23
kiradigan xo‘jalik birlashmasining markazlashtirilgan buxgalteriyasi bo‘limining xizmatidan
foydalanish;
- buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish;
Shu bilan birga subyektning rahbariga quyidagilarni taminlash majburiyatlari Yuklatilgan:
- ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqish;
- xo‘jalik muomalalarini nazorat qilish tartibi;
- buxgalteriya hisobining
tulikligi va ishonchliligi;
- hisob hujjatlarining saqlanishini;
- tashqi foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotni tayyorlab berish;
- soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlarni tayyorlab berish;
- hisoblashishlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi.
Subyektda pul mablag‘larini, tovar-moddiy va boshqa qiymatliklarni qabul qilish uchun asos
bo‘lib hisoblangan hujjatlar, korxona, muassasa va tashkilotning kredit va hisoblashish
majburiyatlari, va shuningdek buxgalteriya hisoboti va balansi rahbar yoki uning hohishi bilan
belgilangan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Subyektning rahbari hujjatlarga o‘z imzolarini qo‘yadigan ikki ro‘yxatni belgilab tasdiqlaydi.
Birinchi ro‘yxatga rahbarlik funksiyalarini bajaruvchi shaxslar, ikkinchisiga esa - buxgalteriya
hisobi va moliyaviy boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi shaxslar kiritiladi.
Ikkinchi ro‘yxatdagi shaxslarning imzosisiz hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharotida har bir korxona,
tashkilot yoki firma farmon, nizom va
ko‘rsatmalarga rioya qilgan holda hisob siyosatini o‘zi belgilaydi va subyektning rahbariyati yoki
mulk egasining bo‘yrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi. Bu buyruqda buxgalteriya apparatini tashkil
qilish va uning tuzilishi, moliyaviy va boshqaruv hisobini tashkil qilish va buxgalteriya hisobini
yuritishning aniq tartib va qoidalari belgilanadi.
Qonunda, qo‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobini tashkil etishda muhim o‘rin tutuvchi eng
asosiy tartib-qoidalar belgilangan. Ushbu tartib-qoidalarga amal qilish barcha turdagi xo‘jalik
yurituvchi subyektlar uchun majburiydir.
Buxgalteriya hisobi axborotidan foydalanuvchilar va ularni manfaatlari
Buxgalteriya hisobi va uning ma’lumotlaridan xayotda juda keng mikyosda foydalaniladi.
Bu axborotlardan foydalanuvchilarni uch guruxga bulish mumkin: 1)
subyektning
boshkaruvchilari; 2) subyektdan tashkarida turib, undan moliyaviy manfaatdor bo‘lganlar; 3)
subyektning
moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy qiziqishda
bo‘lmagan shaxslar, guruhlar yoki agentlar.
Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar
Boshqaruv xodimlari buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan asosan iqtisodiy xo‘jalik
muomalalari va mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) ustidan nazorat
24
o‘rnatishda, byudjetning bajarilishi va foyda olinishining monitoringini o‘rnatishda, shuningdek
kompaniyaning kelajakda muvaffaqiyatga erishishida muhim boshqaruv
qarorlarini qabul qilishda
foydalanadilar.
Tashqi foydalanuvchilar – bu korxonaning mavjud va potensial mulkdorlari; berilgan
kreditlarni maqsadga muvofiqligi yoki muddatini uzaytirishni baholash uchun axborotdan
foydalanadigan mavjud va potensial kreditorlar; ushbu mijoz bilan aloqani mustahkamligini
aniqlovchi mol yuboruvchi va xaridorlar; davlat, dastavval uning soliq organlari.
Bu xususan
hisobot hujjatlarini, soliq hisoblashni to‘g‘riligini tekshiradi, soliq siyosatini belgilaydi.
Tashqi foydalanuvchilarni asosan quyidagi ko‘rsatkichlar qiziqtiradi:
-subyektning aktivlari va passivlarining tarkibi;
-subyektning likvidligi;
-o‘zining va jalb qilingan kapitalning hissasi;
-aktivlarning aylanish tezligi;
-barcha aktivlar va realizasiya qilingan mahsulotning rentabellik darajasi;
-subyektning ixtiyorida qoladigan sof foyda;
-to‘langan dividentlarning hissasi (agar aksiyadorlik kompaniyasi bo‘lsa).
Dostları ilə paylaş: