Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlarning ahamiyati. Nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan so‘zlashishdir. So‘zlashish og‘zaki nutqning eng oddiy shakli bo‘lib, unda bola o‘zini tutishi, ko‘z qarashi, xatti- harakati, ovozining past-balandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. So‘zlashish - dialogik nutq, asosan kattalar yordamida amalga oshiriladi va u ayniqsa, tevarak-atrofni bilish jarayonida yaxshi natijalar beradi. Jumladan, jamoat joylarida, ko‘pchilik o‘rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi.
Bunda bir-birining nutqini to‘ldirib borish, tuzatishlar kiritish, so‘rash, so‘rab bilib olish dialogik nutqqa o‘rgatishning usullari sanaladi.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlardan biri suhbat metodi quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari;
Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
Suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: Bolalarni to‘g‘ridan- to‘g‘ri suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash.
1-Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning grammatik qurilishni shakllantirish mazmuni.Bola tilining grammatik tizimini o‘z vaqtida shakllantirish - uni to‘laqonli nutqiy va umumiy psixologik rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.
Tilning grammatik tizimini bola predmetli harakatlarni O‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqlikda bilishni rivojlantirish asosida egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish morfologiya (so‘zlarni rodlar, sonlar, kelishiklarga qarab o‘zgartirish), so‘z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir So‘z negizida boshqa so‘zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo‘shma gaplami tuzish) ustidagi ishlami o‘z ichiga oladi.
Bolalaming grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng avvalo ham bolaning o‘zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bolalar bilan birgalikdagi muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishi lozim.
Bolalarda grammatik tizimni - sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa, keng fikr bildirish uchun motivatsiyani yaratish muhim.
Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turli darajada rivojlanadi va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo‘ ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga (gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda - gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); yettinchi yilda - hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.
Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar - bolalarning tilga oid o‘yinlarini, ulaming grammatik sohasidagi faolligini rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birikmasini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlami bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.
Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirishni «yozma nutq vaziyati»da, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Boiaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tibomi qaratish zamr.
Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullarini, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur.
Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jarayonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shakllanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlami tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi.
Bola tilining grammatik tizimini shakllantirish uning nutqi (tili) rivojlanishining umumiy oqimida ro‘y berishi lozim; pedagogik rahbarlik shakllari va metodlari umumiy nutqiy rivojlanishning bosqichma-bosqich xususiyatga egaligini, eng avvalo dialog va monologni, so‘zgacha bo'lgan mazmunli-semantik tizimdan vaziyatga oid ixtiyoriy iborali nutqqa o‘tish (keyinchalik dialog va monolog rivojlanadi), bolalarning nutqiy havaskorligi sohasi sifatida tengdoshlar bilan muloqotning dialogik shakllarini o‘zlashtirishni hisobga olishi lozim.
Grammatik ko‘nikmalarni shakllantirish usullari va yo‘llari. Maktabgacha katta yoshda nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabat paydo bo‘lishi hamda rivojlanishi, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga intilish bilan bog‘liq. To‘g‘ri so‘zlashga intilish grammatikaning barcha sohalari - morfologiyada (aniq shakl hosil qilishda, shakllaming turli-tumanligini o‘zlashtirishda: stollar, stullar, qavatlar va boshq.), so‘z hosil qilishda, (non uchun - nondon, tuz uchun tuzdon va boshq.) sintaksisda (og‘zaki nutq qurilmasini yengib o‘tish va bog'lovchisini ko‘p marta qo‘llash orqali gapni cho‘zib yuborish, bitta gapda to‘g‘ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish va boshq.) ko‘zga tashlanadi. Nutqning grammatik to‘g‘riligiga intilish ko‘proq yetti yoshli bolalarga xosdir. Besh yoshli bolakay hali ham grammatik shakllar ustida zavq bilan mashq qiladi va aynan mana shu so‘z bilan mashqlar kelajakda grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalangan nutq uchun poydevor yaratadi.
Grammatika sohasidagi kamchiliklar shundan iboratki, bunda bolalar so‘zlami rodda noto‘g‘ri moslashtirdilar (vstretilsya kolobok lisu),gap bolaklari ham noto‘g‘ri joylashtirilgan (inversiya): - A doktora tam ne bыlo, a volk tolko bыl; I navstrechi eti vstretilsya ztsva boshq. Maktabgacha katta yoshdagi bolalaming nutqini tadqiq etish natijalarini sifat jihatdan tahlil etish shuni ko‘rsatdiki, eng ko‘p fikr bildirishlar hajmi sevimli ertaklami aytib berish hissasiga, eng kami esa, o‘z shaxsiy tajribasidan kelib chiqib, hikoya tuzish hissasiga to‘g‘ri keldi. Fikr bildirish hajmi va nutqning tezkorligi nafaqat bolaning faol lug‘at zaxirasini, balki uning «o‘ta tezkor sintez» qila olish qobiliyatini ham tavsiflaydi. Bundan tashqari, fikr bildirish hajmi uning obyekt bilan tanishlik darajasidan dalolat bermoqda. Bolalaming biron-bir narsa, hodisa haqidagi bilimlari qanchalik chuqur va xilma-xil bo‘Isa, ulaming fikr bildirishlari ham shunchalik keng bo`ladi.
Bolalarning nutqida oddiy gaplar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ba’zan «esa», «va» kabi bog‘lovchilar ishtirokida tuzilgan va ba’zan esa ularsiz bog‘langan qo‘shma gaplar ham uchrab turadi. Bildirish xususiyatiga ko‘ra bolalar hikoyalaridagi aksariyat gaplar darak gaplardir, nutq bir xil ohangda jaranglaydi, ko‘pincha so‘zlar o‘rtasidagi sintaktik bog‘liqlik, ya’ni: gapdagi so‘zlar tartibi, inversiya buzilishiga oid xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi.
Hikoya qilib berishda so‘z birikmalarini tuzishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi kuzatildi.
eganing kesim bilan noto‘g‘ri bog‘lanishi: keldi quyon;
aniqlovchining aniqlanuvchi so‘z bilan noto‘g‘ri bog‘lanishi: uchradi ayiq, uchradi tulki;
kelishikda va kelishik-gap boshqaruvidagi xatoliklar: sayrga ayiq bilan chiqdik.
Bolalar fikrlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, ular nutqida aniq ma’noli otlar ustunlik qiladi. Nutqni otlar bilan boyitish quyidagi sharoitlar ta’sirida ro‘y beradi: bola o‘zi uchun qandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan narsalarninggina nomlarini o‘zlashtirib olmoqda; unga tanish narsalar va shaxslar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.