18
Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash ularning tannarxi yoki sotib olingan narxini
baholash uchun asos bo‘lishni nazarda tutadi.
Standartlarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish qiymatidan farq qilishi
mumkin.
Tushunarlilik tamoyili.
Moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilar uchun
tushunarli bo‘lishi kerak.
Ahamiyatlilik tamoyili
.
Moliyaviy axborotdan foydalanuvchilar tomonidan qarorlarni qabul qilish jarayonida, ularning
ehtiyojlarini qondirish va ularga subektning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatiga baho berishda
ko‘maklashish uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak.
Muhimlilik tamoyili.
Moliyaviy hisobotlarda axborotni kiritmaslik yoki noto‘g‘ri taqdim etish axborotdan
foydalanuvchilarning qabul qilgan iqtisodiy qarorlariga ta’sir etsa, u muhim hisoblanadi.
Axborotning ahamiyatiga uning mohiyati ham, shuningdek uning qimmati (muhimligi) ham ta’sir
etishi mumkin.
Haqqoniy va xolis taqdim etish tamoyili
.
Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli,
muomalalarning natijalari, pul mablag‘larining xarakati to‘g‘risida haqqoniy va xolis tasavvur
yaratishi kerak.
Tugallanganlik tamoyili.
Moliyaviy hisobotlarning ishonchligini taminlash maqsadida, hisobot davridagi axborot
yetarlicha to‘la hajmda taqdim etilishi kerak.
Izchillik tamoyili.
Hisob siyosati bir davrdan boshqa davrga izchil o‘tkazilishini nazarda
tutadi. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishning
yo‘nalishlarini aniqlanashi uchun turli davrlardagi hisobotlarni qiyoslash imkoniyatiga ega
bo‘lishlari kerak.
O‘z vaqtida taqdim etish tamoyili.
Hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi
natijasida u o‘zining iqtisodiy ahamiyatini yo‘qotadi. Axborotni o‘z vaqtida taqdim etish uchun
bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari ma’lum bo‘lgunga qadar hisobotga zarurat paydo
bo‘lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot ba’zi jihatlar
ma’lum bo‘lgunicha kechiktirilsa, hatto eng ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga katta naf
keltirmaydi, chunki ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur bo‘ladilar.
Dostları ilə paylaş: