12
O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019. 1 b.
40
Xulosa
Ish haqi to’g’risidagi turli xil nazariyalarni o’rganib quyidagi xulosalarga
keldik.
Ish haqi korxona, muassasa, tashkilotlarning o’z xodimlariga ularning
mehnati uchun to’lashi shart bo’lgan haq shaklidir.
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida
mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi
deb yuritiladi.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning hayot va mehnat
sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol
me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir.
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki
unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu
sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi bu ma ’lum vaqt
davomida olingan ‘ul summasi yoki ‘ul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi - bu
nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. O’z-
o’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va
xizmatlar) bahosiga bog’liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil
bo’lganda, nominal ish haqiga to’g’ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va
xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir.
Real ish haqi uch omil bilan aniqlanadi: birinchidan, nominal ish haqining
miqdori bilan; ikkinchidan, amaldagi soliqlar yuki bilan; uchinchidan, iste ’mol
narxlari darajasi bilan.
Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: vaqtbay va ishbay
shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatning sifati va
ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish haqidir. Ishbay ish haqi ishchining ishlab
chiqargan mahsulot miqdori yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish
haqidir. Mahsulot birligi uchun miqdori, ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish
me’yoriga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Haq to’lash shakllarining aniq mehnat
sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi.
12
O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019. 1 b.
41
Dostları ilə paylaş: |