Lug‘at ishlari mohiyati, mazmuni va vazifalari. Maktabgacha yoshda bola shunday lug‘atga ega bo‘lishi lozimki, toki u bolaga tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish, maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish, adabiyotni, televizion va radio eshittirishlarini tushunish imkonini bersin. Shuning uchun maktabgacha ta’lim pedagogikasi lug‘atni rivojlantirishga nutqni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biri sifatida qaraydi. Lug‘atni rivojlantirishni xalq tomonidan tarixiy davrlar mobaynida to‘plangan lug‘at zahirasini o‘zlashtirishning uzoq davom etadigan jarayoni sifatida tushunish darkor. Ushbu jarayonning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratish mumkin. Eng avvalo bola lug‘atidagi miqsoriy o‘zgarishlarni qayd etish lozim. Chunonchi, 1 yoshda kichkintoy 10-12 ta so‘zni faol biladi, 6 yoshga kelib esa uning faol lug‘ati 3-3,5 mingtagacha ortadi. Lug‘atning sifat xususiyatlari haqida so‘z yuritganda bolalar so‘zning bilish natijasini aks ettiruvchi ijtimoiy biriktirilgan mazmunini asta-sekin egallab olishlarini nazarda tutish lozim, Ushbu bilish natijasi so‘zda mustahkamlanadi, shu tufayli odamlar tomonidan anglanadi va muloqot jarayonida boshqa odamlarga uzatiladi.
Har bir so‘zning mazmuni tushunchadir. Fikr, so‘z umumiylikni ko‘rsatadi, Psixologiyada ham so‘z mazmuni umumlashtirma yoki tushuncha sifatida belgilanadi. «So‘z mazmuni psixologik jihatdan aynan umumlashtirilgan tushunchaning o‘zidir. Biz so‘z mazmunini fikrlash fenomeni sifatida ko‘rib chiqishga haqlimiz» (L.S.Bngotskiy1). Shuning uchun lug‘atni egallash jarayoni tushunchalar bilan uzviy bog‘liq va shu tufayli u quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
I-xususiyati — bolalar lug‘atining mazmuni. Fikrlashining ko‘rgazmali-ta’sirchan va ko‘rgazmali-obrazli tusga egaligi bois bola eng avvalo ko‘rgazmali taqdim etilgan yoki uning faoliyati uchun mumkin bo‘lgan, bolalar lug‘atida ancha keng aks ettirilgan narsalar, hodisalar, sifatlar, xususiyatlar, munosabatlarni o‘zlashtirib oladi. Makgabgacha yoshdagi bolaning lug‘atida nisbatan mavhum tushunchalarni belgilaydigan bunday so‘zlarning yo‘qyaigi yoki ularning ma’nosi buzilishi ham shu bilan izohlanadi.
II-xususiyati — so‘zning ma’nosi, mazmun-mohiyatini asta-sekin egallash. Maktabgacha yoshdagi bolada tushunchalar asosida fikrlash hali shakllanmaganligi sababli u egallab olgan so‘zlarning ma’nosi ham muayyan yosh bosqichida tushunarli bo‘lmaydi. Dastlab bola so‘zni muayyan narsa yoki hodisa bilan bog‘laydi. Bunday so‘z umumlashtiruvchi xususiyatga ega emas, u faqat bolaga muayyan narsa, hodisa haqida signal beradi va ularning obrazini chaqiradi (masalan, bola uchun soat so‘zi faqat uning xonasida osilib turgan soatni anglatadi, xolos). Maktabgacha yoshdagi bolaning atrofdagi borliqni — narsalar, hodisalar (xususiyatlar, xossalar, sifatlar)ni o‘zlashtirishining borishiga qarab u ularni u yoki bu belgisiga qarab umumlashtirishni boshlaydi. Ko‘pincha umumlashtirishlar ahamiyatsiz, biroq bola uchun emotsional jihatdan muhim bo‘lgan belgilariga qarab qilinadi. Shunday qilib, maktabgacha bosqichdagi bolalikda so‘z mazmuni bolaning bilish imkoniyatlari rivojlanishiga qarab o‘zgarib boradi.
III-xususiyati — bola lug‘ati hajmining kattalar lug‘ati hajmidan ancha kamligi. Chunki bolaning bilish tajribasi va pirovardida atrof-olam haqida to‘plagan ma’lumotlari katta yoshli odamning bilimlari hajmidan ancha kam bo‘ladi. Lug‘atni rivojlantirshdagi mazkur xususiyatlar maktabgacha ta’lim muassasasidagi bolalar bilan olib boriladigan lug‘at ishlarining vazifalarini aniqlash imkonini beradi.
Mazmunli muloqot uchun zarur bo‘lgan miqdordagi so‘zlar to‘planishini ta’minlash;
so‘zlar mazmunini atrof-olamdagi ob’ektlarga taqqoslash, ularning xususiyatlari va munosabatlari asosida egallab olish;
narsalar va hodisalarning ahamiyatli belgilarini ajratish asosida so‘zning umumlashtiruvchi ma’nosini o‘zlashtirish;
nutqning obrazli qatoriga kirish va undan foydalana olish;
Ijtimoiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan so‘zning o‘zlashtirilishini ta’minlash.
Bolalar lug‘atining xususiyati va lug‘at ishlarining vazifasini maktabgacha ta’lim muassasasidagi lug‘at ishlari dasturi va metodikasining asosini tashkil etadigan tamoyillar belgilab beradi:
Boladar lug‘atini shakllantirishda ularning atrof- olamni faol va ta’sirchan bilishlariga tayanish;
Lug‘at ishlari mazmunining bolaning asta-sekin atrof-olamni bilish imkoniyatlari rivojlanayotgani bilan bog‘liqligi.
Lug‘at ishlari dasturi mazmunini murakkablashtirish uchta yo‘nalishda amalga oshirilmoqda:
Bolani asta-sekin ortib borayotgan narsa va hodisalar doirasi bilan tanishtirish asosida uning lug‘atini kengaytirish;
Atrof-olamdagi narsa va hodisalar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish asosida sifat, xususiyat va munosabatni belgilovchi so‘zlarni kiritish;
Lug‘at ishining ushbu yo‘nalishlari barcha yosh guruhlarida ro‘y beradi va turli mazmunda kuzatiladi: ob’ektlar va tabiat hodisalari, moddiy madaniyat buyumlari, ijtimoiy hayot ko‘rinishlari bilan tanishtirishda va h,k.