Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə39/65
tarix04.10.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#152139
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
Statistika ma\'ruza kursi 2023

Rezident - iqtisodiy manfaatdorlik markazi mamlakat iqtisodiy hududi bilan bog’langan xo’jalik birliklariga (uy xo’jaligi, korxona, tashkilot) aytiladi. Iqtisodiy hududda bir yildan ortik istikomat kilgan kishi shu davlatning rezidenti deb hisoblanadi.

Artistlar, talabalar, sportchilar va boshqa davlatlardan kelgan shaxslar, elchilar bu mamlakatning rezidenti hisoblanmaydilar.


Xalkaro tashkilotlarning xodimlari shu davlatda bir yildan ortik istikomat kilib ishlasa, ular ishlab turgan joyidagi davlatning rezidenti hisoblanadi.




Ichki iqtisodiyot-rezident va norezidentlarning iqtisodiy hududdagi iqtisodiy faoliyati.


Milliy iqtisodiyot-rezidentlarni turar joylaridan kat’iy nazar ularning iqtisodiy faoliyati. Rezidentlarni iqtisodiy faoliyatiga hududiy ishlab chiqarish jarayonlari hamda diplomatik tashkilotlarni va chet el xarbiy bazalarining ish faoliyati xam kiradi.

Milliy iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichi yalpi ichki mahsulot (YaIM) yoki yalpi milliy daromad (YaMD) hisoblanadi.


Ichki iqtisodiyot asosan, yalpi ichki mahsulot (YaIM) bilan o’lchanadi, YaIM tovarlar va xizmatlar oqimini ulchaydi.


YaMD-esa daromadlar okimini ulchaydi.


O’zbekiston iqtisodiy sistemasining turli qismlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni to’laligicha aks ettirish maqsadida insituttsion birliklar aniqlanishi va ularni sektorlar, tarmoqlar buyicha guruxlash zarur.


Institutsional birliklar – bu to’liq hisoblar tuplamini tuzib boradigan va xo’jalik yuritishda mustakillikka ega bo’lgan birliklardir. Institutsional birliklar korporatsiya, uy xo’jaligi, notijorat tashkiloti ko’rinishida bo’lishi mumkin.


Korporatsiya – iqtisodiy maqsadi tijorat uchun mahsulot va xizmatlar yaratishdan iborat bo’lgan yuridik shaxs.


Uy xo’jaligi – bir erda istiqomat qiluvchi, birga tovarlarni iste’mol qiluvchi va daromadlarini birlashtiruvchi jismoniy shaxslar guruhi.


Notijorat tashkiloti – uy xo’jaliklariga notijorat asosda mahsulot ishlab chiqarish xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi birlik.


Institutsional birliklar iqtisodiy maqsadi, funktsiyalari, moliyalashtirish manbaiga ko’ra 6 ta institutsional sektorlarga birlashtiriladi. Institutsional birliklarni aniqlash va ularni sektor hamda tarmoqlar buyicha guruxlashtirishdan asosiy maqsad sektorlar o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatish, daromad va xarajatlar okimi, shuningdek, moliya-kredit, aktiv va passivlarni urganishdir.


Nomoliya korporatsiyalar sektori (tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korporatsiyalar sektori). Nomoliya korporatsiyalar sektorining asosiy vazifasi nomoliyaviy xizmat ko’rsatishdan iborat.Ushbu institutsion birliklarning resurslari asosan mahsulot ayirboshlash evaziga vujudga keladi.


Bu sektor uz ichiga turli mulkchilikka asoslangan korxonalarni oladi:


-davlat korxonalari;-xususiy korxonalar;-jamoa korxonalari;-aktsionerlik korxonalari;-kooperativ korxonalar;-xorijiy korxonalar.


Moliya korporatsiyalar sektori –tijoratga asoslangan moliya operatsiyalari


bilan shugullanuvchi institutsion birliklar (tijorat kredit mahsulotlari) -markaziy bank mahsulotlari-boshqa depozit korporatsiyalar; -sugurta korporatsiyalari.

Kredit mahsulotlari uz ichiga tijorat banklarini, kredit beruvchi asotsiatsiya va jamiyatlarni oladi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, taqsimlash va saklash, pul mablaglarini saklash va korxonalar hamda uy xo’jaliklariga kreditlar berish va boshkalardan iborat. Sugurta muassasalari institutsion birligi asosan xayotni baxtsiz xodisalardan sugurta qilishni, bundan tashkari uy xo’jaligi va korxonalar mulkini sugirtalash uchun xizmat qiladi.





  1. Davlat korxonalari sektoriga jamoa va individual iste’mol uchun bozorga muvofik bulmagan xizmat ko’rsatish, milliy daromad va boyliklarni qayta taqsimlashda ishtirok etadigan tashkilotlar kiradi:

-markaziy xokimiyat;-hududiy xokimiyat;-maxalliy xokimiyat;-ijtimoiy ta’minot fondlari; -soglikni saklash;-xalk ta’limi va xokazo.





  1. Uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) muassasalar sektoriga aholining individual va jamoa talablarini kondirishda band bo’lgan korxonalar kiradi.

Ular uz ichiga aholining individual talablarini kondiruvchi ijtimoiy tashkilotlar (fan, madaniyat, soglikni saklash, san’at, dam olish va sanatoriy) ni, shuningdek, ularning jamoa iste’molini kondiruvchi ijtimoiy korxonalar (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar va boshkalar) ni oladi.Uning moliyaviy resurslari asosan kungilli badallar, uy xo’jaliklarining xayr-exsonlari va mulkdan olingan daromaddan iborat buladi.





Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin