n ° ° ° n
o o
o
Aholining to’lovga
qodir talabini
shakllantirish
funksiyasi
Joylashtiris
h
funksiyasi
О' lchov-
taqsimlash
funksiyasi
Takror hosil qilish
funksiyasi
6
1-
rasm. Ish haqining asosiy funksiyalari
2
Yuqorida aytib o’tilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi eng
muhim tamoyillarga rioya qilinishi zarur:
1.
Ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi ortib borgan sari real ish haqining
ortib borishi. Bu tamoyil ehtiyojlarning ortishi obyektiv iqtisodiy qonunning amal
qilishi bilan bog’liq bo ’lib, mazkur qonunga muvofiq, ehtiyojlarning yanada to
’laroq qondirilishi faqat o’z mehnati uchun ko’proq miqdorda moddiy ne’matlar va
xizmatlarga ega bo’lish imkoniyatlari kengaygan sharoitdagina real bo’ladi. Biroq
imkoniyat ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan, mehnat samaradorligi bilan
bog’lanishi lozim.
2.
Mehnat unumdorligi o’sishining o’rtacha ish haqining o’sish
sur’atlaridan ilgarilovchi sur’atlarini ta’minlash. Bu tamoyilning mohiyati-ishlab
chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish asosida mehnat
darajalarini maksimal (eng ko’p) darajaga yetkazishdan iborat. Bu matoyilga rioya
qilinishi jamg’arish jarayonining, kengaytirilgan ishlab chiqarishning uzluksizligini
taqozo etadi, va korxonaning rivojlanishi, hamda ravnaq topishining zarur sharti
hisoblanadi. Mazkur tamoyilning buzilishi tovarlar bilan ta’min etilmagan pulning
to’lanishiga, uning qadrsizlanishiga, mamlakat avj olishiga olib keladi.
3.
Xodimning korxona faoliyati natijalariga qo’shgan mehnat hissasiga,
mehnat mazmuni va sharoitlariga, korxona joylashgan mintaqaga, uning qaysi
tarmoqqa mansubligiga qarab, ish haqini tabaqalashtirish. Mazkur tamoyil
xodimning o’z mehnat malakasidan, mahsulotning yuqori sifatli bo’lishini
ta’minlashdan moddiy manfaatdorligini kuchaytirish zarurligiga asoslangan.
4.
Teng mehnatga teng ish haqi. Bozor sharoitida bu tamoyilni
ishlovchining jinsi, yoshi milliy mansubligi va hokazolarga qarab, uning mehnatga
haq to ’lashda kamsitishga yo’l qo’ymaslikdir, korxona yoki firma ichidagi
taqsimotda adolat tamoyiliga rioya etilishi, deb tushunish kerak. U bir xildagi
mehnati unga haq to’lash orqali bir xil baholashni nazarda tutadi.
5.
Mehnatga haq to’lashni davlat yo’li bila boshqarish (tartibga solish).
2
Muallif tomonidan ishlab chiqildi
7
(Mazkur tamoyil quyiroqda qarab chiqiladi).
6.
Mehnat bozorining ta’sirini hisobga olish. Mehnat bozori-bu shunday
bir sohaki, u yerda pirovard natijada mehnatning har xil turlarida baho berish tarkib
topadi. Har bir xodimning mehnatiga toplanadigan ish haqi uning mehnat bozoridagi
mavqyei bilan mustahkam bog’liq bo’lib, mazkur bozordagi vaziyat, bundan
tashqari, bandlik imkoniyatini ham belgilab beradi.
7.
Mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlarining oddiyligi, mantiqiyligi va
qulayligi mehnatga haq to’lash tizimlarining mohiyati haqida keng xabardor
bo’lishni ta’minlaydi. Xodimda ish haqi haqida tushunarli va batafsil axborot mavjud
bo’lgandagina, u jon-dili bilan berilib mehat qiladi. Xodimlar qanday holatda ish
haqining miqdori, ya’ni o’z moddiy farovonliklari darajasi oshishini aniq tasavvur
qilishlari lozim.
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida
mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi
deb yuritiladi. Ish haqi hozirgi davrda barcha mamlakatlar iqtisodiyotida muhim
o’rin tutadi. Shuning uchun ham iqtisodchi olimlar ish haqining mazmuniga katta
e’tibor beradilar. Ish haqining mazmunini aniqlashda turli iqtisodchilar turli
tomondan yondashib, unga har xil ta’rif beradilar.
Masalan, D.Rikardo va T.Maltuslarning «Yashash uchun vosita minimumi»
konste’stiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi
bilan bir xil deb hisoblanadi. Lekin ish haqini yashash uchun zarur vositalarning
fiziologik minimumi bilan bir xil deb qarash to’g’ri emas. Bu minimum o’z ichiga
ishchi kuchi shakllanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar tug’dirgan
ehtiyojlarni ham oladi. Shu bilan birga ishchi kuchi narxining quyi chegarasini
yashash uchun zarur vositalar miqdorining minimumi bilan aniqlash, ishga
yollovchilar ish haqini mazkur quyi chegaradan pasaytirishga intilishiga olib kelishi
mumkin. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning xo’jalik amaliyotidagi ish
haqining darajasini kuzatish shuni ko’rsatadiki, ishchi kuchi bozorida real ish
haqining o’rtacha darajasi yashash uchun zarur jismoniy vositalar minimumiga
qaraganda ancha yuqori darajada o’rnatilgan.
8
Qiymatning mehnat nazariyasi (ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi,
marksistik yo’nalishidagi iqtisodchilar) ishchi kuchini alohida, o’ziga xos tovar deb
hisoblaydi. Shu sababli bu nazariya ish haqiga tovar bo’lgan ishchi kuchi
qiymatining o’zgargan shakli, ya’ni puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi
kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan tirikchilik vositalari qiymati
sifatida aniqlaydi. Mazkur g’oya tarafdorlari ishchi kuchi qiymatiga bir qator
7
omillar, avvalo tabiiy shart-sharoitlar, aholining madaniy rivojlanishi, ularning
malakasi va ishchi oilasini saqlash hamda ularning tabiiy takror ishlab chiqarish
sharoitlari ta’sir qilishini ko’rsatadi. Shu bilan birga bu g’oyada hayotiy ehtiyojlar
hamda ularning qondirilish usullari mamlakatning ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy rivojlanishida erishilgan darajaga bog’liqligi ta’kidlanadi.
Bu fikrlar hozirgi davrda ham ko’pgina ko’zga ko’ringan iqtisodchi olimlar
tomonidan ma’qullanib takrorlanmoqda. Masalan: A.F.Shishkin, E.F.Borisovlar
o’zlarining «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida ish haqini ishchi kuchi tovar
qiymatining puldagi ifodasi deb ta’riflamoqdalar
3
.
Bu mualliflar o’z fikrlarini asoslashda ko’pgina olimlar mehnat jarayoni bilan
ishchi kuchining farqiga bormaganligini, shu sababli bozorda mehnat sotiladi deb
fikr yuritishini tanqid qilib, bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida
sotilishini, bu jarayon yuzaki qaralganda mehnatga haq to’lashga o’xshab
ko’rinishini isbotlashga harakat qilganlar.
Lekin ish haqiga «ishchi kuchi qiymatining puldagi ifodasi» sifatida qarash,
aniq ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasiga uning unumdorligi, mehnat
intensivligi, talab va taklif kabi omillarning ta’sirini etarli hisobga olmaydi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida ayrim mualliflar (jumladan,
«Ekonomiks» darsliklarida, V.D.Kamaev rahbarligida nashr etilgan «Iqtisodiyot
nazariyasi» darsligi va boshqalarda)
4
ish haqini mehnat narxi sifatida, ayrimlari esa
5
3
Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. - 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект,
2005.
4
Каралсин: Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы и политика. Т.2. - М.:
Республика, 1992, 156-б.;
5
Каралсин: Курс экономической теории. Учеб. пособ. под ред. Чепурина М.Н., Киселевой Е.А. Киров,
изд-во «АСА», 1995, 233-б.;
9
mehnat bozoridagi talab va taklifning muvozanat narxi sifatida talqin etadilar. Bunda
ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan bizningcha noto’g’ri tushunchaga
asoslanishadi. Mehnat ishchi kuchining funkstiya qilishi, uning ma’lum maqsadga
qaratilgan faoliyat jarayoni bo’lib, uning na qiymati, na narxi yo’qligi, bu jarayonni
bozorga olib chiqib sotib bo’lmasligi fanda ham, real hayotda ham, iqtisodiy
amaliyotda ham hammaga ayon bo’lgan va allaqachon isbotlangan masaladir.
Shuning uchun buni isbotlashga harakat qilmasak ham bo’ladi.
Lekin bu g’oyaning negizida bir ijobiy tomon borki, uni albatta hisobga olish
zarur. Bu ham bo’lsa ular mehnatni ishchining malakasi, intensivligi va natijasi bilan
bog’lashga harakat qilganlar. Ish haqining mazmuni to’g’risidagi turli nazariyalarni,
(turli mamlakatlardagi va o’z mamlakatimizdagi amaliyotni) umumlashtirib,
quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin.
Ish haqi to’g’risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish xususiyati
mavjud bo’lib, uning murakkab va ko’’ qirrali iqtisodiy jarayon ekanligi ozgina
e’tibordan chetda qolgan. Lekin bu nazariyalarning har birida ish haqining u yoki bu
tomoniga to’g’ri baho berilgan bo’lib, ularda foydalanish mumkin bo’lgan ijobiy
mazmun mavjuddir.
Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning
erishgan darajasiga, ya’ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi,
uning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan miqdoriga bog’liq bo’ladi. Chunki shu
mahsulotlarning bir qismi mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi.
Shuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli miqdorlarda bo’ladi.
Ish haqining miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, ishchining
o’zini, oila a’zolarini boqishga etadigan darajada bo’lishi lozim.
Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnati
unumdorligi bilan bog’liq bo’ladi.
Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonada ishlab chiqarishning
erishgan darajasi bilan, ya’ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va bir
ishchiga to’g’ri kelgan miqdori bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham u mehnat
miqdori, malakasi bir xil bo’lsada, turli korxonalarda turlicha miqdorda bo’lishi
10
mumkin.
Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta’rif berib aytish
mumkinki, ish haqi - ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va
unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir.Ish
haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan chambarchas
bog’liqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat
sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol
me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir.
Albatta ishchi kuchini takror hosil qilishda ish haqidan tashqari foiz, renta,
foyda, dividend, turli imtiyozlar va nafaqalarning ham roli bor. Ish haqining
mazmunini to’laroq tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini bilish
zarurdir.
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki
unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu
sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi bu ma ’lum vaqt
davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi - bu
nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori.
Boshqacha aytganda real ish haqi - bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyati.
O’z-o’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va
xizmatlar) narxiga bog’liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil
bo’lganda, nominal ish haqiga to’g’ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va
xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini
formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:
Dostları ilə paylaş: |