Nominal YaIM deganda joriy bozor narxlarida hisoblangan, pulda ifodalangan tovar va xizmatlar tushiniladi. Nominal YaIMning joriy davrdagi qiymati quyidagicha hisoblanadi:
YaIMn = q1p1 Nominal YaIM fizik hajmining indeksini o’zgarmas bahoda hisoblash uchun bahoning umumiy indeksidan foydalanamiz:
q1p1 q1p1: ------ = q1p0 q1p0
Nominal YaIMning qiymat indeksini bahoning umumiy indeksiga bo’lish yordamida nominal YaIM fizik xajmining indeksini taqqoslama baholarda aniqlash mumkin:
Real YaIM - bu narx o’zgarishini nazarda tutib hisoblagan mahsulotdir. U ishlab chiqarish va xizmatlarning haqiqiy moddiy hajmini belgilaydi. Real YaIM nominal YaIM ning baho umumiy indeksiga nisbataiga teng.
YaIMning nominal va real xajmiga asoslanib yana bir muhim makroiqtisodiy - statistik ko’rsatkichni, ya’ni YaIM deflyatorini hisoblash mumkin. U nominal YaIM hajmini real YaIM hajmiga bo’lish yordamida aniqlanadi.
YaIMni ekstrapolyatsiya usulida o’zgarmas bahoda hisoblash uchun mahsulotning fizik hajmi indeksidan foydalanilali:
q0p0 * Jq = q1p0 Ma’lumki, YaIM haqiqiy ishlab chiqarishning hajmini bo’rtirib ko’rsatadi, chunki u nafaqat yangidan ishlab chiqarilgan mahsulotni balki bu jarayonda iste’mol qilingan, ya’ni sarflangan vositalar o’rnini qoplovchi mahsulotni ham o’z ichiga oladi. SHu sababli yangi ishlab chiqarishning haqiqiy hajmini sof ichki mahsulot (SIM) belgilaydi. SIM miqdoran YaIM dan amortizatsiya ajratmalarini (A) chegirib olingandan qolgan qismiga teng bo’ladi:
SIM = YaIM - A
Yalpi milliy daromad(YaMD) – bu barcha rezidentlar birlamchi daromadlari va Dning yig’indisidir. U ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilarning barcha daromadlari ko’rinishida bo’ladi:
YaMD = YaIM + D
yoki
YaMD = IX + R + FS + A + ES + MD + D
Bu yerda : IX – ish xaqi; R- renta; FS – foiz stavkasi; A – amartizatsiya; ES – egri soliq; MD – mulkdan keladigan daromad; D – chetga ketgan va chetdan kelgan daromadlarning farqi.