olti oy uzluksiz ishlashdan so’ng beriladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga ko’ra
asosiy mehnat ta'tilining 15 kun davom etishi belgilangan, lekin xodimlar
qo’shimcha ta'tillarining muddati jamoa shartnomasida bir necha kun ko’proq qilib
belgilanishi mumkin. Qonun hujjatlari bo’yicha ta'til muddati bilan jamoa
shartnomasida belgilangan ta'til muddati uchun hisoblangan summalar o ’rtasidagi
farq O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 147-moddasiga
binoan daromad
(foyda) solig’i bo’yicha soliq solish bazasiga kiritilishi kerak.
Xo’jalik yurituvchi sub'ektlarda xodimlar ishga qabul qilinayotganda ular bilan
mehnat shartnomasi rasmiylashtiriladi.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida va uni ishga qabul qilish
to’g’risidagi tashkilotning buyrug’ida mehnatga haq to’lash shartlari (tarif stavkasi
yoki maosh), mehnatga haq to’lash tizimi (ishbay yoki vaqtbay-mukofot)
ko’rsatilishi lozim.
Mehnat shartnomasida uning boshlanishi va tugash muddati ko’rsatilishi
kerak. Agar shartnomada muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda mehnat shartnomasi
noma'lum muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. Bu xodim bilan mehnat munosabatlari
mehnat shartnomasining muddati tugashi munosabati bilan
bekor qilinishi mumkin
emas. Ish joyi (lavozimi) saqlanishi lozim bo’lgan xodimning ishda bo’lmagan
vaqtiga mo’ljallab boshqa fuqaro bilan tuzilgan shartnomasi shu xodim ishga
qaytgan kundan e'tiboran bekor qilinadi.
Ishlab chiqarish xususiyati, mehnatni tashkil etish va unga haq to ’lash
tizimidan kelib chiqib, korxonada birlamchi hujjatlarning
quyidagi shakllari
qo’llaniladi: ishbay ishga naryad; yo’nalish varaqasi; bajarilgan ish hajmi to’g’risida
bildirgi; bajarilgan ish hajmini hisobga olish qaydnomasi; ishlarni qabul qilish
dalolatnomasi.
Naryadlar yakka tartibdagi mahsulot tayyorlaydigan yakka yolg’iz ishlab
chiqarishlarda qo’llaniladi. Bir martalik va jamg’arish, shuningdek yakka tartibdagi
31
va brigada naryadlari farqlanadi. Bir martalik naryadlar bo’yicha
smena yoki oy
davomida bir turdagi ish rasmiylashtiriladi, jamg’arish naryadlari esa oy oxirida
32
yopiladi va turli xil ishlarni aks ettiradi.
Yakka tartibdagi naryad bir ishchining ishi uchun rasmiylashtiriladi,
agar ish
brigada tomonidan bajarilsa, brigada ishini aks ettiradigan brigada naryadlari
rasmiylashtiriladi.
Mahsulot sexlar bo’yicha navbatma-navbat ishlov berish yo’li bilan
tayyorlanadigan muntazam ishlab chiqarishlarda bajarilgan
ishlar hajmini hisobga
olish uchun yo’nalish xaritalari qo’llaniladi.
Agar yo’nalish xaritasi bo’yicha ishlarni bir necha ishchi bajarsa, ular har
birining ish haqi bajargan ishlar hajmi to’g’risidagi bildirgida aks ettiriladi.
Ishchilar bir turdagi operatsiyalarni bajaradigan,
ishlab chiqarish ommaviy
xususiyatga ega bo’lgan korxonalarda ularning mahsulot ishlab chiqarishni bajarilgan
ishlar hajmini hisobga olish qaydnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Mehnatga haq to’lashning akkord tizimida brigadaning ish hajmi bajarilgan
ishlarni qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ishning bir me'yordagi sharoitlaridan chetga chiqishlar qo’shimcha haq to’lash
varaqalari bilan rasmiylashtiriladi.
Vaqtbay ish haqini hisob-kitob qilish uchun asosiy hujjat bo’lib foydalanilgan
ish vaqti tabeli hisoblanadi. U ish joylarida brigadirlar, ustalar, sex, bo’lim
boshliqlari tomonidan to’ldiriladi. Ishda bo’lmagan kunlari quyidagi shifrlar bilan
aks ettiriladi: “K”- kasallanish, “D”- dam olish kuni, “T”- ta'til va hokazo.
Tegishlicha rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlar
oy oxirida buxgalteriyaga
topshiriladi, buxgalteriya xodimlari ularni diqqat bilan tekshiradilar, so’ngra har bir
xodimga tegishli bo’lgan ish haqini hisoblaydilar va ma'lumotlarni ishlov berish
uchun hisoblash markaziga topshiradilar yoki kompyuterga kiritadilar. Hisoblab
chiqarilgan ish haqi xodimning shaxsiy schyotida ko’rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: