2020-2021 yillarda tijorat banklari kreditlari hajmi va qayta moliyalash stavkasi o'rtasidagi bog'liqlik dinamikasi29
. . . . . . . . . . . . .
й й й й й й й й й й й й й
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 0 1 2
0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 1 1 1
0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2
2002
2003
2004
2005
2006
2007
2008
2009
2010
2011
2012
2013
2014
Qayta moliyalash stavkasining pasaytirilib borilishi tijorat banklari tomonidan jalb qilinayotgan kredit resurslarining arzonlashuviga olib keldi va bu o'z navbatida ishlabchiqarish sohasida band bo'lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon va fermer xo'jaliklari, mikrofirmalar va kichik korxonalarning banklar kredit mablag'laridan foydalanishiga keng yo'l ochib berdi. Bu esa, o'z navbatida, iqtisodiyotni kreditlashni kengaytirish va shu asosda barqaror iqtisodiy o'sish jarayonlarini qo'llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda (1-rasmga qarang). AOTB Ipoteka bank aktivlari ham yildan yilga ortib bormoqda.
29 O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlari
Xususan, 2021 yilda 2020 yilga nisbatan bankning aktivlari 3,5 barobarga ko'payib, 1,5 trln so'mdan ortib ketdi. Bankning aktivlari tarkibida asosiy salmoqni bankning kreditlari tashkil etmoqda, ya'ni uning ulushi 2021 yilda 61 %ni tashkil etgan. OATB Ipotekabankning kreditlari aktivlar bilan mos ravishda ortib bormovda va unga Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda (2-rasmga qarang).
Markaziy bank tomonidan samarali pul-kreditsiyosati olib borilishi natijasida inflyatsiya darajasini 2018 yildagi 1132 foizdan 2020 yilda 27,6 foizgacha pasaytirish imkonini yaratdi. Bu esa o'z navbatida qayta moliyalash stavkasini 250 foizdan 36 foizgacha pasaytirilishiga olib keldi. Xalqaro bank amaliyotiga muvofiq respublikamizda qayta moliyalash stavkasi amaldagi va kutilayotgan inflyatsiya darajasidan, pul bozorida pulga va kredit mablag'lariga bo'lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda o'zgartirib borildi.
Milliy valyuta muomalaga kiritilgan paytda qayta moliyalash stavkasi yiliga 150 foizni tashkil etar edi. Ammo milliy valyuta muomalaga kiritilgunga
qadar mavjud bo'lgan inflyatsiyaning inertsiya kuchi shu darajada katta ediki, tezda qayta moliyalash stavkasining bu darajasi etarli emasligi ma'lum bo'lib qoldi. Inflyatsiyani pasaytirish borasida yanada qatiyroq siyosat yuritish maqsadida Markaziy bank 2018 yil oktyabr oyidan boshlab qayta moliyalash stavkasini 150 foizdan 225 foizgacha ko'tardi. 2019 yil fevral oyida qaytamoliyalash stavkasi 250 foizgacha oshirilgan bo'lsa, mart oyidan boshlab u 300 foiz etib belgilandi .
Ayni vaqtda ushbu davrda inflyatsiya darajasi qayta moliyalash stavkasiga nisbatan ancha yuqori bo'lgan va real foiz stavkasi amalda manfiy darajaga tushib qolgan edi. Ushbu holat faqat O'zbekistonda emas, balki barcha MDH mamlakatlarida ham mavjud edi (1-jadvalga qarang).
O'tish iqtisodiyotining dastlabki yillarida byudjet-soliq siyosatining nobarqarorligi, xususan kata hajmdagi byudjet taqchilligi Markaziy bank tomonidan iqtisodiyotni to'g'ridan-to'g'ri kreditlashni talab qilar edi.
1-jadval
Dostları ilə paylaş: |