uzatishning samarali va sifatli o’tkazilishi unda qatnashadigan kishilarning tayyorgarlik darajasiga bog’lik. SHu sababli kuzatishni o’tkazishdan birmuncha oldin uni o’tkazuvchi mas’ul kishilar bilan maxsus mashg’ulotlar olib boriladi. Kuzatish formulyarlarini, blankalarini, varaqlarini, ko’rsatmalarni tayyorlash, ularni joylarga tarqatish kabi masalalar ham kuzatishni o’tkazishdagi muhim tashkiliy masalalardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda statistik kuzatish ikki shaklda – statistik hisobotni taqdim etish va maxsus uyushtirilgan statistik tekshirishlarni amalga oshirish yo’li bilan tashkil etildi.