Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


A.Bouli, Dj.Keyns, K.Klark, S.Kuznets, R.Stoun, Ya.Tinbergen, V. Leontev, Dj.Xiks



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə37/65
tarix04.10.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#152139
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65
Statistika ma\'ruza kursi 2023

A.Bouli, Dj.Keyns, K.Klark, S.Kuznets, R.Stoun, Ya.Tinbergen, V. Leontev, Dj.Xiks kabi olimlarning ilmiy ishlari zamonaviy MHTning nazariyasi va amaliyoti uchun fundamental ahamiyatga ega bo’ldi.

1929-33 yillardagi buyuk depressiyadan so’ng, ko’pgina davlatlar ma’muriyati iqtisodiyotga ta’sir etish imkoniyatlarini kuchaytirish maqsadida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisobini takomillashtirish bo’yicha ishlarni amalga oshira boshladi. 1939 yilda Millatlar Ligasi 26 ta davlat bo’yicha hisoblarni o’z ichiga oluvchi Jahon iqtisodiy tahlilini chop etdi.


1947 yilda Millatlar Ligasining Statistika bo’yicha ekspertlar qo’mitasi tomonidan memorandum e’lon qilindi, unga Richard Stoun tomonidan “Milliy daromad va unga bog’liq ko’rsatkichlarni aniqlash va baholash” deb nomlangan ishi ilova qilindi. Bu xujjat MHTning yaratilishiga asos soldi.


1953 yilda BMT tomonidan MHT e’lon qilindi. Bu tizim iqtisodiyotda kuzatish mumkin bo’lgan asosiy jarayonlarni tavsiflovchi ko’rsatkichlar hisobini aks ettiruvchi 6 ta schyotdan iborat bo’ldi.


1968 yilda MHTning qayta ko’rib chiqilgan tahriri e’lon qilindi. MHT-68 da iqtisodiy jarayonlarni tavsiflovchi schyotlar ikki guruhga ajratildi: joriy va kapital schyotlar, o’z navbatida bu schyotlar: ishlab chiqarish, iste’mol va kapitaldan foydalanish, daromadlar, xarajatlar va kapital xarajatlarni moliyalash schyotlarini o’z ichiga oldi.


1993 yilda fevral oyida BMTning N’yu-Yorkdagi Statistika komissiyasining navbatdagi sessiyada milliy hisoblar tizimining yangi standarti kabul qilindi. Zamonaviy MHT – bu milliy daromad va yalpi ichki mahsulot hisobini aks ettiruvchi oddiy jadvallar emas, balki mahsulotlar va fondlarning ishlab chiqarishdan to yakuniy foydalanishgacha bo’lgan oqimlarni, qiymatni sektordan sektorga oqimini aks ettiruvchi modeldir. MHT ni yangi nusxasi MHT BMT -1993 y kontseptsiyasi uy xo’jaligini uy bekalarini xizmatini hisoblashga tavsiya kiladi. Shu bilan birga narkotik modda ishlab chiqarish va tarqatish, yashirin ishlab chiqarish sohalarni ham hisobga olishni tavsiya kiladi.





Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin