Kambag’allikning keskinlashuv indeksi (J ) quyidagicha hisoblanadi joriy davrdagi kambag’allik darajasining variatsion kengligi bazis davridagi variatsion kenligiga nisbati bilan ulchanadi.
Agar Jkk>1 bo’lsa,demak uta boylar bilan uta kambag’allar o’rtasidagi absalyut va nisbiy tafovut katta bo’ladi va aksincha.
Yashash minimumi– bu eng kam iste’mol savati qiymatining puldagi ifodasidir. Bu savatcha tarkibiga quydagi 13 ta yiriklashtirilgan guruhlardagi mahsulotlar kiradi;
non va non mahsulotlari;
kartoshka;
sabzavotlar;
meva va rezovorlar;
go’sht va go’sht mahsulotlari;
sut va sut mahsulotlari;
balik va balik mahsulotlari;
tuxum;
shakar va qandolat mahsulotlari;
o’simlik moyi;
margarin;
tuz
qalampir, murch.
Inson tirik ekan uning ehtiyoji ham bo’ladi. Ehtiyojlar xilma-xildir. SHu nuqtai nazardan ular quyidagi turlarga bo’linadi:
moddiy ehtiyojlar
mag’rifiy va mag’naviy ehtiyojlar
sotsial ehtiyojlar.
Jon boshiga hisoblangan mahsulot turi quyidagicha aniqlanadi:
qi
qi = -----
A
Bu yerda; qi - bir yil davomida iste’mol qilingan mahsulot jami, A aholining yoki ayrim olingan ijtimoiy guruhlarning o’rtacha soni.
Oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabning qondirilishi darajasi quyidagicha aniqlanadi.
qxii Ktki=---------
qnbii
Bu yerda: qxii - jon boshiga haqiqiy iste’mol qilingan mahsulot; qnbi - jon boshiga me’yor bo’yicha iste’mol qilinishi lozim bulgan i mahsulot.
Ma’rifiy va madaniy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar kabi insoning yuksalish va jamiyatining rivojlanishi uchun tabiiy zaruriyatdir. Bu extiyojlar tarkiban bilim olish madaniy saviyani oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lish kabilardan iborat.
Aholining sotsial sharoitini umumlashtirib ifodalovchi ko’rsatkichlar jumlasi quyidagilar kiradi:
ishsizlik koeffitsienti;
ish xaftasi va ish kunining o’rtacha uzunligi;
mehnat ta’tillari muddati;
mehnat sharoiti;
har 10000 kishiga to’g’ri kelgan – kasalxonalardagi o’rinlar soni, shifokorlar soni; sanatoriy va dam olish uylaridagi o’rinlar soni;
aholining o’rtacha yashash umri;
bir yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi (har 1000 aholiga);