19
O‘zbekiston iqtisodiyotida
bozor
iqtisodiyoti
talablari va buxgalteriya hisobini xalqaro
andozalarga muvofiqlashtirish maqsadida buxgalteriya hisobi tizimi bosqichma –
bosqich isloh
qilib kelinmoqda.
Bozor munosabatlarini shakllanishi va davlat mulkini xususiylashtirilishi xo‘jalik yuritishni
mazmuni va tuzilishida jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida buxgalteriya
hisobida tub o‘zgarishlarni talab qiladi. Buning uchun bir qancha ustivor vazifalar aniqlandi va
qonuniy bazalar yaratildi hamda ular takomillashtirilmoqda.
Mamlakatimizda xalqaro buxgalteriya hisobi andozalari talablariga
javob beradigan xalqaro
tamoyillar va qoidalarga mos keladigan O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini rivojlanishini huquqiy
asoslarini ta’minlovchi qonun zarur edi.
Shu maqsadda 1996 yil 30 avgustda «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi O‘zbekiston
Respublikasining qonuni» qabul qilindi. Ushbu qonun buxgalteriya hisobini tashkil etish,
buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktiv va majburiyatlarni inventarizasiya qilish va baholashning
asosiy tamoyillari va qoidalari, o‘z va qarzga olingan kapitalni hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga
qo‘yilgan vazifalar, maqsad va talablarni belgilab beradi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi
Qonun ko‘rsatmalari va moddalari asosida Buxgalteriya hisobining milliy andozalari
(BHMA)tasdiqlandi. Hozir ularning soni 24 ta bo‘lib 21 – BHMA – Xo‘jalik yurituvchi subyektlar
moliyaviy – xo‘jalik faoliyatinin buxgalteriya hisobi schyotlarirejasi va uni qo‘llash bo‘yicha
yo‘riqnomadir.
Vazirlar mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54 – son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot
(ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi
hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi to‘g‘risida» gi Nizom, 2000 yil 26 mayda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasining Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun va buxgalteriya hisobi 21 – son milliy
andozasi yangi schyotlar rejasi hamda «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi qonun O‘zbekiston
Respublikasida barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun hisob siyosati meyorlarini huquqiy
ta’minlovchi asosiy hujjatlar hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish
va statistika vazifasini
bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlar, masalan ular tasarrufidagi mavjud bo‘lgan
moliyaviy resurslardan qanday qilib yaxshiroq foydalanish to‘g‘risida xolis va asoslangan qaror
qabul qila olish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati to‘g‘risida axborot to‘plash uni
qayta ishlash vauzatish vositasiga aylanmog‘i kerak. Bundan tashqari
buxgalteriya hisobi halqaro
biznes tili sifatida davlat qonunlarini bajarilishini kafolatlashi, tadbirkorlikni rivojlanishiga, mulkni
saqlash vako‘payishiga xizmat qilishi kerak.
20
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalterlar faqat xo‘jalik operasiyalarini qayd qiluvchigina
emas, balki ular ko‘p darajada taxlilchi, prognozchi ham bo‘lishi kerak. Buning uchun ular yuqori
darajadagi malakaga ega bo‘lishi kerak.
Islohotlar barcha sohalarda keng quloch yozayotgan hozirgi sharoitda xo‘jalik yurituvchi
subyektlarda hisob – kitob va hisobot ishlarini zamon talablariga javob beradigan tarzda yuritish
muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi davrda davlat, jamoa, qo‘shma, kichik, hissadorlik, xususiy va boshqa mulk shakliga
ega bo‘lgan korxonalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatining to‘g‘ri tartibli boshqarilishi ko‘p
jihatdan
xo‘jalikning moliyaviy xo‘jalik muomalalari kabi omillarni ifodalashga yagona tartibda
yondoshilishiga bog‘liq. Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini o‘rganish va boshqarishda
asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Qayerda hisob – kitob ishlari puxta tashkil etilsa, ko‘zlangan
maqsadga erishish oson bo‘ladi. Buxgalteriya hisobini puxta o‘rganish
bu fanni fundamenti
hisoblangan buxgalteriya hisobi nazariyasidan boshlanishi lozim. Chunki, bu fan buxgalteriya
hisobi to‘g‘risida umumiy tushuncha, hisob, schyot, ikki yoqlama yozuv, hujjatlashtirish, baholash,
kalkulyasiya qilish. Balans hisobot, yo‘qlama qilish, buxgalteriya hisobining predmeti va usuli
to‘g‘risida batafsil tushuncha beradi.
Buxgalteriya hisobi nazariyasi buxgalteriya hisobining hamma tarmoq kurslari, ya’ni sanoatda
buxgalteriya hisobi, savdoda buxgalteriya hisobi, qurilishda buxgalteriya hisobi, qishloq xo‘jaligida
buxgalteriya hisobi. moddiy t’minotda
buxgalteriya hisobi, davlat bankida buxgalteriya hisobi va
boshqalar uchun umumiy bo‘lgan qoidalarni o‘rgatadi. Buxgalteriya hisobi nazariyasi va ularning
tarmoq kurslari birgalikda buxgalteriya hisobi fanini tashkil etadi. Bu fan xo‘jalik faoliyatini tahlili
va audit fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Chunki, buxgalteriya hisobining ma’lumotlaridan
foydalanish usullarini xo‘jalik faoliyatini tahlili va audit fanlari o‘rgatadi.
Buxgalteriya hisobi xalq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi,
statistika, rejalashtirish, moliya
kredit, mikro va makro iqtisodiyot va xuquqshunoslik bilan o‘zaro bog‘liqdir. Buxgalteriya hisobi
fanida xo‘jalik yurituvchi subyekt mablag‘lari va ularning manbalari hamda xo‘jalik jarayonlarini
aks ettirishning metodologik asoslari iqtisodiy qonunlar talablariga muvofiq yoritiladi.
Buxgalteriya hisobi fani jamiyat rivojlanishida turli ma’lumotlarni yig‘ish va ishlash bo‘yicha
barcha formasiyalarda to‘plangan tajribalarni umumlashtirish asosida vujudga kelgan.
Dostları ilə paylaş: