Ishlab chiqarishda boshqaruv fakultetiAktivlar Majburiyatlar
12.2.2. Rezidentlarga Boshqa debitorlik qarzlari(13.2-13.1) 13.1. Hisobot boshida 13.2.1. Norezidentlarning 13.2.2. Rezidentlarning 13.2. Hisobot oxirida 13.2.1. Norezidentlarning 13.2.2. Rezidentlarning A. Sof aktivlar (6+7+8+9+10+11+12+13) V. Sof majburiyatlar (1+2+3+4+5) S = (A-V)≥0 bo’lsa, Sof aktivlar deyiladi. Aks holda, sof passivlar deyiladi. Mamlakt miqyosida moliya schyotini tuzishda ichki iqtisodiyot sektorlari o’rtasidagi operatsiyalarni qayd etish zarurati yo’q. Chunki, bu operatsiyalar bir tomonda majburiyat va ikkinchi tomonda aktiv sifatida yoziladi. Ularning absolyut qiymati bir-biriga teng bo’lganligi uchun, ularning sof qiymati nolga teng bo’ladi. Moliya schyotida aktivlarning passivlardan ko’p bo’lishi (S = (A-V)≥0 bo’lsa) sof aktivlarning borligini bildiradi, aks holda, sof passivlar (majburiyatlar)ning mavjudligi e’tirof etiladi. Shuni aytish joizki, amaliyotda iqtisodiyot sektorlari aktivlarida kuzatilayotgan davrda odatdagi iqtisodiy jarayonlardan farqli bo’lgan holatlar natijasida institutsion birliklarning aktivlari hajmlarida o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Bunday o’zgarishlar aktivlar va passivlarda boshqa o’zgarishlar schyotida hisobga olinadi. Tovarlar va xizmatlar yig’ma schyoti. Tovarlar va xizmatlar yig’ma schyoti o’z nomiga monand ravishda yuqorida keltirilgan ichki iqtisodiyot va tashqi dunyo schyotlari ko’rsatkichlaridan foydalangan holda tuziladi. Schyotning resurs tarafida mamlakat bo’yicha tovarlar va xizmatlar resurslari, ishlatilishi tarafida bor tovar va xizmatlarni qanday maqsadlarda ishlatilganligi qayd etiladi. Schyotning tuzilish sxemasi yalpi ishlab chiqarish(YAICH) ko’rsatkichining qanday baholarda hisoblanishiga ko’ra turlicha bo’ladi. Agarda YAICH ko’rsatkichi asosiy baholarda hisoblangan bo’lsa schyotning tuzilish sxemasi quyidagicha: Tovarlar va xizmatlar yig’ma schyoti
Schyotning ko’rsatkichlari yordamida Yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichini ikki xil usulda: iste’mol va ishlab chiqarish usullarida hisoblash mumkin. YAIM iste’mol usuli bilan quyidagicha hisoblanadi: YAIM = 5 + 6 + 7 - 2; Ishlab chiqarish usuli orqali esa quyidagicha aniqlanadi: YAIM = 1 - 4 + 3. MSTga o’tish natijasida makroiqtisodiy statistikaning ko’rsatkichlar tizimini halqaro standartlar uslubi asosida hisoblash imkoniyati tug’iladi, halqaro taqqoslashlar muammosi yechiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga kirib borishiga yanda kengroq yo’l ochiladi. Nazorat savollari: MHT nimani anglatadi? MHT predmeti nimalardan iborat? MHT o’rganish usullari to’g’risida aytib bering? Milliy hisoblar tizimi deganda nimani tushunasiz? Iqtisodiyotni ishlab chiqarish va noishlab chiqarish soxalariga bo’lish bozor sharoitiga nima uchun javob bermaydi? Milliy hisoblar tizimida iqtisodiyot qanday sektorlarga bo’linadi? Iqtisodiyotni sektorlarga bo’lishning ahamiyati nimalardan iborat? Institutsional birlik nima? Makroiqtisodiy statistikaning asosiy vazifalarini sanab bering? Foydalanilgan adabiyotlar: Abdullayev Y.A. Teoriya statistiki: Uchebnik. / Ye.A. Abdullaev, U.U. Azizov,Z.X. Toshmatov, M.M. Ikramov; - T. “Iqtisod-Moliya”, 2021. - 456 s. SHodiev X. va Xabibullaev I. Statistika.Darslik. – T.:“Iqtisod-moliya”, 2019.-454 b. Soatov N.M., Ayubjonov A.H. Statistika nazariyasi: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 374 b Soatov N.M., Nabiev X., Ayubjonov A.H. Amaliy statistika: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 298 b. Godin, A. M. Statistika : uchebnik dlya bakalavrov / A. M. Godin. - 12-e izd., ster. — Moskva : Izdatelьsko-torgovaya korporatsiya «Dashkov i K°», 2020. - 410 s. 12- Ma’ruza. Aholi statistikasi.Reja. 1. Makroiqtisodiy salohiyat to’g’risida tushuncha. 2. Aholi soni statistikasi. 3. Aholi tarkibi statistikasi. 4. Aholining harakatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Tayanch iboralari: Makroiqtisodiy salohiyat, sotsial salohiyat, intelektual salohiyat, aholi mutloq soni, tabiiy o’sish, mexanik o’sish, tug’ilish koeffitsienti, o’lish koeffitsienti, tabiy o’sish koeffitsienti, mexanik o’sish koeffitsienti, iqtisodiy faol va nofaol aholi, iqtisodiy mustaqil va nomustaqil aholi, doimiy va mavjud aholi, band bo’lgan aholi, qaramoqdagi aholi, hayotiylik koeffitsienti, global usul yoshni siljitish usuli. Biror bir mamlakat yoki region salohiyati deganda mazkur mamlakatning sotsial - iqtisodiy potentsiali, uning qudrati, milliy boyligi tushuniladi. Sotsial tushunchasi bevosita aholi, uning turmush tarzi va darajasi hamda intellektual salohiyati bilan bog’langan. SHu nuqtai nazardan sotsial salohiyat deganda aholi soni, tarkibi, dinamikasi va uning intellektual iqtidori tushuniladi. Aholining milliy iqtisodiyotdagi roli quyidagilar bilan belgilanadi: aholi - bu ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko’rsatuvchi. aholi - bu asosiy iste’molchi. aholi - bu iqtisodiyotni boshqaruvchi. Intellektual salohiyat deganda aholining bilim saviyasi, ish tajribasi va mahorati, tadbirkorligi tushuniladi. Bu salohiyat aql idrok, bilim va ijodiy qobiliyatdan tashkil topadi. Uning tarkibiga ilmiy-texnikaviy g’oyalar va ishlanmalar, ilmiy kashfiyotlar ham kiradi. Iqtisodiy salohiyat – jamiyatning ishlab chiqara bilish qobiliyatidir. Bu qobiliyat ishlab chiqarish resurslari soni, miqdori va sifati bilan belgilanadi. Iqtisodiy salohiyat milliy boylikning asosiy qismini tashkil qiladi. Makroiqtisodiy statistika sotsial salohiyatni o’rganishni aholi sonini o’rganishdan boshlaydi. Quyidagilar aholi sonini aniqlash manbai bo’lib hisoblanadi: vaqt - vaqti bilan o’tkazilib turiladigan aholi ro’yxati; aholining tabiiy o’sishi yoki kamayishi bo’yicha ma’lumotlar; aholining migratsiyasi bo’yicha ma’lumotlar. Aholining tabiiy o’sishini, ya’ni tug’ilganlar va o’lganlarni, nikohdan o’tgan va ajralishlarni fuqarolik holatini qayd qiluvchi idora (ZAGS)lar hisobga oladi. Aholining migratsiyasini, ya’ni bir mamlakat, viloyat, tuman va aholi yashaydigan punktlarga keluvchilarni hamda boshqa yerga ketganlarni shaharlarda uy daftarida (o’tkaziladigan va chiqariladigan), qishloq joylarida esa qishloq kengashlarining xo’jalik daftarlari va ro’yxatlaridan hisobga olib boriladi. Ana shu hisobga olish va oldin o’tkazilgan aholi ro’yxati ma’lumotlariga statistik ishlov berish asosida har yili hisob-kitob qilish yo’li bilan butun mamlakatdagi, ayrim viloyat, rayon hamda shahar va qishloq aholisining umumiy soni quyidagicha aniqlanadi: A=Ao+(TS - O’S) + (KLS - KTS) Bu yerda: Ao-aholining yil boshidagi soni; TS - joriy yilda tug’ilganlar soni; O’S - joriy yilda o’lganlar soni; KLS - joriy yilda kelganlar soni; KTS - joriy yilda ketganlar soni. Bunday hisoblashlarni hudud, jins, yosh miqyosida ham bajarish mumkin. Ro’yhat o’tkazish va joriy hisoblashlar yordamida aholi soni odatda yil boshidagi sana bilan aniqlanadi. Biroq ma’lum sanada aniqlangan aholi soni makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash uchun qo’l kelmay qoladi. Masalan, jon boshiga to’g’ri kelgan yalpi ichki mahsulot milliy daromad, yalpi daromad kabi ko’rsatkichlar aholining yil boshidagi yoki yil oxiridagi soniga asoslanib emas, balki o’rtacha soniga asoslanib hisoblanadi. Aholining o’rtacha sonini aniqlashda turlicha formulalar qo’llanilishi mumkin: 1. Faqatgina yilning boshi va oxiridagi aholi soni keltirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni oddiy arifmetik formula yordamida hisoblanadi: A = A0 + A1 /2 Bu yerda: A - aholining o’rtacha soni; A0 - aholining yil boshidagi soni; A1 - aholining yil oxiridagi soni. 2. Agar aholi soni bir yil ichidagi oylar boshida teng intervallarda keltirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni o’rtacha xronologik formula yordamida hisoblanadi: Agar aholi soni bir necha yillar boshida teng intervallarda keltirilgan bo’lib, jami yillar bo’yicha aholining o’rtacha sonini aniqlash lozim bo’lsa, bunday hollarda ham o’rtacha xronologik formuladan foydalaniladi. 3. Agar aholi soni bir yil ichida oylar bo’yicha teng bo’lmagan intevallarda ketirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni o’rtacha tortilgan arifmetik formula yordamida hisoblanadi: A = A *t / t Aholining qo’shimcha o’sish sur’atini ikki usulda aniqlash mumkin: mutlok qo’shimcha o’sish (kamayish); nisbiy qo’shimcha o’sish (kamayish). Mutloq qo’shimcha o’sish yoki kamayish aholining yil oxiridagi soni (A1) dan, uning yil boshidagi soni (A0)ni ayrish yo’li bilan aniqlanadi: A=A1 - A0 Nisbiy qo’shimcha o’sish yoki kamayish ikki usulda aniqlanadi: qo’shimcha o’sish yoki kamayish koeffitsienti ko’rinishida; o’rtacha yillik o’sish qo’shimcha o’sish koeffitsienti ko’rinishida. Qo’shimcha o’sish koeffitsienti (Kku ) quyidagicha aniqlanadi: O’rtacha yillik o’sish sur’ati o’rtacha geometrik formula yordamida aniqlanadi: yoki Bu yerda: K - aholining zanjirsimon o’sishi suratlari (koeffitsientlarida), n - yillar soni. O’rtacha yillik qo’shimcha o’sish (kamayish) surati o’rtacha o’sish (kamayish) suratida 100 sonini ayrish yo’li bilan aniqlanadi: KA = KA - 100 Agar ko’rsatkichlar dinamik qatorlarda keltirilgan bo’lsa, u holda ularni zanjirsimon bazisli usullarda aniqlash mumkin. Makroiqtisodiy statistika aholi tarkibini quyidagi belgilar bo’yicha o’rganadi. umumdemografik belgilar (jinsi, yoshi, oilaviy holati) aholining miliy tarkibini tavsiflovchi belgilar (millati, ona tili, fuqaroligi) mehnat resurslarini tavsiflovchi belgilar(ishlash joyi, mashg’uloti, mutaxassisligi) aholining sotsial tarkibini tavsiflovchi belgilar (ijtimoiy guruxi, yashash manbalari) aholining madaniy-ma’rifiy darajasini tavsiflovchi belgilar (ma’lumoti, ta’lim olishi, mafkurasi va boshq.) aholining xududiy joylanishini tavsiflovchi belgilar (shahar, qishloq, viloyat, tuman va h.k) Aholining jinsiy tarkibiga oid ko’rsatkichlar: inson zurriyotini barpo qilishda: mehnat resurslarning shakllanishi sur’ati xarakterini belgilashda; jamiyatning ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olishda katta rol o’ynaydi. Aholining jinsiy tarkibini tavsiflashda makroiqtisodiy statistika struktura va koordinitsiya nisbiy miqdorlarini aniqlaydi. Agar har bir jins sonini aholining o’rtacha soniga bo’lsak, u holda struktura nisbiy miqdorlarini olamiz. Agar ayollar sonining erkaklar soniga bo’lgan nisbati hisoblanib, so’ngra 100 ga ko’paytirilsa, u holda koordinatsiya nisbiy miqdorlari kelib chiqadi. Bu ko’rsatkich har 100 erkakka nechta ayol to’g’ri kelganini ifodalaydi. Aholini shahar va qishloq aholisiga bo’lib o’rganish: mamlakatda urbanizatsiya (shaharlashtirish) jarayoni qay darajada borayotganini; bozor munosabatlarining shahar va qishloq joylarda qay darajada shakllanib borayotganini; turmush darajasi bo’yicha shahar bilan qishloq aholisi o’rtasidagi tafovutlarini; shahar va qishloq joylarida davlatning sotsial siyosati qay darajada o’z ijrosini topayotganligi kabi qator masalalarini tahlil qilish uchun zarurdir. SHahar va qishloq aholisiga bo’lib o’rganish aholining yashash joyi asosida amalga oshiriladi. Mashg’ulotidan qat’iy nazar shahar va shahar tipidagi qishloqlarda yashovchi barcha aholi shahar aholisi hisoblanadi. Qishloq joylarida yashovchi barcha aholi qishloq aholisi hisoblanadi. Bugungi kunda O’zbekiston aholisining 61 % ko’prog’i qishloq joylarida istiqomat qiladi va asosan dehqonchilik bilan mashg’uldir. Statistika amaliyotida ko’pincha aholining quyidagi guruhlari aniqlanadi: 3 yoshgacha bolalar soni. Bu ma’lumotlardan bolalar uchun zarur bo’lgan maslahat punktlari, yasli va ularda xizmat qiluvchi xodimlar sonini aniqlash uchun foydalaniladi; 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar soni. Bu ma’lumotlar bolalar bog’chalarini qurish, ulardagi o’rinlar soni va zarur bo’lgan o’qituvchilar sonini aniqlash uchun kerak; gimnaziya, maktab, litsey yoshi (7-17yosh )dagi bolalar soni; 18 va undan katta yoshdagi aholi. Bu ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi bo’yicha saylash va saylanish xuquqiga ega bo’lgan aholi sonini aniqlash uchun zarur; 16 yoshdan 55 yoshgacha ayollar soni, 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar soni. Bu ma’lumotlar mehnat resurslari sonini aniqlash uchun zarur; 55 va undan yuqori yoshli ayollar; 60 va undan yuqori yoshli erkaklar. Bu ma’lumotlar pensiya yoshidagi kishilar sonini aniqlash va ularni pensiya bilan ta’mirlash uchun zarur; Aholining oilaviy holati quyidagi ko’rsatkichlarda o’z aksini topadi: oila soni; bitta oilaga to’g’ri kelgan a’zolarning soni; oilaning o’rtacha yoshi; qayd qilingan nikohlar soni; nikohdan o’tganlar koeffitsienti: Kko’ = HC*1000/A qayd qilingan ajralishlar soni; ajralishlar koeffitsienti; qayd qilingan nikohning o’rtacha davomiyligi. Aholining milliy tarkibini tavsiflovchi ko’rsatkichlar yordamida mamlakatda milliy siyosat qay darajada amalga oshirilayotganini nazorat qilish mumkin. Yashash mambai bo’yicha butun aholi soni quyidagi uch guruhga bo’lib o’rganiladi: Band bo’lgan kishilar (A), ya’ni moddiy ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish soxasida, shaxsiy uy xo’jaligida ishlayotganlar; Davlat, koopperativ va ijtimoiy tashkilotlari qaramog’idagi (B): pensionerlar, stipendiatlar, bolalar bog’chalarida tarbiyalanayotganlar, internat maktablarida tarbiyalanayotganlar va h.k. Ayrim fuqarolar qaramog’idagi kishilar (V). Ular qaysi bir guruhdagi shaxslarga taalluqli bo’lsa, o’sha guruhga qo’shiladi. Demak, Ayam =A+B+V A va B guruxlardagi aholining yig’indisi iqtisodiy mustaqil aholini (IMa) tashkil qiladi ya’ni: IMa = A + B Ular milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda qatnashadilar. V guruhdagi aholi iqtisodiy nomustaqil aholi deb yuritiladi. INMa =V Ular milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda bevosita qatnashmaydilar. A guruhidagi aholi sonidan B guruhlarni ayrib tashlasak, u holda iqtisodiy faol aholi soni (IFa) kelib chiqadi, ya’ni: IFa =A - B B va V guruhdangi aholi yig’indisi iqtisodiy nofaol aholi (INFa) sonini beradi, ya’ni: INFa =B + V Aholining takror barpo etilishi qay darajada ekanligini bilish maqsadida statistikada uning uch ko’rinishida tarkibi aniqlanadi: progressiv tarkib; statsionar tarkib; regressiv tarkib. Agar aholining tarkibida 14 yoshli bolalarning salmog’i 50 va undan yuqori yoshli aholi salmog’idan katta bo’lsa, u holda aholi tarkibi progressiv tarkibli bo’ladi Agar aholining tarkibida 14 yoshli bolalarning salmog’i 50 va undan yuqori yoshli aholi salmog’iga teng bo’lsa, u holda aholi tarkibi statsionar tarkibli bo’ladi. CHunki bunday tarkib aholi soning o’zgarishsiz qolishiga olib keladi. Agar 14 yoshgacha bolalar salmog’i 50 va undan yuqori yoshli aholi salmog’idan past bo’lib, ularni qoplamasa, u holda aholi tarkibi regressiv tarkibli bo’ladi. Aholining harakat ko’rsatkichlari mazmunan tubdan bir-biridan farq qiluvchi ikki guruh ko’rsatkilarini o’z ichiga oladi. 1- guruhga aholining tabiiy harakatini, tug’ilishi va o’lishini, nikohdan o’tgan va ajrashganlar sonini, ikkinchi guruhga esa aholining migratsiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar kiradi. Aholining harakat ko’rsatkichlari. Tabiiy harakat ko’rsatkichlari. Tug’ilish koeffitsienti T * 1000 T- tug’ilganlar soni; Kt = --------------- A – aholining o’rtacha soni. A O’lish koeffitsienti. O’ * 1000 O’- o’lganlar soni Ku = --------------- A Absolyut tabiiy ko’payish. TK = T - U Tabiiy o’sish koeffitsienti (T –U) * 1000 Ktu = ---------------------- A Mexanik tabiiy ko’rsatkichlarini aniqlashda kelganlar, ketganlar hamda mexanik o’sish koeffitsientlari ko’rinishida hisoblanadi. Bunda kelganlar soni yoki ketganlar soni aholining o’rtacha soniga bo’linadi. Kelganlar sonidan ketganlar sonini ayrib tashlansa va uning aholi o’rtacha soniga nisbati olinsa bu mexanik o’sish koeffitsientini beradi. Aholini takror barpo qilish jarayonini tavsiflash uchun statistika darsliklarida rus statistigi V.N.Pokrovskiy nomi bilan bog’lik bo’lgan “Xayotiylik koeffitsienti”ni hisoblash tavsiya etilgan. Xayotiylik koeffitsienti tug’ilganlar sonini o’lganlar soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. KX = T/U Bu ko’rsatkich tug’ilish koeffitsientini o’lish koeffitsientiga bo’lish yo’li bilan ham aniqlanadi. Agar bu nisbat natijasi 1 dan katta bo’lsa, u holda mazkur regionda tabiiy o’sish sodir bulgan, agar bu nisbat 1 dan kichik bo’lsa, u holda mazkur regionda aholini kamayishi sodir bo’lgan bo’ladi. Aholining istiqbolidagi sonini hisoblash 2 usulda ya’ni: global; yoshni siljitish usullari yordamida hisoblanishi mumkin Global usulda hisoblashda aholining yil boshidagi soni (A0), tabiiy o’sish (Ktu) yoki umumiy o’sish koeffitsientlari boshlang’ich ma’lumot vazifasini bajaradi. Hisoblash quyidagicha bajariladi: Yoshni siljitish usulida aholining soni quyidagi formula yordamida aniqlaniladi. ix * Px = ix+1 Bu yerda: ix - x yoshgacha yashashi mumkin bo’lgan aholi soni; Px - x+1 yoshigacha yashashi mumkin bo’lgan ehtimollik; ix+1 - yoshgacha yashashi mumkin bo’lgan aholi soni. SHunday qilib, har bir yoshdagi aholi soni (ix) har bir yosh yashashi mumkin bo’lgan ehtimollik koeffitsenti (Px) yordamida bir yoshdan (ix) ikkinchi yoshiga (ix+1) “siljitiladi”. Yüklə 3,31 Mb. Dostları ilə paylaş: |