Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Sotiladigan mahsulot (tovarlar) assortimentini rejalashtirish



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   318
hisob siyosati

14.2. Sotiladigan mahsulot (tovarlar) assortimentini rejalashtirish 
 
Ishlab chiqarish hajmi va mahsulot assortimentiga nisbatan boshqaruv qarorlari moliyaviy 
hisobot asosida qabul qilinadi. Shu holda subektlar turli yo’llar bilan sotiladigan mahsulotlarni 
keng assortimentda ishlab chiqaradilar; katta va kichik hajmda, ulgurji va chakana savdo 
yordamida, turli geografik hududda joylashgan iste’molchilarga yetkazib berish yo’li bilan va 
hokazo. Bunday amaliyot mahsulotning turlari va bozorlarning segmentlari boyicha olinadigan 
daromadlar to’g’risida alohida hisobotlarni talab qiladi. 


302 
Buxgalter tomonidan subektning moliyaviy-sotuv faoliyati haqidagi to’liq moliyaviy 
ma’lumotni ishlatish subekt ishining unumdorligini oshirishga qaratilgan nazoratning amaldagi 
tizimini yaratishga imkon beradi. 
Alohida segmentlar boyicha moliyaviy hisobotlarga umumiy summalarni kiritish kerak va 
subektning umumiy moliyaviy hisobotiga ham ushbu summalar umumlashtirilgan holda 
kiritilishi kerak. Masalan, har bir mahsulot yoki mahsulotning assortimentini ishlab chiqarishdan 
olingan foyda yalpi foydaning bir qismi bo’lishi kerak, ishlab chiqarish hajmi esa o’zgaruvchan 
xarajatlarning hajmi bilan o’zaro bog’liqlikni saqlashi kerak. Bir ishlab chiqarish 
bo’linmalarining xarajatlari butun subekt darajasida ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi 
hisoblanadi va ishlab chiqarishning samaradorligini, mahsulot turi, ish vaqtidan to’liq 
foydalanganlikni hisobga olgan holda nazorat qilinishi lozim. Mahsulotning assortimenti bilan 
alohida ishlab chiqarish bo’linmlarida ishlab chiqarish quvvatlarining to’ldirilganligi o’rtasida 
aloqa mavjud. 
Tadbirkorlik faoliyatining har bir segmentini baholash ishlab chiqarish xarajatlarini 
hisoblovchi buxgalterga muammo tug’diradi. Uning yechimi ko’proq rentabelli mahsulotni va 
subektning yalpi foydasining ishlab chiqarish hajmini va assortimentini nazorat qilish tizimini 
tuzish jarayonida royobga chiqadi. Bir subekt uchun nazorat tizimining o’ziga xosligiga 
qaramay u quyidagi namunaviy muolajalarni o’z ichiga olishi lozim: har bir mahsulotning 
rentabelligini kuzatish; har bir mahsulotdan olingan yalpi foydani nazorat qilish; haqiqiy 
foydaning kutilayotganidan chetga chiqishini aniqlash; xarajatlar tizimini hisoblab chiqish, o’ta 
yashirin xarajatlarni chiqarib tashlash; alohida mahsulotga to’g’ri keladigan ustama sarflarni 
hisoblab chiqish; subektda qo’llaniladigan talabning elastikligiga va boshqa nazorat 
muolajalariga narx o’zgarishining ta’sirini aniqlash. 
Nazorat muolajalaridan foydalanish kutilayotgan foydani ta’minlash uchun ishlab chiqarish 
hajmining qancha bo’lishini, foydaning aniq hajmini olish uchun sotishda qanday narx qoyish 
kerakligini, subekt ishining zararsizlik chegarasining, xavfsizlik hududining va sotilgan mahsulot 
tizimining qandayligini aniqlashga imkon beradi. 
Mahsulot birligining miqdorini hisoblash zararsizlik nuqtasini hisobga olmasdan quyidagi 
tenglamaga asoslanadi: 
Kutilgan foydani olish uchun 
sotilgan mahsulot birligining 
miqdori 

Doimiy xarajatlar + Kutilgan foyda 
Birlik mahsulotning narxi 
Oldingi misolning ma’lumotlari boyicha: (40000 + 146000) : 150 = 1240 dona ya’ni, 
ishlab chiqarishning hajmini 760 donagacha (2000-1240) tushirish kerak. 
Hisobning to’g’ri usuli deb yalpi foyda usuliga aytiladi, uning asosida quyidagi tenglama 
yotadi: 
Yalpi foyda (yoki 
marjinal daromad) 

Mahsulotni sotishdan tushgan 
daromad 

O’zgaruvchan sarflar 


303 
Bizning misol uchun yalpi foydaning chizmasini tuzish quyidagi rasmda ko’rsatilgan 
(14.2.1-rasmga qarang). 
Sarflar 
va 
daromad, 
m.s. 
400000
Ishlab chiqarish hajmining qulay 
diapazoni(maydoni) 
350000

300000
250000
Zararsizlik 
nuqtaasi 
200000
Foyda xududi 

150000
Zararlar xududi 

100000

50000

200 
400 
600 
800 
1000 
1200 
1400 
1600 
1800 
2000 
2200 
2400 
Mahsulotning birligi, dona 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin