38
Samarqand viloyatida savdo 30,5 % ga, tashish va saqlash 49,1 % ga,
axborot va aloqa 51,7 % ga, boshqa faoliyat turlari 17,5 % ga iqtisodiy faoliyat
turlari bo’yicha respublikadagi o’rtacha oylik nominal
hisoblangan ish haqiga
nisbatan past bo’ldi.
Farg’ona viloyatida bank, sug’urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati
23,5 % ga, ta’lim 8,0 % ga, sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish 5,9 %
ga iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha respublikadagi o’rtacha oylik nominal
hisoblangan ish haqiga nisbatan past bo’ldi.
Yuqorida keltirilgan statistik ma’lumotlar
mamlakatimizda mehnat bilan
bog’liq munosabatlarning qay darajada samarali tashkil etilayotganligining yaqqol
isboti hisoblanadi.
Endi mamlakatimizda mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan jarayonalarga
to’xtalib o’tsak.
Mehnat faoliyati deganda insonning biror mehnat turi bilan band bo ’lishi
tushuniladi. Bunga ilmiy va pedagogik faoliyat, ishlab chiqarish va boshqaruv
faoliyati, tadbirkorlik va tijorat faoliyati va boshqalar misol bo ’lishi mumkin.
Mehnat
faoliyatini tashkil etish, bir tomondan, uning asoslarini (huquqiy,
ma’naviy- psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) yuzaga
kelishga ikkinchi tomondan,
mehnat faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi. Huquqiy asoslar-
ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishga xizmat
qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab
chiqarish bilan bog’liq huquqiy hujjatlar). Ma’naviy-psixologik asoslar-bu mehnat
faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarish munosabatlarida tomonlar o’rtasidagi
o’zaro munosabatlar va ularning shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda
yollanma ishlovchilar o’rtasida o’zaro munosabat, rahbar yoki korxona egasi bilan
yollanma ishlovchi o’rtasidagi munosabat yoki jamoa o’rtasidagi o’zaro
munosabatlar). Iqtisodiy asoslar-esa mehnat faoliyatini tashkil qilishning asosini
tashkil etadi. Bunda mehnat faoliyatini tashkil qilish mezonlari (ya’ni,
shaxsning
moddiy manfaatdorligi, bu yerda mehnat faoliyatidan qoniqish darajasi ko’zda
tutiladi).
12
O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019. 1 b.
39
Tashkil etish ayni vaqtning o’zida funktsional va nazariy jihatlardan
munayyan maqsadga erishish yoki muayyan vazifani hal qilish tizimini yaratish va
takomillashtirish sohasidagi ongli faoliyatning jarayoni va natijasidir. Odatda,
mehnatni, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishi bir-biridan farqlashni
taqozo etadi. Bunda ko’p hollarda mehnatni
tashkil etishning bir qismi, deb
qaraladi, tashkil etishning o’zi esa boshqarish funktsiyasi, deb tushuniladi.
Mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish bilan
birgalikda olib borilgan taqdirdagina mehnat samarali bo’lishi mumki.
Tashkil
etish boshqarishga nisbatan ancha yuqori darajadagi va tartibdagi tushuncha
kategoriyasidir, chunki tashkil etish tabiat va jamiyatdagi har qanday jarayon va
hodisalarning har ikkala tomoni bo’lgan boshqarish va bajarishga ham singib
ketgan bo’ladi. Boshqarishni tashkil etish esa boshqaruv faoliyatini tashkil etishni
bildiradi. Bunga tegishli vazifalarni bajarish tizimlari
va boshqarish tizimlarini
yaratish, hamda boshqarishning tashkiliy tizimlarini yo’lga qo’yish bilan erishiladi.
Shunday qilib, umumiy kategoriya tushunchasi sifatidagi tashkil etishni
mehnat ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishga ajratishga a’anaviy
yondashuv eskirib qolgan bo’lib, bu tushunchalarning real mazmuni va mohiyati
haqidagi hozirgi tasavvurlarga to’g’ri kelmaydi. Bu tushunchalar mehnat
faoliyatiga (shu jumladan chiqarish va boshqaruv faoliyatiga) ma’lum
darajada
taaaluqli bo’lganligi sababli, bu yerda gap aynan mehnat faoliyatini tashkil etish
haqida, aniqrog’i, inson ijodkorligining alohida turi bo’lgan tashkilotchilik faoliyati
haqida borishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: