12
hisobi to‘g‘risidagi qonun bilan muhofaza qilinadi. («Buxgalteriya hisobi to‘g‘rsida»gi qonun 6 -
modda).
Hisob ma’lumotlarining to‘laligi va o‘z vaqtida bajarilishi
hisob xo‘jalik jarayonining hamma
tomonini egallashi va bu to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishi kerak. Ma’lumotlar qat’iy o‘rnatilgan
muddatda berilishi kerak. Qachonki hisob o‘z vaqtida va to‘liq olib borilsagina, xo‘jalik
yurituvchi
subyekt faoliyatiga to‘g‘ri rahbarlik qilish, kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, yashirin zahiralarni
qidirib topish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hisobning ravshan va hammabopligi
. Hisob ma’lumotlari faqat hisob xodimlarigagina
tushunarli bo‘lib qolmay, balki butun mehnatkash ommaga tushunarli bo‘lishi kerak. Buning uchun
hisob ko‘rsatkichlari sodda va tushunarli bo‘lishi kerak. Ravshan va hammabop tarzda olib borilgan
hisob subyektni ta’sis etuvchisi va qatnashuvchilarini ishlab chiqarishni boshqarishga keng jalb
qiladi.
Hisobning rejaligi va arzonligi
. Hisobni rejaligi olib borish va arzonga tushirish uchun hisob
apparatini qisqartirish, hisob ishlarini to‘la avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, zamonaviy hisob
shakllari va buxgalterning avtomatlashtirilgan ish joylarini qo‘llash,
hisob xodimlarining sonini
kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirib, markazlashgan ish joylarini tashkil etish kerak.
1.2.
Xo‘jalik hisobining turlari
Xo‘jalik faoliyati juda murakkab ko‘p qirralidir. Bunday sharoitda xo‘jalik yurituvchi
subyektlarda va butun xalq xo‘jaligida ro‘y beradigan turlicha xo‘jalik faoliyatlari va muomalalarini
qamrab oladigan, halq xo‘jaligiga rahbarlik va uni boshqarish uchun zarur ma’lumotlar bilan
ta’minlay oladigan hisobning yagona tizimi talab qilinadi. Hisobning bu tizimiga operativ texnika
hisobi, buxgalteriya hisobi va statistik hisoblar kiradi. Bu uchala hisob turi birgalikda
halq xo‘jaligi
hisobi
deb ataladi. Bu uchta hisobning har biri o‘z aniq obyekti, vazifalari va xususiyatlariga ega.
Operativ (operativ – texnika yoki tezkor hisob
) hisob ma’lum xo‘jalik
jarayoni va
operasiyalari haqidagi ma’lumotlarni ular yuz bergan joyning o‘zida kechiktirmay tezda yetkazib
berish, joriy kuzatish va nazorat qilish usulidir. Xo‘jalik operasiyalarini amalga oshirishda bu hisob
yordamida reja ko‘rsatkichlari haqiqatda erishilgan ko‘rsatkichlar bilan son va sifat jihatdan
solishtiriladi.
Operativ(tezkor) hisobning xususiyatlaridan biri shundaki, uning yordamida xo‘jalikning
hamma tomoni emas, balki ba’zi bir ko‘rsatkichlarigina nazorat qilib boriladi. Ikkinchi xususiyati
esa – bu hisob ma’lumotlari xo‘jalik faoliyati va operasiyalarini kuzatish natijasida olinadi. Ularni
maxsus hujjatlarda qayd qilish shart emas. Ular og‘zaki, telefon, faks yoki telegraf orqali berilishi
ham mumkin. Operativ hisob yordamida mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, mehnatga
haq to‘lash
fondining kundalik sarfi, mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma
shartlarining bajarilishi, ishchi va xizmatchilarning ishga o‘z vaqtida kelishlari to‘lov muddatlari
13
bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi va boshqa shu kabi ma’lumotlar olinadi. Xo‘jalikda, asosan
operativ rejalashtirish va operativ rahbarlik qilishda operativ(tezkor) hisobdan foydalaniladi.
Statistik hisob
–ommaviy ijtimoiy xodisalarni o‘rganish va nazorat qilish tizimidir.
