Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   318
hisob siyosati

«bis
», ya’ni «
ikkita
» va 
«
lanx
», ya’ni 
«tarozi pallasi
» so‘zlaridan olingan bo‘lib, o‘zaro tenglik, bir xillik ramzi 
hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi balansiga xalqaro buxgalteriya standartlarida buxgalteriya balansi
balans hisoboti deb yuritiladi. 
Buxgalteriya hisobining milliy andozalari (BXMA)ni 1 – soni «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy 
hisobot» va (BXMA)ni 15 – soni “Buxgalteriya balansi” deb atalib, unda buxgalteriya balansi, 
uning maqsadi, moddalari haqida, uni tuzish va topshirish tartibi haqida qoidalar keltirilgan. 
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xo‘jalik 
yurituvchi subyektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni to‘playdi hamda oshkor 
qiladi
Buxgalteriya balansi hisobot davri boshidagi va oxiridagi tegishli ma’lumotlarni oshkor 
qilishi kerak. 
Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, o‘z sarmoyasi, uzoq muddatli va joriy 
majburiyatlar hamda ularni oshkor qilish xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolini tahlil 
qilishda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun yordam bera oladigan axborotdan iborat 
bo‘ladi. 
Uzoq muddatli va joriy aktivlar, xususiy sarmoya, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar 
tushunchalari O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS) 
“Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”da keltirilgan. 
“Uzoq muddatli aktivlar” bo‘limida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq 
muddatli investisiyalar, o‘rnatiladigan uskunalar, kapital qo‘yilmalar, uzoq muddatli debitorlik 
qarzlari va muddati kechiktirilgan uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinishi kerak. 
“Joriy aktivlar” bo‘limida tovar-moddiy zaxiralar, kelgusi davrlar xarajatlari, muddati 
kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi, debitorlik qarzlari, pul mablag‘lari, qisqa muddatli 
moliyaviy qo‘yilmalar va boshqa joriy aktivlar summalari oshkor qilinishi kerak. 
O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (4-son BHMS) “Tovar-
moddiy zaxiralar”ga muvofiq tovar-moddiy zaxiralarga quyidagilar kiritiladi: 
a) ishlab chiqarish jarayonida yoki ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda foydalanish 
uchun mo‘ljallangan xom ashyo, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, 
yoqilg‘i, idish, ehtiyot qismlar, inventar va xo‘jalik anjomlari, boshqa materiallar zaxiralarini, 
parvarish qilinayotgan va bo‘rdoqiga boqiladigan hayvonlar, materiallarni tayyorlash va xarid qilish 


33 
bo‘yicha xarajatlar, materiallar qiymatidagi tafovutlarni o‘z ichiga oladigan ishlab chiqarish 
zaxiralari; 
b) tugallanmagan asosiy ishlab chiqarish, xususiy ishlab chiqarishdagi yarim tayyor 
mahsulotlar, tugallanmagan yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlar, ishlab chiqarishdagi brakni 
o‘z ichiga oladigan tugallanmagan ishlab chiqarish; 
v) tayyor mahsulot; 
d) tovarlar. 
Debitorlik qarzlari bo‘yicha xaridor va buyurtmachilarning qarzlari, alohida bo‘linmalar 
qarzlari, shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari qarzlari, xodimlarga berilgan bo‘naklar, yetkazib 
beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar, byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak 
to‘lovlari, davlat maqsadli jamg‘armalariga va sug‘urta bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, ustav 
sarmoyasiga qo‘yilmalar bo‘yicha ta’sischilarning bo‘nak to‘lovlari, boshqa operasiyalar bo‘yicha 
xodimlar qarzlari hamda boshqa debitorlar qarzlari summalari oshkor qilinishi kerak. 
Pul mablag‘lari bo‘yicha kassadagi naqd pul mablag‘lari qoldig‘i, hisob-kitob raqamidagi pul 
mablag‘lari, valyuta hisobraqamidagi pul mablag‘lari va boshqa pul mablag‘lari (bankdagi maxsus 
hisobraqamlar, pul ekvivalentlari, yo‘ldagi (o‘tkaziladigan) pul mablag‘lari) summalari oshkor 
qilinishi lozim. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin