2.
Mehnatga asosiy haq to’lashni xodimning
shaxsiy ishchanlik sifatlari,
uning kasb mahorati darajasi va alohida fazilatlari, ishga bo’lgan munosabati bilan
bog’laydigan tizimlar. Bular, avvalo, quyidagilar uchun rag’batlantiruvvchi
xususiyatga ega bo’lgan qo’shimcha va ustama haqlardir: kasb mahorati; kasblar
(lavozim)ni birga qo’shib
bajarganlik, xizmat ko’rsatish me’yorlari (zonalari)ning
kengayganligi; avvalgi ko’p hajmli ishni (xizmatlarni) ozroq miqdordagi xodimlar
kuchi bilan bajarganlik.
3.
Xodim yoki xodimlar guruhining asosiy ish haqini muntazam
xususiyatga ega bo’lmagan muayyan muvaffaqiyatlarga erishgan yoki muayyan,
yetarli darajada zoq taqvim davri (yarim yil, bir yil) mobaynida qandaydir umumiy
jamoa natijalari bilan bog’lovchi tizimlar. Bunga
bir marta beriladigan turli
mukofotlar va to’lovlar taalluqli bo’lib, hozirgi vaqtda ham ayrim korxonalarda
alohida muhim ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan topshiriqlarni bajarganlik,
ishlab chiqarish musobaqasida g’olib bo’lib chiqqanlik uchun, korxonaning yillik,
yarim yillik, chorak yakunlari bo’yicha faoliyati va hokazolar to’lab borilmoqda.
Biz yuqorida mehnatga haq to’lashning rag’batlantiruvchi
tizimini
tasniflashning ayrim boshqa belgilarini, xususan, rag’batlantirish tizimida hisobga
olinadigan ko’rsatkichlar miqdori, shartlar va boshqa biron-bir tavsiflarni ajratib
ko’rsatdik (ana shu nuqtai nazardan, rag’batlantirishning barcha tizimlarini oddiy va
murakkab tizimlarga ajratish mumkin); rag’batlantirish tizimi bilan ayrim xodimlarni
yoki xodimlar jamoalarini qamrab olish va tegishli ravishda rag’batlantirishlar
natijalari va miqdorlarini hisobga olish (ana shu nuqtai nazardan, rag’batlantirish
tizimlari, alohida va jamoa-guruh tarzida bo’lishi mumkin); rag’batlantirish tizimida
e’tiborga olinadigan mezonlarga nisbatan mukofotlashning
ortib borish xususiyati
(ana shu nuqtai nazardan, rag’batlantirish tizimlari mutanosib ortib boruvchi va
kamayib boruvchi tizimlarga bo’linishi mumkin).
Kafolatlangan va badal to’lovlari.
Xodimlarning uzrli sabablar bilan o’z mehnat vazifasini amalda bajarmagan
davr uchun qonunda ko’zga tutilganiga muvofiq ravishda haq to’lashi kafolatli
to’lovlar, deb ataladi. Bunday to’lovlar quyidagi hollarda belgilanadi:
24
-xodim davlat va jamoat vazifalarini
bajarganligi uchun, qonun bo’yicha bu
vazifalar ish vaqtida bajarilgan taqdirda. Deputatlik burchini bajarish, deputat
sifatida kasaba uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari quriltoylari, plenumlari,
konferentsiyalari
qatnashish, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlariga,
sudga chaqirilish, xalq maslahatchilari sifatida sud majlislarida ishtirok etish kabilar
shular jumlasiga kiradi;
-ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, malakasini oshirgan vaqti uchun; -
tibbiy ko’rikdan, albatta, o’tishi lozim bo’lgan xodimning tibbiy tekshiruvdan o’tish
davri uchun;
-donorlik vazifasini bajargan hollarda
-ixtiro yoki ratsionalizatorlik taklifini ayni ish korxonaning o’zida joriy qilish
ishida qatnashgan vaqti uchun;
-yillik ta’tilda bo’lgan
vaqti uchun, xodimga ta’tildan oldingi 12 oxirgi
kalendar oylar hisobidan o’rtacha ish haqi to’lanadi;
-sovuq paytlari ochiq havoda yoki usti yopilmagan binoda ishlovchi ishchi va
xizmatchilarga isinish va dam olishga berilgan tanaffuslar vaqti uchun;
-bir yarim yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga bolasini emizishga berilgan
tanaffus vaqti uchun;
-shtat qisqartirilishi munosabati bilan ishdan bo’shatilgan xodimlarga ishga
joylashagan vaqti uchun.
Xodimning o’z mehnat vazifalarini bajarilishi yoki boshqa joydagi ishga
ko’chib o’tishi, yohud, boshqa joydagi ishga ko’chirilishi va qabul qilinishi bilan
bog’liq sarf-harajatlarini qoplash maqsadida to’lanadigan haq badal to’lovlari, deb
ataladi. Bunday to’lovlarga quyidagilar kiradi:
-xizmat safariga
yuborilganda beriladigan badal;
Bunda safar muddati yo’lga ketgan vaqtni hisobga olmaganda 40 kundan ortiq
bo’lmasligi kerak. Xizmat safariga yuborilgan xodimga sutkalik pul, yo ’l kira haqi
va turar-joy ijarasi haqi to’lanadi. Sutkalik pul dam olish va bayram kunlarini ham
qo’shib hisoblab, xizmat safarining har kuni uchun to’lanadi. Safarga jo’nagan va
undan qaytgan kuni bir kungi hisoblanadi.
25
26
-ishchi va xizmatchilarga tegishli asboblarning eskirishi uchun to’lanadigan
badal;
Uning miqdorini ma’muriyat xodim, hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan
kelishilgan holda belgilaydi.
4.
Dostları ilə paylaş: