Jamoa ish haqining qismi va aynan brigada ishlab topgan qo’shimcha
ish haqi va
mukofot mehnatda ishtirok etish koeffitsientini hisobga olgan holda taqsimlanishi
mumkin.
Mehnatda ishtirok etishning haqiqiy koeffitsientini brigadaning har bir a'zosiga
brigada kengashi korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan bayonnomani
rasmiylashtirish yo’li bilan belgilaydi.
Mehnatga haq to’lashning vaqtbay shakli ish haqini xodim tomonidan
ishlangan vaqt miqdoridan va bir soat ish uchun tarif stavkasidan kelib chiqib hisob-
kitob qilishni nazarda tutadi.
Vaqtbay-mukofot to’lovi vaqtbay ish haqining bir turi hisoblanadi. Mehnatga
haq to’lashning ushbu tizimi sifat va miqdor ko’rsatkichlari uchun mukofot
hisoblashni nazarda tutadi. U vaqtbay ishlaydigan ishchilar oylik lavozim maoshlari
belgilangan xizmatchilar ish haqini hisob-kitob qilishda qo’llaniladi.
Mukofot
tasdiqlangan va korxonada amal qilayotgan mukofotlash to’g’risidagi nizom
bo’yicha, ishlangan vaqt va lavozim maoshi yoki tarif stavkasini hisobga olgan holda
hisoblanadi. Mukofotlash to’g’risidagi nizom korxonaning o’zi tomonidan ishlab
chiqarish sharoitlari va xususiyatlariga nisbatan qo’llash orqali ishlab chiqiladi
hamda korxona rahbari yoki ta'sischilarining umumiy yig’ilishi tomonidan
tasdiqlanadi.
Tungi vaqtdagi ish uchun haq to’lash. Soat 22.00 dan to soat 6.00
gacha
bo’lgan vaqt tungi vaqt deb hisoblanadi
9
. Agar xodim uchun belgilangan kundalik
ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to’g’ri kelsa, tungi ish vaqti
muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi.
Quyidagilarning tungi vaqtda ishlashiga qo’l qo’yilmaydi:
-homilador ayollar va o’n to’rt yoshga to’lmagan bolasi (o’n olti yoshga
to’lmagan nogiron bolasi) bor ayollar;
- 18 yoshga to’lmagan shaxslar;
9
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 122-moddasi.
28
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa toifadagi ishchilar.
Tungi vaqtdagi ish korxonada o’rnatilgan
birlamchi hujjatlar bilan
rasmiylashtiriladi. Tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida bir yarim
baravar miqdorda haq to’lanadi, ya'ni tungi vaqtdagi ish uchun qo’shimcha to’lov
miqdori soat stavkasining 50 % dan kam bo’lishi mumkin emas.
Ishga yollash bo’yicha korxona ma’muriyati va ishchilar o’rtasidagi
munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi. Mehnat shartnomalari
avvalo ish haqi stavkasi, normadan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish
kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog’liqni saqlashga ajratmalar hamda
narxlarning o’zgarishini hisobga olib iste’molchilik savati
qiymatini tartibga solish
kabi jihatlarni o’z ichiga oladi. Keyin mehnat sharoiti masalalari qarab chiqiladi.
Nihoyat, qator tashkiliy masalalar hal qilinadi. Odatda kelishuv bir necha yilga
(asosan uch yilga) tuziladi.
Ayrim hollarda davlat ham korxona ma’muriyati va ishchilar o’rtasidagi
o’zaro munosabatlarga, masalan, ish tashlash masalalariga tegishli munosabatlarga
ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ammo ish tashlash huquqi «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquqlar haqidagi xalqaro pakt»da mustahkamlangan asosiy ijtimoiy- iqtisodiy
huquq va erkinliklar jumlasiga kiradi.
Ko’pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining
rivojlanishida bosh
masala ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini
yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog ’liq masalalar hisoblanadi.
Bu muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo’ladi.
Ko’pchilik bozorlarda ishchilar o’zlarining ish kuchini kasaba uyushmalari
orqali jamoa bo’lib «sotadi». Kasaba uyushmalari nisbatan ko’p sonli ishga
yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy
iqtisodiy vazifasi ish
haqini oshirishdan iborat bo’ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yo’llar
bilan erishishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: