Kapital xarajatlar schyoti. Bu schyotda mamlakat miqyosida va iqtisodiyot sektorlari o’rtasida kapital xarajatlarning manbalari va ularning qanday kapital xarajatlar turlariga ishlatilishi jarayonlari yozib boriladi.
Mamlakat miqyosida kapital xarajatlar schyotining umumiy tuzilish sxemasi quyidagicha:
Mamlakat miqyosida kapital qo’yilmalar hajmini tiklash va ko’paytirishning asosiy manbaasi iqtisodiyot birliklarining yalpi jamg’armasi va chet eldan olingan sof kapital transfertlardan iborat. Odatda, barcha rezident birliklarning yalpi jamg’armalari yig’indisi Yalpi milliy jamg’arma(YAMJ), deb ataladi. Bu ko’rsatkich sof usulda (ACI alohida hisoblangan bo’lsa) Sof milliy jamg’arma(SMJ), deb ataladi. SMJning musbat bo’lishi mamlakatda o’z kapitalini ko’paytirishga yoki chet elga investitsiyalar kiritish uchun mablag’lari borligini (sof investor bo’lishi mumkinligini) bildiradi. Oxirgi fikr, ushbu schyotning saldo ko’rsatkichida (sof kreditlar shaklida) nomoyon bo’ladi.
Agarda SMJ manfiy ishora bilan chiqsa, mamlakatda o’z kapitalini tiklashga o’z mablag’larining etishmasligini yoki chet eldan sof qarzdor bo’lishi mumkinligini bildiradi. Bu holatni schyotning tuzilish sxemasida yaqqol ko’rish mumkin.
Moliya schyoti. Yuqorida keltirilgan schyotlarda iqtisodiyot sektorlari o’rtasidagi iqtisodiy ishlab chiqarish va qayta taqsimlash operatsiyalari natijasida daromadlarni hosil bo’lishi va ularni ishlatilishi jarayonlari qayd etilgan. Bu operatsiyalarni hisobga olishda tovar va xizmatlarga egalik huquqining o’zgarishi vaqti asos qilib olingan. Tovar va xizmatlar uchun to’lanishi lozim bo’lgan pul hisob-kitoblari qachon va kim tomonidan to’langanligi e’tiborga olinmaydi. Yani sodir bo’lgan iqtisodiy operatsiyalarning moliyaviy jihatlari yuqorida keltirilgan schyotlarda o’z ifodasini topmagan. Iqtisodiyot sektorlarining moliyaviy holatlarining o’zgarishi moliya schyotida o’z aksini topadi.
Moliya schyotini barcha iqtisodiyot sektorlari, tarmoqlari va yirik korxonalar uchun tuzishni tavsiya etamiz. Chunki, bu schyot ko’rsatkichlari xar bir birlikning moliyaviy aktivlarida va passiv(majburiyat)larida iqtisodiy operatsiyalar natijasida sodir bo’lgan o’zgarishlarni ifoda etadi. Bu ma’lumotlar mikro va makro darajadagi iqtisodiy tahlil uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Schyotni tuzishda moliyaviy aktivlar (passivlar) tasnifidan foydalanish tavsiya etiladi. Schyotning “resurs” tarafida birlikning moliyaviy majburiyatlaridagi o’zgarishlar qayd etiladi. Schyotning “ishlatilishi” qismida birlikning moliya aktivlaridagi o’zgarishlar qayd etiladi. Bu schyotni tuzishdan ko’zlangan maqsad, iqtisodiyot sektorlarining o’zaro iqtisodiy operatsiyalari natijasida ularning hisobot davrida moliya aktivlari va majburiyatlari qiymatining qancha miqdorga ko’payganligini yoki kamayganligini hisobga olishdir.
Iqtisodiyot sektorlari va mamlakat miqyosida moliya schyotini quyidagi keltirilgan sxemalarda tuzish tavsiya etiladi.
Iqtisodiyot sektorlari moliya schyotini tuzish sxemasi
Dostları ilə paylaş: |