Statistika ijtimoiy hayotda ro‘y beradigan ommaviy va ayrim tipik hodisalarni miqdor va sifat
jihatidan aks ettiradi. U faqat xo‘jalik jarayonlarinigina emas, balki jamiyat hayotidagi madaniy va
siyosiy hodisalarni o‘rganish, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Statistik hisob tegishli usullardan, masalan, statistik kuzatish, statistik yig‘ish,
statistik
guruhlash, o‘rta miqdorni olish va boshqalardan foydalanib, jamiyat xo‘jalik faoliyati
rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini aniqlaydi. Statistik hisob ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab
chiqarish munosabatlari va jamiyat hayotidagi siyosiy va madaniy jarayon rivojlanishining
miqdoriy ko‘rsatkichlarini beradi. Shuning uchun ham xalq xo‘jalik hisobi tizimi statistik hisob
talablariga mos holda umumiy metodologiya asosida yuritiladi.
Statistikada buxgalteriya va operativ–texnika hisobi ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Statistik
hisobning asosiy manbai hisobot ma’lumotlari hisoblanadi. Statistika hisobotining maxsus
shakllarida mehnat hajmi (miqdori) va sifati, ishlab chiqarishda sarflangan mehnat va uning
unumdorligi, ish haqi, subyektlarda ishlovchi xodimlarning soni, ishlab
chiqarilgan mahsulotning
tannarxi va shu kabi ma’lumotlar aks ettiriladi. Statistik hisobning boshqa turlari kabi xalq xo‘jaligi
hisobi tizimida muhim o‘rin tutadi. Undan hisobning boshqa turlari singari xalq xo‘jaligi
rejalarining bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot olish, rejani tuzish, ichki zaxiralarni aniqlab ularni
ishlab chiqarishga joriy etishda keng foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobi
–bu xo‘jalikda bo‘lib o‘tadigan hodisa, voqea, jarayonlar va xo‘jalik
muomalalarini miqdor va sifat jihatdan hisobga olib borish tizimidir.
Buxgalteriya hisobi
– bu kundalik va umumiy ma’lumotlar olish maqsadida xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning xo‘jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan
iboratdir.
Buxgalteriya hisobining xalq xo‘jaligidagi muhim ahamiyatini e’tirof etgan holda uning
qo‘yidagi xususiyatlarini ta’kidlash mumkin. Buxgalteriya hisobi, birinchidan, xo‘jalik yurituvchi
subyekt mablag‘larining joylashuvi va ularning tashkil topish manbalarining o‘zgarishlariga sabab
bo‘luvchi barcha xo‘jalik jarayoni va muomalalarini yoppasiga qayd qiladi; ikkinchidan, bu jarayon
va o‘zgarishlar ikki yoqlama yozish usuli bilan muntazam, uzluksiz va o‘zaro bog‘langan holda
qayd qilinadi; uchinchidan, yozuv faqat hujjatlargagina asoslanadi; to‘rtinchidan, hamma xo‘jalik
operasiyalari buxgalteriya hisobida pul ifodasida aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan
foydalanuvchilarning
quyidagi
ikki asosiy guruhi
mavjud:
-
Tashqi foydalanuvchilar;
14
-
Ichki foydalanuvchilar.
Ichki foydalanuvchilari, ya’ni korxonaning boshqaruv xodimlari ishlab chiqarish va moliyaviy
xarakterdagi turli qarorlarni qabul qiladi. Hisobot
asosida subyektning keyingi yilgi moliyaviy rejasi tuziladi, mahsulot sotishni ko‘paytirish
yoki kamaytirish, sotiladigan tovarlar narxlari, korxona resurslarini investisiya qilish yo‘nalishlari
kreditlarni jalb qilishning maqsadga muvofiqligi kabi qarorlar qabul qilinadi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobi moliyaviy ma’lumotlaridan foydalanuvchilar turli guruhining
mavjudligi, buxgalteriya hisobining yagona tizim sifatida ikki bo‘linishga olib keldi:
1.
Moliyaviy hisob;
2.
Boshqaruv hisobi.
Moliyaviy hisob
– Korxona faoliyati to‘g‘risida buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan tashqi va
ichki foydalanuvchilar uchun umumlashgan holda ma’lumot beradigan hisob turi.
Dostları ilə paylaş: