305
%
Foyda darajasi nafaqat mahsulotlar boyicha, balki har bir zonani foydaning umumiy
summasiga qilgan qoyilmalari boyicha baholanadi. Subektning marjinal daromadi tizimi bozor
zonalari boyicha hisoblanadi, zonalar ichida esa mahsulotlarning turi boyicha hisoblanadi.
Tadbirkorlik segmentlarini nazorat qilish shakllari ishlab chiqarish bo’linmalari tomonidan har
bir mahsulot uchun sotish narxini belgilashni ham ko’zda tutadi. Ishlab chiqarish bo’linmasi
tomonidan mahsulot sotishsini baholash odatda ustalar, bo’lim va sex boshliqlarini moddiy
rag’batlantirishda qo’llaniladi. Shuni esda tutish kerakki, transfert narxlarini hisoblashning eng
qulay varianti bo’lib xarajatlarning meyorlari hisoblanadi.
Shuning uchun foyda summasiga har bir bo’linma tomonidan qilingan qoyilma to’g’ri
ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy ustamalarini emas balki yalpi qoplanishi va subektning
sof daromadiga bo’lgan ta’siri sifatida qaraladi. Nazoratning kam ahamiyatli bo’lmaganining
yana biri sifati bu mahsulot turlari boyicha talabning elastikligini kuzatishdir.
Sotishdan olingan foydaning asosiy konsepsiyasi: narxlarning ko’tarilishi - sotish
hajmining kamayishi yoki narxlarning pasayishi - sotish hajmining o’sishi hisoblanadi.
Talabning elastikligi har bir mahsulot boyicha aniqlanadi. Agar talab elastik bo’lsa sotishning
o’sishi haqiqiy hajmining 13 qismidan oshmasligi kerak va narxlarning darajasini ushlab turishda
alternativ qadam bo’lib xarajatlarni pasaytirish dasturi xizmat qilishi mumkin. Shunda
sarflarning umumiy summasining pasaytirilgani sotishning haqiqiy hajmini 13 qismidan
oshmasligi kerak.
Agar mahsulot assortimenti marjinal qoyilma va sof daromad darajasi bilan belgilansa,
unda o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar sotish xarajatlariga mutanosiblikda o’zgaradi. Bunday
holda sotishning yuqori darajasi xarajatlarni pasaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlarining
yetishmasligi sotish hajmining o’sishi uchun qo’shimcha qoyilma va ishchi kuchi to’plamini
talab qiladi, buning natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi pasayib xarajatlar ko’tarilib
ketadi.
Dostları ilə paylaş: