300
Marjinal daromad narxni qayta ko’rib chiqish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot
assortimentini o’zgartirish, mahsulotni sotishni rag’batlantiruvchi mukofotlarning miqdorini
o’rnatish, reklama kampaniyasini o’tkazish va boshqa marketing muomalalar bilan bog’liq
bo’lgan boshqaruv qarorlari asosida yotadi.
Grafik usul zararsizlik boyicha iqtisodiy va buxgalterlik modullarining grafiklarini tuzish
asosida yalpi daromadning sotishga, xarajatlar va foydaning ishlab chiqarish hajmiga nazariy
bog’liqligini aniqlaydi.
Iqtisodiy modul asosan ishlab chiqarish hajmining o’sishi va pasayishi holatlarida
o’zgaruvchan xarajatlarning hulqini yoritadi. Iqtisodchilar ikki turdagi ta’sirni ajratadilar:
masshtabning o’suvchi va salbiy ta’siri.
Masshtabning o’suvchi ta’siri- mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar ishlab
chiqarishning past darajalarida yuqori va ishlab chiqarishning ko’proq unumliroq darajasida
tenglashadi.
Masshtabning salbiy ta’siri- mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan sarflar zaxiralarning
taqchilligi va tanqis sharoitlar natijasida ishlab chiqarishning samarali darajasidan tashqarida
tezda o’sib ketadi.
Zararsizlikning buxgalteriya moduli- bu yalpi daromad bilan yalpi xarajatlarning ishlab
chiqarish hajmining o’zgarishiga bog’liqligining chiziqli grafigidir. Tahlil uchun asos bo’lib
zararsizlik (kritik) nuqtani hisoblash xizmat qiladi. Foyda maydoni bilan zararlar maydoni kritik
nuqtadan o’nga va chapga tarqaladi (14.1.2-rasmga qarang).
Yalpi
daromad va
sarflar, m.s.
Daromad
C
D
B
A
K
doimiy
0
Mahsulot biriligi va sotish hajmi
Zarar Kritik nuqtadagi hajmi Foyda
Dostları ilə paylaş: