Ish hujjatlarini yuritish boʻyicha qoʻllanma



Yüklə 204,47 Kb.
səhifə15/28
tarix12.09.2023
ölçüsü204,47 Kb.
#142727
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
3-илова Иш ҳужжатлари 155 YANGI

Ertalabki qabul tarbiyachining oylik ish reja daftarida taʼlimiy-tarbiyaviy faoliyati aks ettirilib, unda oy mavzusi, sanasi, hafta mavzusi, hafta mavzusining maqsadi yoritiladi. Ertalabki qabul jarayonida tarbiyalanuvchilar bilan quyidagi 5 ta mavzuda suhbat olib borishlari tavsiya etiladi:

  1. Dushanba – “Madaniy-gigiyenik koʻnikmalar” (bolalar orqali ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini oʻrnatish maqsadida hamda haftaning birinchi kunini inobat olib, bolalarda shaxsiy gigiyenani shakllantirish, tozalikka, toʻgʻri ovqatlanishga, atrof-muhitga toʻgʻri munosabatda boʻlishga oʻrgatish maqsadida suhbatlar tashkil etiladi).

  2. Seshanba – “Odob axloq qoidalari2 (bolalarda milliy qadriyat, urf-odatlarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, salomlashish, doʻstlashish, sogʻlom hayot faoliyatiga oʻrgatish, mehnatsevarlik, toʻgʻri soʻzlik, kamtarlik va b.q.);

  3. Chorshanba – “Huquqiy savodxonlik” (bolalarda men konsepsiyasini shakllantirish maqsadida, ularni Vatan, ota-ona oldidagi burchlari va huquqlari mavzusida suhbatlar oʻtkaziladi).

  4. Payshanba – “Yoʻl harakati qoidalari” (bolalar ishtirokidagi yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish maqsadida “Xavfsiz piyoda”, “Odobli yoʻlovchi”, “Svetofor” kabi mavzularda suhbat olib boriladi).

  5. Juma – “Bola xayoti xavfsizligi asoslari” mavzularida (haftaning shanba va yakshanba kuni dam olish kunilari boʻlganligi sababli, bolalar uyda yolgʻiz qolishlari yoki ota-onalar bilan koʻngil ochar maskanlariga borishlari, suv havzalarida choʻmilishlari va boshqa holatlarni inobatga olib, bolalarga begona shaxslar bilan muloqat qilganda, adashib qolganda qanday harakat qilish lozimligi toʻgʻrisida suhbat oʻtkiziladi).

Oʻyinlar – Tarbiyalanuvchilarning hoxish-istaklariga koʻra, hafta mavzusi boʻyicha didaktik rivojlantiruvchi oʻyinlar nomi qayd etiladi;
Ertalabki badantarbiya mashqlari (yuqoridagi uchinchi xat boshi qarang).
Taʼlim-tarbiya jarayoni
Oy va hafta mavzusiga koʻra taʼlim-tarbiya jarayoni rejalashtiriladi.
Ertalabki davra suhbati tarbiyalanuvchilar hafta mavzusi bilan tanishtiriladi, mavzu doirasida yangiliklarni bilishlari hamda rivojlantiruvchi markazlarda qanday faoliyat turlari bilan shugʻullanishlari yuzasidan tanishtirilib oʻtiladi (tarbiyachi bir kun oldin bolalarni hohish-istaklarini inobatga olib, ertaga qaysi markazlarda faoliyat yuritilishi boʻyicha maʼlumot beradi. Shuningdek, tarbiyachi markazlar faoliyatlarni yoʻlga qoʻyishda ota-onalar bilan ishlashi tavsiya etiladi).
Umumiy guruh boʻlib ishlash – frontal mashgʻulot boʻlib, unga nutq, oʻqish va yozish malakalarini rivojlantirish, elementar matematika; savodxonlikka oʻrgatish; xorijiy til; jismoniy tarbiya; musiqa faoliyatlari hamda xoreografiya mashgʻulotlari kiradi. Tarbiyachi tomonidan mutaxassislar bilan kelishgan holda, ushbu frontal mashgʻulotlarni olib borish vaqti ishlab chiqiladi va direktor tomonidan tasdiqlanadi.
Markazlardagi faoliyatlar – taʼlim faoliyati mavzuli rejalashtirish asosida tashkil etilib, har bir yosh guruhlari uchun alohida oy va hafta mavzulari aks ettiriladi hamda beshta rivojlantirish markazlarida taʼlimiy faoliyat turlari tashkil etiladi:

  • Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi;

  • Syujetli-rolli oʻyinlar va sahnalashtirish markazi;

  • Til va nutq markazi;

  • Fan va tabiat markazi;

  • Sanʼat markazi.

Namunaviy rejalashtirish berilgan markazlardagi faoliyatlarga, hudud (shahar)larning ichki imkoniyatlarini inobatga olib yoki ijodiy yondoshgan holda (asosiy oy mavzusidan chiqib ketilmaydi) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda markazlardagi faoliyat ish daftarida qayd etiladi.
Ish jurnalining sayr boʻlimi 5 qismdan iborat.
Kuzatish ikki turdan iborat boʻlib, jonli va jonsiz tabiatni kuzatadi. Obyektga mos boʻlgan mehnat turini tanlashi kerak (oʻz-oʻziga hizmat, xoʻjalik-maishiy mehnat, tabiatdagi mehnat, qoʻl mehnati (katta va tayyorlov guruhlarda oʻtkaziladi).

Yüklə 204,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin