davomida jarayon ishtirokchilari quyidagi ikkita vazifaning yechimini topishga
erishishlari darkor:
1.
Korxonada ishlayotgan
har bir ishchi-xodimga, birinchidan, mehnat
faoliyatining
natijasiga, ikkinchidan, mehnat bozorida konkret turdagi ishchi kuchi
uchun to’lanayotgan real qiymatdan kelib chiqib haq to’lanishini kafolatlash;
2.
Korxonalar o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarini
bozorda realizatsiya
qilganidan so’ng foyda olishga muvaffaq bo’lishi zarur.
Demoqchimizki,
ham
ishchi-xodimlarning,
ham
ish
beruvchilar
-
tadbirkorlarning manfaatlarini birdek qondirish uchun mehnatga to’lanadigan ish
haqi salmog’ini oshirish barobarida ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlarning har
bir donasiga sarflanadigan xarajatlar salmog’ini kamaytirish, shuningdek
korxonaning iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishga erishilsa, har bir ishchiga
to’lanadigan ish haqining qiymati oshirilishini kafolatlash zarur bo’ladi.
Bundan
chiqdi, mehnat haqining ma'lum darajada oshirilishi uchun iqtisodiy faoliyat
samaradorligi oshirilishi lozim va aksincha, mehnat samaradorligining
oshirilishi
pirovard natijada ish haqi qiymatining oshirilishi uchun sharoit yaratib beradi. Bu
iqtisodiy qonuniyat mehnat faoliyatini rag’batlantirish tamoyilining asosini tashkil
etadi. Shu tamoyilga amal qilish tufayli ish beruvchilar -tadbirkorlar iqtisodiy
faoliyatining yakuniy samarasi sifatida olinadigan
foyda hajmini oshirishga, ishchi-
xodimlar esa moddiy ahvolini yaxshilashga muvaffaq bo’lishadi.
Mehnatga bo’lgan talab va taklif mamlakatda mavjud ishchi kuchiga
to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Shu o’rinda mamlakatimiz mehnat bozori to’g’risida ba’zi
bir ma’lumotlarga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq. O’zbekiston Respublikasi
Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra mamlakatimizda
iqtisodiy faol
aholi soni 2019 yilning uchinchi choragida 14 946,2 ming kishini tashkil etgan. Bu
33
2018 yilga nisbatan qariyb 200 mingga ko’paygan. Shundan 13 608,8 ming kishi
bugungi kunda ish bilan band (2-jadval).
2-jadval