Sof milliy daromad (SMD) yangidan yaratilgan mahsulotning haqiqiy hajmini belgilaydi:
Uni ikki usulda xisoblash mumkin:
SMD = YaMD – A yoki SMD = SIM + D
Nazorat savollari:
YaICH nima va statistikaning vazifasini aytib bering?
Moliyaviy va nomoliyaviy sektor va ularning YaICHni tushuntiring?
YaIM, uni qanday aniqlash mumkin?
YaIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash qanday amalga oshiriladi?
YaIMni taqsimlash usulida aniqlash-chi?
YaIMni priovard foydalanish usulida aniqlash tushuntiring?
SIMi qanday aniqladi?
YaMD va SMDlarni qanday aniqlash mumkin?
YaIM ni o’zgarmas bahoda hisoblash?
YaIM deflyatori nimani ifodalaydi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
Abdullayev Y.A. Teoriya statistiki: Uchebnik. / Ye.A. Abdullaev, U.U. Azizov,Z.X. Toshmatov, M.M. Ikramov; - T. “Iqtisod-Moliya”, 2021. - 456 s.
SHodiev X. va Xabibullaev I. Statistika.Darslik. – T.:“Iqtisod-moliya”, 2019.-454 b.
Soatov N.M., Ayubjonov A.H. Statistika nazariyasi: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 374 b
Soatov N.M., Nabiev X., Ayubjonov A.H. Amaliy statistika: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 298 b.
Godin, A. M. Statistika : uchebnik dlya bakalavrov / A. M. Godin. - 12-e izd., ster. — Moskva : Izdatelьsko-torgovaya korporatsiya «Dashkov i K°», 2020. - 410 s.
SHumak, O. A. Statistika: Uchebnoe posobie / O.A. SHumak, A.V. Gerasьkin. - M.: ITS RIOR: NITS Infra-M, 2019. - 311 s
16- MA’RUZA. Aholi turmush darajasi statistikasi
REJA :
Aholi turmush darajasi haqida umumiy tushunchalar.
Aholi turmush darajasini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar
Aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Aholining ma’rifiy va ma’naviy darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Aholining sotsial sharoitini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
Tayanch iboralar: aholi turmush sdrajasi, turmush qiymati indeksi, inson barkamollligi indeksi, qashshoqlik indeksi, nominal va real daromad indekslari, aholi daromadlari va xarajatlari balansi, yashash minimumi, iste’mol savatchasi, jon boshiga to’g’ri kelgan YaIM, SIM, MD, SMD, kambag’allik koeffitsienti, ishsizlik koeffitsienti, ish haftasi va ish kunining o’rtacha uzunligi, mehnat tabellari muddati, aholining o’rtacha yashash umri, bir yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi, moddiy va ma’naviy sotsial ehtiyojlar
Aholining turmush darajasini sotsial iqtisodiy tushuncha bo’lib, u kishilarning moddiy va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojining qondirilishi hamda turmush darajasini tavsiflaydi. Moddiy ehtiyojlarga kishining oziq-ovkat, kiyim - kechak, turar joy, yoqilg’i, maishiy va kommunal xizmat ko’rsatishni yaxshilash kabilarga bo’lgan ehtiyojlari kiradi. Ma’naviy - ma’rifiy ehtiyojlarga kishilarning bilimi malakasi va ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish intelektual salohiyatini yuksaltirish kabilarga bo’lgan ehtiyojlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: |