Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   318
hisob siyosati

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
Bozor munosabatlarini shakllanishi va rivojlanishi xо‘jalik yuritishni mazmuni va tuzilishida 
jiddiy о‘zgarishlarga sabab bо‘ladi. Bu esa о‘z navbatida buxgalteriya hisobida tub о‘zgarishlarni 
talab qiladi. Buning uchun bir qancha ustivor vazifalar aniqlani, ular bajarib kelinmoqda hamda 
qonuniy bazalar yaratilib, ular takomillashtirilmoqda. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish va statistika vazifasini 
bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlar, masalan ular tasarrufidagi mavjud bо‘lgan 
moliyaviy resurslardan qanday qilib yaxshiroq foydalanish tо‘g‘risida xolis va asoslangan qaror 
qabul qila olish uchun xо‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati tо‘g‘risida axborot tо‘plash uni 
qayta ishlash va uzatish vositasiga aylanmog‘i kerak. Bundan tashqari buxgalteriya hisobi xalqaro 
biznes tili sifatida davlat qonunlarini bajarilishini kafolatlashi, tadbirkorlikni rivojlanishiga, mulkni 
saqlash va kо‘payishiga xizmat qilishi, manfaatdor tomonlar (investorlar, aksiyadorlar, banklar, 
fondlar, mol yuboruvchilar, mol oluvchilar, rasmiy organlar va sh.k.) lar tomonidan muhim 
iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda (kapitalini investisiya qilish, bozorga chiqish, xodimlarni 
yollash, soliq siyosati, moliyalash manbalarni qidirib topish, hisoblashishlar va sh.k.) zarur
bо‘ladigan tо‘liq va ishonarli axborotlarni о‘z vaqtida yetkazib berishi kerak. 
Buxgalteriya hisobi-bu doimiy e’tiborni, monitoringni, tahlil va о‘z vaqtida qaror qabul 
qilishni, mutaxassislarni kasbiy о‘sishi va mahoratini oshirishini talab qiladigan jonli jarayondir. 
Buxgalteriya hisobini hozirgi zamon talabi darajasida bо‘lishini quyidagi kompleks tadbirlar 
ta’minlaydi: 
-buxgaleriya hisobini qonuniy tartibga solish va uning meyoriy bazasini shakllantirish; 
-uslubiy ta’minot (yо‘riqnomalar, uslubiy kо‘rsatmalar, sharhlar); 
-kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash; 
-xalqaro professional tashkilotlar bilan hamkorlik; 
-hisobni boshqarish tizimini qaytadan tashkil etish yо‘li bilan. 
Korxonadagi hisob axborotlarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishiga, obyektiv, 
hammaga tushunarli ruyi-rost va boshqaruv faoliyati, shuningdek tashqi foydalanuvchilar uchun 
himoyalangan bо‘lishligiga ijodiy yondoshganda va barcha meyoriy hujjatlarni asoslanganda 
erishish mumkin. 
Buxgalteriya apparati hujjatlarni ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida hisob yozuvlarini 
oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv va moliyaviy hisobotlarni tuzishni ta’minlashi 
zarur. 
Buxgalteriya hisobi alohida ajralgan holda ishlamaydi, balki u bozor iqtisodiyotining barcha 
infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hech qanday iqtisodiy islohot, shu jumladan 



bank tizimi, soliqqa tortish, statistika va b., ushbu islohotlarga mos keladigan xalqaro prinsiplarga 
asoslanib tuzilgan buxgalteriya hisobi va hisobotisiz muvaffaqiyatga erisha olmaydi. 
Malakali buxgalterlarni kо‘paytirmasdan turib tо‘laqonli rivojlanayotgan buxgalteriyani kо‘z 
oldimizga keltira olmaymiz. Raqobatga asoslangan iqtisodiyot sharoitida buxgalter xо‘jalik 
muomalalarini ma’nosini tо‘liq tushunishi, nomaqbul voqealar rivojlanishini oldindan kо‘ra bilishi, 
uni bartaraf etishning foydali variantlarini rahbarga taklif eta olishi, xо‘jalik faoliyatini tо‘g‘ri 
yо‘lga solishda rahbarni eng ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlay oladigan mutaxassis bо‘lishi 
kerak. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin