306
Ko’pgina ilg’or kompaniyalar uchta keltirilgan yondashuvlarning kombinatsiyalangan usulini
qo’llaydilar.
Mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarga quyidagi narx va tariflar o’rnatilishi mumkin:
sotuvchi va xaridorlar uchun majburiy bo’lgan- rasmiy, subektning mazkur mahsulotini hamma
sotib oluvchilari uchun bir xil bo’lgan- muqobillashtirilgan, sotish-sotib olish dalolatnomasining
har birida- kelishuv. Rasmiy va muqobillashtiriladigan narxlar jahon bozori narxlari yoki ishlab
chiqarishning asoslangan xarajatlari asosida o’rnatiladi. Kelishuv narxlari esa yoki individual
xarajatlar, yoki foydalanish parametrlari, yoki talab va taklifning o’zgarishi asosida aniqlanadi.
Real narxni shakllantirish masalasi hozirgi davrda subektlarda
ishlab chiqarishning tushib
ketishida ortiqcha quvvatlarning vujudga kelishi, ularni ta’minlash sarflarining oshishi,
mehnat
unumdorligining pasayishi, inflatsiya va qo’shimcha qiymat solig’ini hisoblash uslubining
mavjudligi uchun qiyinlashgan.
Subektning ma’muriyati iqtisodiy asoslangan narxni o’rnatish
uchun qator muammolarni
yechishi kerak: qaror qabul qilishda hisobga olinadigan xarajatlarning tarkibini asoslash;
kalkulatsiya qilish uslubini tanlash; doimiy xarajatlar minimal bo’lgan ishlab chiqarish darajasini
o’rnatish; subekt foydasining summasini hisoblab chiqish.
Birinchi uchta masala ishlab chiqarish faoliyati haqidagi bobda ko’rib chiqilgan.
Subektning foydasini formula boyicha va foyda bilan ishlab chiqarish hajmining o’zaro aloqasini
aks ettiruvchi grafik usuli yordamida hisoblab chiqish mumkin.
Formula boyicha foydani hisoblash usuli sof foyda tenglamasi va kapitalning qaytimiga
asoslangan:
Fond
qaytimi x Ustav kapitali
R
=
O’tgan yil uchun ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarning umumiy
summasi
x
100
bu yerda, R- mahsulot rentabelliginining darajasi.
Fond (kapital) qaytimining meyori
=
Sof foyda
Hissadorlik kapitali
Masala. Mazkur sanoat tarmog’i uchun fond qaytimining o’rtacha meyori 10 %. Ustav
kapitali- 200 mln. so’m. Mahsluot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar- 400 mln. so’m, shunda
rentabellik
R =
10% x 200000
x
100
= 5 % tashkil etadi.
400000
Agar subektning foydasi hisob narxidan past bo’lsa. unda narxni
kalkulatsiya qilishda
foydaning o’rtacha meyoridan yoki uning ozmuncha o’sishini hisobga olgandan kelib chiqadi.
Inflyatsiya sharoitlarida foydaning o’rtacha meyoriga subektda inflatsiyani kompensatsiya qilish
uchun tuzilgan zaxiralarning qiymati qo’shiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, inflatsiya sharoitlarida
307
va subektning xarajatlarni pasaytirishga qaratilgan qiziqishlari bo’lmagan paytda formulalarning
ma’luomtlari juda muammoli hisoblanadi.
Narxni o’rnatishga xarajatlar eng katta ta’sirni ko’rsatadi. Xarajatlarning tarkibini
tanlashda quyidagi formula qo’llaniladi:
1. O’zgaruvchan ishlab chiqarish sarflari + daromad.
2. Umumiy o’zgaruvchan sarflar + daromad.
3. Ishlab chiqarish tannarxi + daromad.
4. To’liq tannarx + daromad.
Xarajatlarning ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligi zararsizlikni tahlil qilishda o’rganib
chiqilgan. Bu yerda asosiy e’tibor foydaning ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligiga qaratilgan,
chunki mahsulotga bo’lgan narxning o’zgarishi ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan yoki
sotishdan olingan yalpi foydaning o’zgarishi bilan bog’liq.
Narxlarni, mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar, doimiy xarajatlar va ishlab
chiqarish hajmining o’zgarishlari o’rtasidagi o’zaro aloqa quyidagi 14.3.1-rasmda ko’rsatilgan.
A. Sotish narxining o’zgarishi
B.Mahsulot birligiga to’g’ri
keladigan
o’zgaruvchan xarajatlarning o’zgarishi
Foyda,
m.s.
Foyda,
m.s.
80
80
60
60
40
40
20
20
500 1000 1500 2000 2500
5000 1000 1500 2000 2500
Hajmi, dona
Hajmi, dona
Dostları ilə paylaş: