15
obyektlaridir. Buxgalteriya hisobining obyektlar jamlama hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Analitik
hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
2
Tushunarlilik, ahamiyatlilik, ishonchlik va solishtirish imkonining mavjudligi
buxgalteriya
axborotining to‘rtta asosiy xususiyati
dir.
Tushunarlilik.
Qaror qabul qilishda axborotdan to‘liqroq foydalanish maqsadida u tushunarli
bo‘lishi kerak.
Ahamiyatlilik
. Moliyaviy hisobotlardan foydalanishda tashqi foydalanuvchilar to‘g‘ri qaror
qabul qilishi uchun buxgalteriya axborotlari yaroqli bo‘lishi kerak. Buxgalteriya axborotlari
quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
-
iqtisodiy kelajakni istiqbol qilish;
-
istiqbol qilishning kelgusi texnik uslublarini takomillashtirish maqsadida oldingi
istiqbollarning to‘g‘riligini tasdiqlash. Buxgalteriya axborotining ahamiyatlilik darajasini qo‘yidagi
uch jihati yordamida o‘lchash mumkin.
-
ayni paytlilik;
-
istiqbol
qilishning muhimligi;
-
teskari aloqa.
Ishonchlilik.
Buxgalteriya axborotining ishonchliligi, avvalambor, uning xato va
kamchiliklardan xolisligini bildiradi. U axborotning asosiy mazmunini to‘g‘ri ochib berishi kerak.
Axborotning uchta mezonga muvofiq tekshiriladi.
1.
To‘g‘ri aks ettirish, ba’zida ishonchlilik deyiladi;
2.
Tekshirish imkoniyatining mavjudligi, aniqligi tekshirilishi mumkin bo‘lgan
hujjatlar
ma’lumotlar manbasining auditorlik tekshiruvini nazarda tutadi;
3.
Betaraflilik – moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga ta’sir etish uchun hisobotlarda
burttirilgan nuqtai nazarlar yoki asoslanmagan fikrlardan foydalanish mavjud bo‘lmaganda,
ma’lumotlar betaraflilik mezoniga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: