Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigienasi
Sanoat korxonalarini yoritish Yorug‘lik inson faoliyati davomida juda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rish inson uchun asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi. Umumiy olinadigan ma’lumotning taxminan 90% ko‘z orqali olinadi.
Shuning uchun ham sanoat korxonalarini ratsional yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarni charchashdan salaydi va ish unumdorligini oshiradi. Oqilona yoritilgan zonalarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yaxshi bo‘ladi; shuningdek xavfsiz mehnat qilish sharoiti yaratiladi va buning natijasida baxtsiz hodisalar keskin kamayadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, sanoat korxonalarini yoritishga faqat gigienik talab qo‘yilmasdan, balki texnik-iqtisodiy talablar ham qo‘yiladi. Elektromagnit spektorlarining to‘lqin uzunliklari 10 nanometrdan (n.m) 340000 n.m gacha oralig‘i spektorlar optik jarayoni deb ataladi, bundan 10 dan 380 n.m gacha infraqizil nurlar, 380 dan 770 n.m gacha ko‘rinadigan nurlar va 770 dan 340000 n.m gacha bo‘lganlari esa ultra-binafsha nurlar deb ataladi. Biz ko‘zimiz bilan binafsha rangdan to qizil ranggacha bo‘lgan yorug‘lik nurlarini sezamiz.
Sanoat korxonalarini yoritishning mukammalligi sifat va son ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Son ko‘rsatkichlari nur oqimi, yorug‘lik kuchi, yorqinlik, nur qaytarish koeffitsentlari, yorug‘lik kiradi.
Nur oqim nur energiyasining quvvati sifatida aniqlanadi va u inson ko‘ziga ta’sir qilish sezgisi sifatida baholanadi. Nur oqimining birligi sifatida lyumen (lm) qabul qilingan.
Nur oqimi faqatgina fizik ko‘rsatkich bo‘lib qolmasdan, balki fiziologik ko‘rsatikich sifatida ham aniqlanadi. Chunki uning o‘lchov birliklari ko‘rish sezgisiga asoslangan.
Hamma nur manbalari, shu jumladan, yoritish asboblari ham fazoga bir xilda nur sochmaydi, shuning uchun fazodagi nur oqimi zichligini aniqlovchi yoritilish birligi sifatida lyuks(lk) qabul qilingan. O‘tadigan va tushadigan nur oqim fazo yoki yuza bilan baholanishi mumkin.
Yoritilgan bir yuzaga tushayotgan nur oqimi shu yuzadan qaytsa, bu nur qaytarish koeffitsenti bilan belgilanadi. Nur qaytarish koeffitsenti yuzaning rangiga bog‘liq bo‘lib, mutloq qora yuzaning nur qaytarish koeffitsenti 0 ga teng bo‘ladi. Tabiatda mutloq qora narsa bo‘lmagani sababli fonni qaytarishda nur qaytarish koeffitsentining 0,02 dan 0,95 gacha bo‘lgan chegaralari hisobga olinadi.
Yorug‘lik manbalariga nisbatan sanoat korxonalarini yoritish ikki usulda:
Quyosh yorug‘ligi yordamida tabiiy yoritish (bunda quyosh tarqatayotgan nurdan tug‘ridan-to‘g‘ri foydalaniladi yoki quyosh nurining ta’sirida yorug‘lik tarqatayotgan osmonning diffuziya yorug‘ligidan foydalaniladi);
Elektr nurlari yordamida sun’iy yoritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tabiiy yorug‘lik o‘zining barcha xususiyatlari bilan suniy yoritishdan keskin farq qiladi. Tabiiy yorug‘lik inson ko‘rish organlari va boshqa fiziologik jarayonlarning borishi uchun zarur bo‘lgan ultrabinafsha nurlarga boy va bu nurlar bilan yoritilgan xonalarda ishlash ko‘z uchun juda foydali. Tabiiy yorug‘lik yoritilish zonasi bo‘ylab bir tekis tarqaladi.
Sun’iy yoritish sanoat korxonalarining binolarini umuman bir xilda yoritish va umumiy yoritishga qo‘shimcha ravishda ish joylarini maxsus yoritish bilan qo‘shib kombinatsiyalashtirilgan yoritish usullari yordamida amalga oshiriladi.
Sanoat korxonalarini faqatgina ish joylarida yoritilish bilan qanoatlanishga mutlaqo ruxsat etilmaydi. Sanoat korxonalarining xonalari bir tekisda umumiy yoritilish usuli bilan yoritilgan bo‘lishi shart. Bunda ba’zi bir joylarda ma’lum miqdorda oshirilgan yoki qisman kamaytirilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi, lekin har qanday holda ham umumiy sanoat korxonalari uchun sanitariya talablariga mos keladigan yoritilish bo‘lishiga erishish kerak.
Sanoat korxonalari ish joylari kombinatsiyalashtrilgan yoritilish bilan ta’minlanishi zarur. Bunday yoritilish ikki tomonlama ijobiy samara beradi, zonalarda va yuzalarda har qanday qorong‘ilik va soyalarni bartaraf etadi va bu ish joylari uchun kerak bo‘ladigan yorug‘lik miqdorini aniq hisoblash imkonini beradi. Ikkinchidan, umumiy yoritilishga nisbatan kam energiya sarflashga erishiladi. Ish joylarini yoritish usulidan tokarlik, randalash va boshqa mashinasozlik stanoklarida qo‘llaniladi. Bundan tashqari, bu usulda ish sifatini tekshirish uchastkalari, shuningdek ish joylariga keskin soyalar soladigan vertikal o‘rnatilgan ulkan mashinalarning ish bajarish zonalarini (masalan, presslash va shtampovka qilish joylari) yoritishda foydalaniladi.
Bir xildagi ishlar bajariladigan sexlar (masalan, quyish sexlari, yig‘ish sexlari va boshqalar) umumiy yoritilish usulida yoritilishi mumkin. Ba’zi bir bajarilishi aniq, zarur bo‘lgan ishlar jamlangan zonalar ham (masalan, razmetka qilish stollari, OTK stollari va boshqalar) umumiy yoritilish usulda yoritilish mumkin. Bunday joylar maxsus lokalizatsiya qilingan umumiy yoritish asboblaridan foydalanilgan holda yoritiladi.