Ishlab chiqarish faoliyatidagi to‘lovlar oqimi. Moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichlari reja


C – qimmatli qog‘ozlarni pul mablag‘lariga konvertatsiya qilish xarajatlari, R



Yüklə 150,25 Kb.
səhifə2/6
tarix11.10.2023
ölçüsü150,25 Kb.
#153892
1   2   3   4   5   6
6 мавзу

C – qimmatli qog‘ozlarni pul mablag‘lariga konvertatsiya qilish xarajatlari,
R – qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlardan olinadigan foiz daromad.
Pul mablag‘larining o‘rtacha zaruriy zaxirasi ga, belgilangan davrda qimmatli qog‘ozlarni pul mablag‘lariga konvertatsiya qilishga doir umumiy soni esa ga teng bo‘adi.
Pul mablag‘larini boshqarishning bunday usulida umumiy xara­jatlar
kabi aniqlanadi.
Miller - Orr modeli. Oldingi ko‘rilgan Baumol modelining kam­chiligi bo‘lib, u pul mablag‘lari tekis sarflanadi degan farazdan iboratdir. Haqiqatda esa bunday hol kamdan – kam uchraydi. Miller va Orr tomonidan ishlab chiqilgan modelda esa pul mablag‘larining kunlik kirim va chiqimlarini oldindan aytib bo‘maydi deb hisoblanadi. Ushbu modelda davrdan davrga o‘tgandagi pul kirimlari va chiqimlariga bog‘liq bo‘lmagan tasodifiy hodisalar sifatida qaraladi. Pul mablag‘larining o‘zgarishini quyidagi grafikda ko‘rish mumkin.



2-rasm. Pul mablag‘lari zahirasini boshqarish

Korxona ixtiyoridagi pul mablag‘lari hajmli xaotik tarzda o‘zgarib yuqori Q* - darajaga yetsa, korxona bu hajmni me’yoriy ( Tq– qaytish nuq­tasiga ) darajaga tushurish uchun qimmatli qog‘ozlarni sotib ola boshlaydi. Agar zaxira hajmli Q* - quyi darajaga yetsa, korxona uni me’yoriy darajaga ko‘tarish uchun qimmatli qog‘ozlarni sota boshlaydi.


Ushbu modelni qurish algoritmi quyidagi bosqichlardan tashkil topadi.

  1. Ekspert yo‘l bilan mablag‘larning quyi chegarasi - Q* aniqlanadi.

  2. Statistik kuzatishlar asosida V – kunlik pul oqimlari tebranishining dispersiyasi aniqlanadi.

  3. Pul mablag‘larini saqlash xarajatlari – Ps aniqlanadi va bu ko‘rsatkich sifatida odatda qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromad stavkasi olinadi hamda Pt – pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlarni o‘zaro almashtirish xarajatlari aniqlanadi.

  4. Pul mablag‘lari hajmining variatsiya kengligi aniqlanadi.



  1. Pul mablag‘lari hajmining yuqori chegarasi aniqlanadi.



  1. Me’yoriy daraja – Tq hisoblanadi.


6.2. Ishlab chiqarish investitsiyalarining samaradorlik ko‘rsatkichlari


Investitsiya jarayonlarida ikki xil oqim bo‘ladi: investitsiyalar (xarajatlar) oqimi va daromadlar oqimi. Bu oqimlar ketma – ket kelishi yoki dastlab investitsiyalar keyin esa daromadlar oqimi shaklida ham kelishi mumkin.
Umumiy holda har bir vaqt oralig‘i uchun to‘lovlar oqimining hadi soliqlarni ham hisobga olganda quyidagicha aniqlanadi:

Bunda R - to‘lovlar oqimining hadi;
G – qaralayotgan vaqt oralig‘ida olingan daromad;
C – joriy xarajatlar;
D – soliq imtiyozlari qo‘llaniladigan xarajatlar;
T – soliq stavkasi;
K – investitsiya xarajatlari;
S – joriy xarajatlarni kamaytiruvchi turli kompensatsiyalar.
Agar to‘lovlar oqimida kreditlar va ularga oid foiz to‘lovlarni ham inobatga olinsa, oqimning hadi quyidagicha aniqlanadi:

bunda,
I – kredit uchun to‘langan foizlar;
B – olingan kredit mablag‘lari;
P – asosiy qarzni qoplash xarajatlari.
Ishlab chiqarish investitsiyalarining moliyaviy tahlili asosan turli investitsiya loyihalarining samaradorligini taqqoslash va baholashdan iborat bo‘ladi. Moliyaviy tahlilda keyingi vaqtlarda investitsiyalar samaradorligini baholovchi quyidagi to‘rtta ko‘rsatkich qo‘llanilmoqda:

  1. Sof joriy daromad (NPV – Net Present Value).

  2. O‘z – o‘zini qoplash muddati (PP – Payback Period).

  3. Ichki foydalilik normasi (IRR – Internal Rate of Return).

  4. Foydalilik indeksi (PI – Profitability index).


Yüklə 150,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin