Ish haqi to’g’risidagi turli XIL nazariyalar



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/19
tarix23.07.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#137238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
64-variant

Kurs ishining maqsadi 
ish-haqi bo’yicha tashkil etiladigan jarayonlarda 
yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin bo’lgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha 
ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. 
Mazkur maqsadga 
erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
-
ish-haqi tushunchasining mazmun-mohiyatini, ularning shakllarini 
ochib berish; 
-
ish-haqini to’lash tartibini va rag’batlantiruvchi to’lovlarni tadqiq etish; 
-
ish-haqini tashkil etish bilan bog’liq turli yondashuvlarni o’rganish; 
-
O’zbekistonda 
mehnatni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan 
munosabatlarni tahlil qilish; 
Kurs ishining obyekti 
mehnat jarayonlarini tashkil etish va ish-haqini to’lash 
bilan bog’liq bo’lgan turlicha qarashlar va nazariyalar hisoblanadi. 
Kurs ishining predmeti 
mamlakatimizda ish-haqini to’lash, aholi 
daromadlarini oshirish hamda mehnat jarayonlarini optimallashtirish bo’yicha 
bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’z ichiga oladi. 
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini 
xorijlik yetakchi olimlarning 
ish-haqi to’lashni tartibga solinishi, mehnatni tashkil etish jarayonlari bo’yicha 
amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi. 
Kurs ishining tuzilishi. 
Ushbu 
Kurs ishi 
kirish, besh bo’lim, xulosa va 
takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib. 
1.
 
Ish haqi tushunchasining mazmun-mohiyati 
Ish haqi korxona, muassasa, tashkilotlarning o’z xodimlariga ulaming mehnati 
uchun to’lashi shart bo’lgan haq shaklidir. Ish haqi asosiy va qo’shimcha qismlardan 
iborat. Asosiy qism ish haqining nisbatan doimiy qismi hisoblanadi. Unga tarif 
bo’yicha belgilangan maosh, ustama va qo’shimcha haqlar kiradi. Ustama va 
1
Shavkat Mirziyoyev: Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash - iqtisodiy islohotlar 



qo’shimcha haqlar muayyan muddatga belgilangadi, hamda ish yomonlashgan 
taqdirda (mehnat sharoiti uchun to’lanadigan haqda tashqari) bekor qilinadi. 
Qo’shimcha qismga yil yakunlariga ko’ra, mehnatning umumiy natijalari uchun 
beriladigan mukofot va rag’batlantirishlar kiradi. 
Ish haqini huquqiy jihatdan tartibga solib turishning davlat va mahalliy turlari 
mavjud. Davlat yo’li bilan normalash-davlat hokimiyati va boshqaruv organlari 
tomonidan mehnatga haq to’lashning umumiy shartlari belgilanishidan iborat. 
Mahalliy yo’l bilan tartibga solish-huquq qoidalarida mehnatga haq to’lash 
shartlarini belgilashdan iborat bo’lib, ular ma’muriyat tomonidan kasaba uyushmasi 
qo’mitasi bilan birgalikda o’zlariga berilgan huquqlari doirasida ishlab chiqishadi. 
Ish haqining mohiyati, uning ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlari bo’lgan 
mahsulot ishlab chiqarish, uni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishda 
bajaradigan funksiya (vazifa)larida namoyon bo’ladi (1-rasm): 
1.
Takror hosil qilish funksiyasi. Mazkur funksiya ish haqining davlat 
tomonidan tartibga solishning xususiyatlari, ish haqining ish kuchini takror hosil 
qilishni ta’min etadigan miqdorini qonuniy darajada belgilash bilan uzviy bog’liqdir. 
2.
Rag’batlantiruvchi funksiya. Xodimni o’z mehnati, natijalarini doimiy 
ravishda yaxshilab borishga qiziqtirishi lozim. 
3.
O’lchov-taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya iste’mol fondlarini 
yollanma xodim bilan ishlab chiqarish vositalari egasi o’rtasida taqsimlash vaqtida 
jonli mehnat o’lchovini aks ettirish uchun mo’ljallangan. 
4.
Joylashtirish funksiyasi. Mazkur funksiyaning hozirgi vaqtdagi 
ahamiyati jiddiy ravishda oshib bormoqda. Uning mohiyati mehnat resurslarini 
mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari va korxonalar bo’yicha qulay ravishda 
joylashtirishdan iborat.



5.
Aholining to’lovga qodir talabini shakllantirish funksiyasi. Bu 
funksiyaning vazifasi to’lovga qodir talabni muvofiqlashtirishdir, bunday talab 
deganda, xaridorlarning pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojlarini namoyon 
bo’lish shakli tushuniladi, shuningdek, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ham 
nazarda tutiladi. To’lovga qodir talab ikkita asosiy omil-jamiyatning ehtiyojlari va 
daromadlari ta’sirida shakllanishi sababli, bozor sharoitida ish haqi yordamida 
tovarni taklif qilish bilan talab o’rtasida zarur mutanosiblik o’rnatiladi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin