12
O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019. 1 b.
39
Tashkil etish ayni vaqtning o’zida funktsional va nazariy jihatlardan
munayyan maqsadga erishish yoki muayyan vazifani hal qilish tizimini yaratish va
takomillashtirish sohasidagi ongli faoliyatning jarayoni va natijasidir. Odatda,
mehnatni, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishi bir-biridan farqlashni
taqozo etadi. Bunda ko’p hollarda mehnatni tashkil etishning bir qismi, deb
qaraladi, tashkil etishning o’zi esa boshqarish funktsiyasi, deb tushuniladi.
Mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish bilan
birgalikda olib borilgan taqdirdagina mehnat samarali bo’lishi mumki. Tashkil
etish boshqarishga nisbatan ancha yuqori darajadagi va tartibdagi tushuncha
kategoriyasidir, chunki tashkil etish tabiat va jamiyatdagi har qanday jarayon va
hodisalarning har ikkala tomoni bo’lgan boshqarish va bajarishga ham singib
ketgan bo’ladi. Boshqarishni tashkil etish esa boshqaruv faoliyatini tashkil etishni
bildiradi. Bunga tegishli vazifalarni bajarish tizimlari va boshqarish tizimlarini
yaratish, hamda boshqarishning tashkiliy tizimlarini yo’lga qo’yish bilan erishiladi.
Shunday qilib, umumiy kategoriya tushunchasi sifatidagi tashkil etishni
mehnat ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishga ajratishga a’anaviy
yondashuv eskirib qolgan bo’lib, bu tushunchalarning real mazmuni va mohiyati
haqidagi hozirgi tasavvurlarga to’g’ri kelmaydi. Bu tushunchalar mehnat
faoliyatiga (shu jumladan chiqarish va boshqaruv faoliyatiga) ma’lum darajada
taaaluqli bo’lganligi sababli, bu yerda gap aynan mehnat faoliyatini tashkil etish
haqida, aniqrog’i, inson ijodkorligining alohida turi bo’lgan tashkilotchilik faoliyati
haqida borishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: