1.2. Ishlab chiqaruvchi xoʻjalikda boshqaruv tizimi
Neolit (yunoncha “neos”– yangi, “litos”– tosh so‘zlari birikmasidan iborat bo‘lib, yangi tosh asri demakdir) arxeologik davrlashtirish bo‘yicha insoniyat tarixi tosh davrining so‘nggi, yakunlovchi taraqqiyot bosqichi hisoblanadi. Bu davrda urug‘chilik jamoasi rivojlangan bo‘lib, jamoada onalar mavqei ustun bo‘lgan. Xususan, jamoa umumiy mehnati, ishlab chiqarish vositalarining ijtimoiy mulkligi jamoa kundalik turmush tarzining asosiy mezoni hisoblangan. Shuningdek, bu davrda muhim ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar ro‘y bergan bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish kashf qilingan, jumladan, to‘qimachilik, kemasozlik, kulolchilik paydo bo‘lgan. Mehnat vositalari taraqqiy etib, xususan, tosh, suyak va yog‘ochga ishlov berish an’anaviy uslublari takomillashib, ayniqsa, toshni silliqlash, parmalab teshish singari texnologiyalar kashf etilgan, mikrolit qurollari esa turmushda ko‘proq ishlatila boshlagan. Eng muhimi, mahsulot ishlab chiqarish xo‘jalik asoslari, jumladan, dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelgan. Bu voqelik, shubhasiz, ibtidoiy ijtimoiy tuzum, jamoalar kundalik turmush tarzi, xullas, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning barcha sohalarida keskin, tub progressiv o‘zgarishlarga olib kelgan. Shuning uchun ham bu tarixiy jarayonni ingliz arxeologi G.Chayld “Neolit inqilobi” atamasi bilan fanga kiritgan bo‘lib, mutaxassislar tomonidan adabiyotlarda keng qo‘llanilib kelmoqda3.
Geologik davrlashtirish bo‘yicha neolit asosan golotsen davriga to‘g‘ri keladi va bu davr tabiiy iqlim sharoiti, o‘simlik va hayvonot dunyosi nisbatan hozirgi zamonga yaqinligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, bu davrda oldingi taraqqiyot bosqichlariga qaraganda tabiatan yangi, inson yashashi uchun ma’qul hududlarni o‘zlashtirish jarayoni tezlashib, aholi tobora kengroq mintaqalarda yashay boshlagan. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, vatanimiz miqyosida neolit davrida odamzod yashashi uchun qulay ekologik muhit mavjudligidan Janubi-g‘arbiy Ustyurt, Qizilqum ichki hududlari, Zarafshon va Amudaryo quyi etaklari ibtidoiy jamoalar tomonidan deyarli o‘zlashtirib bo‘lingan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu vaqtda “Lavlakan namgarchiligi” deb ataluvchi tabiiy iqlim sharoiti vujudga kelganligi yangi mintaqalarni o‘zlashtirishga imkon bergan. Shu tarzda ibtidoiy jamoalar turli tabiiy, ekologik muhitlarga tushib qolib, bu holat ularni turmush tarzini moslashtirishga majbur etgan. Bu jarayon turli neolit madaniyatlarining o‘ziga xos xususiyatlarida ifoda topdi. Sopollitepa aholisi ishlab chiqarish kuchlarini, ya’ni hunarmandchilikning barcha turlarini (kulolchilik, nafis san’at), uy qurilishi, harbiy qurollar, dehqonchilikni imkoniyatlari boricha rivojlantirishgan. Bizningcha, jamoani yanada rivojlantirishning uchta yo‘li qolgan:qo‘shni xalqlarni bosib olib, talash;tashqi savdoni rivojlantirish;jamoa hududini kengaytirish.Sopollitepa aholisi uchinchi yo‘lni tanlagan. A.Asqarov Sopollitepaning inqirozi masalasini aholining yangi joyga, aynan Jarqo‘ton hududiga ko‘chishi bilan bog‘laydi.
Dostları ilə paylaş: |