‘rgan barcha narsalar nomlarini bilib olishga intilishlari paydo bo‘ladi: «Kim bu?», «Ismi nima?», «Bu nima?», «Nima uchun?».
Ushbu yoshda bolaning qiziquvchanligi eng avvalo «lingvistik» tusga ega bo‘ladi: bunda bolani ushbu so‘zlar bilan ataladigan narsalar mohiyati qanchalik qiziqtirsa, so‘zlar ham shu darajada qiziqtiradi. Bola bilan erkin muloqot chog‘ida uning savollariga javob qaytarish uchun tarbiyachi bolaga uchragan va e’tiborini o‘ziga jalb qilgan narsa nomini aytish orqali bola lug‘atini boyitadi. Chunonchi, narsa belgilari (sifat) nomlarini; harakat va holatni; (fe’llar, sifatdoshlar, ravishdosh va ularning ravishlik belgilari) bilib oladi va esda saqlab qoladi.
Bevosita kuzatish mumkin bo‘lmagan narsalar nomlarini bolalar ular tasvirlangan suratlarni ko‘rish orqali bilib oladilar. Insonning narsani uning tasviri (modeli) bilan oson taqqoslashga qodirligi — tug‘ma qobiliyatdir.
Bola juda erta yoshdan boshlab ishtiyoq bilan ko‘rib turgan narsalar rasmlarini chizishni boshlaydi, bunda u chizgan rasmlari ko‘rgan narsasiga o‘xshashiga ich-ichidan ishonadi (ayni paytda uning o‘zi aytgan dastlabki so‘zning tovush tarkibi u kattalardan eshitgan so‘zlar tovushiga o‘xshashligiga ishonchi komil).
Shunday qilib bola o‘z nutqini kattalar bilan jonli nutqiy muloqotda boyitadi, shu bilan birga u mazkur muloqot orqali haqiqatda kuzatayotgan yoki suratlar asosida tasavvur qilayotgan narsalari nomlarini bilib oladi. Pirovardida, lug‘at ishlari real ob’ekglar yoki suratlarni hisobga olgan holda olib boriladi. Ushbu metod barcha yosh guruhlarida qo‘llaniladi. Narsalar bilan o‘ynash chog‘ida bolalar ularning joylarini o‘zgartiradilar, har tomonga tashlaydilar, suradilar, ushlab ko‘radilar, yurg‘izadilar, narsalarni kuzatadilar va ularning sifati, harakatlarini aytib beradilar. Ayni paytda tarbiyachi bola bilan unga yo‘naltiruvchi savollar bergan holda so‘zlashishi lozim. Bola javob qaytarar ekan, tarbiyachi o‘z savoli orqali aytib berayotgan so‘zlarni takrorlaydi. SHu tariqa bolaning leksikasi kengayadi. Ayniqsa, syujetli-rolli «rejissyorlik» o‘yinlarida, sahnalashtirish jarayonida nutqni rivojlantirish uchun juda ko‘plab qulay vaziyatlar yuzaga keladi.
Rolli o‘yinda bola o‘zi kuzatgan yoki hikoyalar orqali bilgan va esda saqnab qolgan kattalarning turli vaziyatlarini takrorlaydi. Bola kaggalarning ana shunday vaziyatlardagi harakatidan va shu bilan birga ularning nutqidan ko‘chirma oladi. «Rejissyorlik» o‘yinida bola o‘ziga rol olmaydi, aksincha u ushbu syujetda rollarni o‘yinchoqpar o‘rtasida taqsimlaydi; syujetlar — Maktabgacha ta’lim muassasasi, hayvonot bog‘i va boshq. Tarbiyachi bolaning mavjud hayotiy tajribasini hisobga olgan holda aytib, yordamlashib turadi.
Sahnalashtirish o‘yinida bola o‘ziga tanish ertak qahramonlaridan biri rolini o‘ynaydi, o‘yin jarayonida u qahramon so‘zlarini takrorlaydi va shu tariqa o‘z nutqini boyitadi.
Syujetli o‘yinlar o‘zlashtirilgan til materialini mustahkamlashda bolalarga ajoyib mashq sifatida xizmat qiladi. Bolalar ataylab o‘z oldiga muayyan hayotiy vaziyatlarda kattalardan eshitgan nutqini yoki ertak qahramoni nutqini aniq berishni maqsad qilib qo‘yadilar.Harakatchan o‘yinlar, qoida asosidagi o‘yinlar yod olingan sanoq she’rlar, qo‘shiqlari bilan bolalar nutqini boyitadi. Yod olish tarbiyachi nutqiga taqlid qilish jarayonida ro‘y beradi, bu o‘yinlarni tarbiyachi bolalar bilan birga o‘ynaydi va dastlab o‘zi qiziqarli, sanoq she’rlarni aytadi, qo‘shiq kuylaydi.
Bola u yoki bu narsa nomini belgilovchi so‘zni (ba’zan, bir marta eshitib) tez va mustahkam (umrbod) esda saqlab qoladi, ammo bu faqat tarbiyachi so‘zlarni talaffuz qilishning metodik qoidalariga rioya qilgan taqdirdagina ro‘y beradi. Ya’ni, u:yetarli darajada baland ovozda so‘zlashi;

  • aniq talaffuz qilishi, ya’ni artikulyasiya organlarini g‘ayrat bilan va to‘g‘ri ishlatishi;

  • orfoepiya qoidalariga rioya qilishi, bunda u yoki bu so‘z komponentini bo‘rttirib yuboruvchi sun’iy talaffuzdan qochishi lozim,

  • So‘zni gapga uning grammatik shakllari imkoniyatlari ko‘rinadigan darajada qo‘shish kerak.

Masalan, bizga ayiqcha mehmon bo‘lib keldi. Ayiqchaning ko‘zlari qora, panjalari katta. Bolalar ayiqcha bilan o‘ynashni juda yoqtiradilar.Bola bu gapni eshitar ekan, «Ayiqcha» so‘zi nutqda o‘zgarayotganini sezib qoladi. Albatta, tarbiyachi kichkintoyga grammatik atamalarni ma’lum qilmaydi, ammo bir vaqtning o‘zida unda lug‘at boyishi bilan birga grammatik sezgi ham rivojlanadi.
Biroq, bolalar har doim ham atrofdagi narsalarga qiziqish bildiravermaydilar va har doim ham ularning nomlarini so‘rayvermaydilar. Tarbiyachi bolalar diqqat-
e’tiborini narsalarga, ularning sifatlariga, harakatlariga jalb qilishi zarur. Buni muntazam ravishda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Hafta davomida bolalar quyidagi miqdordagi so‘zlarni o‘zlashtirishlari mumkin:
3 yoshda - 5 ta so‘z
4 yoshda - 10 ta so‘z
5 yoshda - 15 ta so‘z
6 yoshda - 20 ta so‘z
7 yoshda - 30 ta so‘z
Hafta davomida o’zlashtirilishi kerak bo’lgan natijaga erishish uchun avvalo, tarbiyachi ijodkor bo’lmog’i shart. Bolalarni tinglay bilishi, ularda ham tinglay bilish qobiliyatlarini rivojlantirishi, bolalarni ko’proq fikrlashga chorlaydigan o’yinlarni tashkil qilishi, ularning o’zaro muloqot almashishi uchun kerak bo’lgan vaziyatni yarata olishi lozim bo’ladi. Shundagina bolalar lug’at boyligida ijobiy tomonga o’zgarish bo’lishi mumkin.



Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin