Ish haqi to’g’risidagi turli XIL nazariyalar



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix23.07.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#137238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
64-variant

2-
 
rasm. Ish haqi to’lashning asosiy ikki shakli
6
 
Vaqtbay haq to’lashda mehnatning asosiy normasi qonun tomonidan yagona 
tarzda belgilangan ish vaqti muddati bo’lib, bunda xodimning mehnat vazifalari 
ko’rsatiladi, u ish vaqti mobaynida xodimlar o’rtasidagi mehnat taqsimotiga asosan, 
ishlab chiqarishning tashkiliy-texnikaviy shart-sharoitlari bilan belgilangan ana shu 
vazifalari ado etishi lozim. Belgilangan normani bajarganlik uchun haq 
to’lasho’lchovi-tarif stavkasidir. Agar xodim normada nazarda tuilgan vaqtda 
kamroq ishlagan bo’lsa, unga tarif stavkasida kamroq haq to’lanadi. Bordi-yu, xodim 
ishlagan va muayyan mehnat vazifalariga ega bo’lgan vaqt belgilangan normadan 
ortib ketsa (bunga ish beruvchining roziligi kerak), uning mehnatiga to’lanadigan 
haq tarif stavkasidan yuqori bo’ladi. 
Ishbay haq to’lashda asosiy mehnat normasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish 
normasi namoyon bo’ladi. Bu norma ham qonun bilan belgilangan ish vaqti 
muddatidan kelib chiqib hisoblanadi. Xodimning asosiy mehnat vazifasini-normani 
bajarganligi uchun u tarif stavkasi miqdorida ish haqi oladi. Agar bu norma 
bajarilmasa yoki oshirib bajarilsa, xodimga to’lanadigan haq tegishli ravishda tarif 
stavkasidan kam yoki yuqori bo’ladi. 
Iqtisodiy mohiyat nuqtai nazaridan, ish haqining ishbay va vaqtbay shakllari 
o’rtasida unchalik katta farq yo’qday tuyuladi: ularning har ikkalasi ham mehnat 
bozori tomonidan belgilangan ish kuchi (mehnat xizmati) bahosi va qonun bilan 
6
Muallif tomonidan ishlab chiqildi 


15 
belgilangan ish vaqti muddatiga asoslanadi. Biroq, iqtisodiy adabiyotlarda vaqtbay 
haq to’lash shakli birlamchi, ishbay haq to’lash shakli undan paydo bo’lgan hosila 
haq to’lash shakldir, degan fikrni uchratish mumkin. 
Mehnatga ishbay haq to’lash mehnat unumdorligining o’sishini va mahsulot 
miqdorini ko’paytirishni rag’batlantiradigan tizim hisoblanadi. Lekin, mahsulot 
ishlab chiqarishni ko’paytirishni rag’batlantirish ish beruvchida mahsulot ishlab 
chiqarishni belgilangan me’yorlarini ko’paytirish, mazkur texnika darajasi va 
qo’llanilayotgan texnologiya sharoitida topshiriq yoki rejani oshirish real zarurati 
bo’lgandagina ijobiy natijalar berishi mumkin. Agar erishilgan natijaga nisbatan ish 
sifatining ortishi va mahsulot ishlab chiqarishning ko’paytirilishi ishlab chiqarish 
jarayoniga jiddiy texnikaviy va texnologik o’zgarishlar kiritgandagina mumkin 
bo’lsa, u holda mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun ishbay haq to’lash 
tizimini qo’llanish oqilona hisoblanmaydi. 
Bildirilgan fikrlarga ko’ra, ko’pincha ayrim ishlarda mehnatga haq to’lashning 
ishbay usulini tatbiq etish mahsulot sifatining pasayishi, texnologik rejimlar va 
xavfsizlik texnikasi talablari buzilishiga yo’l qo’yiladi, shuningdek, xom-ashyo 
materiallar va energiya sarflashda ortiqchalik hollari sodir bo’ladi. Bu hol ko’pincha 
ishchilar har turli mahsulot ishlab chiqarganda, ishlab chiqarish uchastkasida 
muayyan 
miqdorda 
yaroqsiz 
mahsulot 
to’planib 
qolganda, 
sifatning 
yomonlashganligi yoki yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilganligi aniqlanmaganda 
ro’y beradi. 
Oddiy vaqtbay tizim xodimning ish haqini uning tarif stavkasiga yoki 
haqiqatda ishlangan vaqtiga qarab belgilaydi. Ana shunga muvofiq, tarif stavkalari: 
soatbay, kunbay, hamda, oylik stavkalar tatbiq etiladi. 
Soatbay va kunbay tarif stavkalarini tatbiq etishda xodimning ish haqi miqdori 
quyidagi formula bilan belgilanadi: 
U = C • T
U
b
C
t
T
q


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin