QO‘LLANILISHI CHEGARALANGAN SO‘ZLARGA DOIR O‘QUV LOYHASI REJA: KIRISH I. BOB. O‘ZBEK TILI LUG‘AT TARKIBINING MA’NO JIHATIDAN TAVSIFI So‘z va leksema munosabati, leksemaning ifoda va mazmun tomoni
Leksemalarning shakliy munosabatlariga ko’ra turlari
II. BOB. TIL LUG‘AT TARKIBINING QO‘LLASHI JIHATIDAN TAVSIFLANISHI Qo`llanish doirasi chegaralanmagan leksika (so`zlar)
Qo`llanish doirasi chegaralangan leksika (so`zlar)
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Fan hamisha rivojlanish va taraqqiyotda. Bugungi kunda u misli ko‘rilmagan darajada jadal tus oldi. Bunga, bir tomondan, dunyo miqyosidagi globallashuv, fanlararo integratsiyaning kuchayishi, innovatsion texnologiyalar amaliy qiymatining o‘sishi ta’sir qilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, milliy manfaatlarning kuchayishi, geopolitik siyosat qamrovining kengaya borishi kabi qator omillar jiddiy sabab bo‘lmoqda1.
Hozirgi paytda jamiyat taraqqiyoti, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va davlatlararo siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning kengayishi natijasida tillararo so’z omuxtalashish jarayoni jadallashmoqda. Bunday jarayon o’zbek tili leksikasiga ham o’z ta’sirini ko’rsatib, tilimizning o’zlashma so’zlar hisobiga boyishiga sabab bo’lmoqda.
Tilshunoslarimiz tomonidan leksikologiyani tadqiq etishning lison va nutq farqlanishi asosidagi vazifalari yetarlicha bajarilib, keyingi bosqichi esa o‘zbek tilining sistemaviy (ideografik) lug‘atini yaratishga qaratilgani ta’kidlanadi2.
Shunga muvofiq galdagi ishlar o’zbek tili leksikasidagi o’zlashma so’zlarni aniqlab olish, ularni lug’atlarga olib kirish, leksik guruhlar va mikrosistemalarni tizimli o’rganish, o’rganilgan ishlarni kattaroq guruhlarda birlashtirish kabi vazifalardan iborat bo’ladi.
Mazkur ish o‘zbek tili leksikasidagi inglizcha o’zlashma so’zlar va ularning ma’no taraqqiyotini tadqiq etish masalasiga qaratilgan. Buning uchun esa o‘zbek tili leksikasida inglizcha o‘zlashma so‘zlarning tutgan o‘rni, ularning ma’no taraqqiyoti, tematik guruhi va leksikografik talqini kabi vazifalarni yoritish mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Ishning tadqiq obyektini o‘zbek tili leksikasidagi inglizcha o‘zlashma so‘zlar tashkil qiladi. Material, asosan, eski va yangi nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”3dan hamda bir necha turdagi lug‘atlar va davriy nashrdagi turli gazeta va jurnal matnlaridan to‘plandi. Ishga nazariy manba sifatida tilshunosligimizda bajarilgan dissertatsiya, monografiya va ilmiy maqolalardan foydalanildi. O‘zbek tilidagi inglizcha o‘zlashma so‘zlarning ma’no taraqqiyotini o’rganish ishning predmeti sanaladi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Mazkur kurs ishining maqsadi o‘zbek tili leksikasining o’zlashma so’zlari tarkibidagi inglizcha o’zlashma so’zlarni belgilab olish, ularning ma’no taraqqiyotini o’rganish, ma’noviy guruhini tashkil etuvchi inglizcha o’zlashma so’zlar sistemasining leksik sathdagi o‘rni masalasiga oydinlik kiritish, ma’noviy va vazifaviy imkoniyatlari hamda xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, leksikografik izohlarini oydinlashtirish hisoblanadi. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish belgilab olindi:
- o‘zbek tili leksikasi va unda so‘z o‘zlashish jarayonini o‘rganish;
- o‘zbek tili leksikasida o‘zlashma so‘zlar tarkibidagi inglizcha o‘zlashma so‘zlarni belgilab olish;
- o‘zlashma so‘zlar semantikasida ma’no kengayishi hodisasini aniqlash;
- inglizcha o‘zlashma so‘zlarning semantik munosabatini yoritish;
- o‘zlashmalarning tematik guruhini yoritish;
- o‘zlashma so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlarini o’rganish;
- o‘zlashma so‘zlarning leksikografik talqini masalasini yoritish;
O‘zbek tilshunosligi, xususan, o‘zbek leksikologiyasi sohasida keyingi yillarda bir necha tadqiqotlar bajarilib, jiddiy yutuqlarni qo‘lga kiritdi. O‘zbek tili lug‘at boyligini ilmiy tadqiq etishda Sh.Rahmatullayev, I.Qo‘chqortoyev, S.G‘iyosov, H.Ne’matov, R.Rasulov, E.Begmatov, H.Jamolxonov, O.Bozorov, B.Jo‘rayev, Sh.Orifjonova, Sh.Iskandarova, B.Mengliyev, R.Safarova, H.Saidova, B.Qilichev, A.Sobirov, G.Ne’matova, Z.Yunusova, B.Bahriddinova, Sh. Bobojonov kabi tadqiqotchilarning nomi bilan bog‘lash o‘rinlidir4.
Bir tildan boshqa tilga so‘z o‘zlashish tillarning aralashuvi sifatida yuqori baholanadi. Mashhur tilshunos L.V.Shcherba bunday jarayonni tilshunoslikning muhim muammolari sirasiga kiritadi. Qozon tilshunoslik maktabining namoyandalaridan biri V.A.Bogoroditskiy o‘zbek tilini o‘rganishda boshqa tillarning ta’sirini hisobga olish zarurligi va uning ahamiyatini qayd qiladi. Bir tildan boshqa tilga lisoniy birliklarning o‘zlashish masalalari, tillarning o‘zaro ta’siri bir qator tilshunos olimlarning tadqiqotdarida ham e’tiborli o‘rinda bo‘lgan. Xususan, arab va arab bo‘lmagan boshqa tillardan ot turkumiga xos so‘zlarning o‘zlashishi, bunday sotsiolingvistik jarayonda o‘zga til leksemalarining morfologik qiyofasidagi o‘zgarishlar haqida turli fikrlar bildiriladi.
O‘zbek tilshushosligida professor Sh.Raxmatullayev, F.Abdullayev, I.Qo‘chqortoyev, M.Mirtojiyev, A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Berdialiyev, H.Ne’matov, R.Rasulov kabi olimlarning o‘zlashma so‘zlarning leksik-semantik xususiyatlari, ularning o‘zbek tili lug‘at tarkibiga o‘zlashish omillari haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir.
Lekin o‘zbek tilshunosligida bevosita inglizcha o‘zlashma so‘zlar va ularning ma’no taraqqiyotini ilmiy tadqiq etishga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqotlar hali yaratilmagan.