Ona tili va adabiyot
1. ishbilarmon so`zidagi undoshlar haqidagi qaysi fikr xato?
A) 2 ta lab undoshi ishtirok etgan
B) ham sirg`aluvchi, ham portlovchi til undoshlari ishtirok etgan
C) sonor undoshlar soni 4 ta
D) til oldi undoshlarining barchasi sirg`aluvchi
2. Qaysi qatordagi so`zda tutuq belgisi unlini cho`ziqroq aytilishi uchun qo`yilgan?
A) san’at B) mas’ul C) Is’hoq D) sa’va
3. Burun tovushi ishtirok etgan so`zni toping?
A) bayroq B) madhiya C) ozodlik D) zargar
4. Muloyim qo`llarda ivib, suvga aylangandan keyin go`zal ko`zlaringni supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko`rar ekan bu ko`kat. Ushbu gapda nechta ochiq bo`g`in tarkibida lab-lab undoshlari mavjud?
A) 5 B) 4 C) 3 D) 2
5. Qaysi so'zlarda «о» unlisi old qator, lablanmagan, yuqori tor unli sifatida talaffuz qilinadi? A) konstitutsiya B) irrigator C) munosabat D) izotop 6. Lab undoshlari haqidagi qaysi fikr to'g'ri? A) Lab-tish undoshlari hosil bo'lish usuliga ko'ra farqlovchi belgiga ega. B) Lab-tish undoshlari jarangli-jarangsiz undoshlar juftligini hosil qiladi. C) Lab-lab undoshlari portlovchi va sirg'aluvchi undoshlarga mansub. D) Lab-lab undoshlarining barchasi shovqinli undosh sanaladi. 7. O‘zbek xalqi dunyo fani, madaniyati,adabiyoti rivojiga beqiyos xissa qo'shganmutaffakir farzandlari bilan nom qozongan. Ushbu gapda nechta so'z imlosida xatolikka yo‘l qo'yilgan? A) 5 B ) 3 C) 2 D) 4 8. Qaysi javobda paronim bilan bog'liq xatolik mavjud? A) Xalq ganjin yulmoqqa, cho'zilgan qo'lga, Biz alvon guldasta tutibmiz faqat. B) Sen - shohlari osmonlarga Tegib turgan chinorim... C) O'zbekni qon qaqshatganni o‘zbek siylar, Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar... D) Faqat sen qalbimga cho'ktirmay malol, Charchagan ruhimga ilhom solursan. 9. Qaysi so`zlar keyinchalik ko`p ma’noli so`zga aylanishi mumkin?
A) yangi so`zlar B) ilmiy atamalar C) kasbiy atamalar D) barchasi
10. Berilganlardan qo'shma sifatlarni aniqlang. 1) sovuqmijoz; 2) hozirjavob; 3) achchiqtosh; 4) mehnatkash; 5) issiqxona. A) 1,3 B) 1, 3, 5 C) 1, 2 D) 1,2, 4 11. Ko`chma ma’noda qo`llangan birikmani toping?
A) chuqur daryo B) tilla soat C) shirin olma D) temir intizom
12. daraxt so`zning atash ma’nosi berilmagan javobni aniqlang?
A) mevali va mevasiz bo`ladi
B) mevasi har xil bo`ladi
C) ko`plikda qo`llanishi mumkin
D) ignabargli turlari ham bor
13. Urg`usi bilan ma’nosi farqlanmaydigan so`zni aniqlang? A) qizgina B) texnik C) akademik D) qo`llar 14.