Sof joriy daromad. Bu ko‘rsatkich moliyaviy tahlilda asosiy ko‘rsatkichlardan bo‘lib, investitsiyaning pirovard absolyut natijasini ko‘rsatadi. Agar loyiha bo‘yicha sarflanadigan xarajatlar va olinadigan daromadlarga to‘lovlar oqimi deb qarasak, sof joriy daromad ushbu oqimning loyiha boshlanishi vaqtiga keltirilgan joriy qiymatidan iborat bo‘ladi:
(1)
bunda,
Rt– t- yildagi to‘lov hadi;
– i – stavkali diskontlash ko‘paytuvchisi, Agar to‘lovlar oqimiga daromadlar va xarajatlar oqimlarining farqi sifatida qarasak, sof joriy daromad quyidagicha aniqlanadi:
(2)
bunda
Ct – investitsiya xarajatlari (t=1,2,…, n1);
Rj– sof daromad (j=1,2,…n2);
n1 – investitsiya xarajatlari muddati;
n2 – daromadlar olinish muddati.
Sof joriy daromad investitsiya loyihalarini taqqoslashda asosiy ko‘rsatkich bo‘lsada, uning kamchiliklari ham bor. Bulardan biri shundaki, sof joriy daromadni hisoblashda kelgusidagi barcha to‘lovlar ma’lum deb olinadi, amaliyotda esa doim bunday bo‘lmaydi. Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich absolyut ko‘rsatkich bo‘lib, sarflangan moliyaviy mablag‘larning nisbiy samaradorligini ko‘rsatmaydi.
1-misol. Moliyaviy samaradorlik bo‘yicha quyidagi ikkita investitsiya loyihasini taqqoslang. To‘lovlar oqimi hadlari mos yillar yakunida amalga oshiriladi deb hisoblanadi.
Yechish. Taqqoslash stavkasini 10% deb olsak,
Shunday qilib, taqqoslash stavkasi 10% deb olinsa, sof joriy daromad ko‘rsatkichi bo‘yicha A va B loyihalar deyarli farq qilmaydi deb baholash mumkin.
O‘z – o‘zini qoplash muddati O‘z-o‘zini qoplash muddati ikki xil usulda: to‘lovlar oqimining hadlarini diskontlamasdan va diskontlash asosida hisoblanishi mumkin. Birinchi holda, o‘z – o‘zini qoplash muddati (uni T kabi belgilaymiz), jami investitsiya xarajatlarini yillik o‘rtacha daromadga nisbati kabi aniqlanadi.
Bu formula yillik daromadlar yillik o‘rtacha daromaddan (R dan) nisbatan uncha katta farq qilmaganda qo‘llaniladi. Moliyaviy nuqtayi nazardan diskontlashga asoslangan o‘z – o‘zini qoplash muddati (uni nqopl. kabi belgilaymiz) ma’quldir.
Aytaylik investitsiya loyihasi yakunida barcha xarajatlar yig‘indisi C kattalikka teng bo‘lsin. Daromadlar Rt– to‘lovlar oqimidan iborat deylik. U holda nqopl.–muddati
(3)
tenglamani qanoatlantirishi kerak.