«Aktiv» tomoni
xo‘jalik aktivlarini xizmat muddatiga ko‘ra quyidagi ikkita bo‘lim bo‘yicha tizimlashga
asoslangan:
I-bo‘lim . «
Uzoq muddatli aktivlar». Ushbu bo‘limda 1 yildan ko‘p muddatda oborotda
bo‘ladigan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy va kapital investisiyalar, shuningdek
uzoq muddatli debitorlik qarzlar va muddati uzaytirilgan xarajatlarning qoldiq summalari
ko‘rsatiladi.
II-bo‘lim .
«Joriy aktivlar». Ushbu bo‘limda 1 yildan kam muddatda oborotda bo‘ladigan
ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlari, tayyor mahsulotlar va tovarlar, pul mablag‘lari, debitorlik
qarzlar va boshqa joriy aktivlarning qoldiq summalari ko‘rsatiladi.
Balansning
«Passiv » tomoni xo‘jalik aktivlarini tashkil topish manbalarini turiga qarab
quyidagi ikkita bo‘lim bo‘yicha tizimlashga asoslangan:
I-bo‘lim .
«O‘z mablag‘larining manbai». Ushbu bo‘limda ustav kapitali, qo‘shilgan kapital,
rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda va xususiy kapitalning boshqa elementlarining qoldiq
summalari ko‘rsatiladi.
II-bo‘lim .
«Majburiyatlar». Ushbu bo‘limda korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar
oldidagi qarzlarining qoldiq summasi ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya balansida bo‘limlar bo‘yicha ma’lumotlar alohida qatorda, ikkala bo‘lim
summalarining yig‘indisi alohida qatorda aks ettiriladi.
Ayrim moddalar bo‘yicha qavs ichida o‘zaro ayirmalar ko‘rinishida ko‘rsatilgan schetlar
ularning birinchisi summasidan ikkinchisini summasini ayirib tashlagandan keyin qoladigan
summani shu qatorga yozishni bildiradi. Bundan tashqari buxgalteriya balansida ma’lumotlar, mos
ravishda, hisobot davr boshiga va hisobot davr oxiriga alohida ustunlarda ko‘rsatiladi. Bu balans
moddalaridagi o‘zgarishlarni vizual nazorat qilib borish imkonini beradi.