Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


O‘z sarmoyasi (o‘z sarmoyasi manbalari)



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   318
hisob siyosati

O‘z sarmoyasi (o‘z sarmoyasi manbalari).
“Xususiy sarmoya” bo‘limida ustav sarmoyasi, qo‘shilgan sarmoya, zaxira sarmoya, sotib 
olingan o‘z aksiyalari, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda 
bo‘lg‘usi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari oshkor qilinishi kerak. 
 Majburiyatlar.
“Majburiyatlar” bo‘limida uzoq muddatli va joriy majburiyatlar bo‘yicha axborotlar alohida 
oshkor etilishi lozim. 
Uzoq muddatli majburiyatlar bo‘yicha yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli 
qarzlar, alohida bo‘linmalarga uzoq muddatli qarzlar, shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlariga uzoq 
muddatli qarzlar, muddati kechiktirilgan uzoq muddatli daromadlar, soliqlar va majburiy to‘lovlar 
bo‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar, 
uzoq muddatli bank kreditlari, uzoq muddatli qarzlar va boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlari 
summalari ko‘rsatilishi kerak. 
Foiz stavkalari, so‘ndirish shartlari, shartnoma majburiyatlari, so‘ndirish navbatliligi, 
muomala shartlarini umumlashtirish hamda mukofot va diskont summalari buxgalteriya balansi 
qismida tushuntirish xatida ko‘rsatilishi lozim. 


34 
Joriy majburiyatlar bo‘yicha yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzlar, alohida 
bo‘linmalarga qarzlar, shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlariga qarzlar, muddati kechiktirilgan 
daromadlar, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa 
muddati kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo‘naklar, byudjetdan soliqlarga oid qarzlar
sug‘urtaga oid qarzlar, davlat maqsadli jamg‘armalaridan to‘lovlarga oid qarzlar, ta’sischilardan 
qarzlar, mehnatga haq to‘lashga oid qarzlar, qisqa muddatli bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, 
uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va boshqa kreditorlik qarzlari summalari oshkor 
qilinadi. 
Shuni ta’kidlash joizki, buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotida «balans» so‘zi na faqat 
tenglik mazmunida, balkim davlat ahamiyatiga molik muhim buxgalteriya hisobi xujjati sifatida 
ham talqin etiladi. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya balansi xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi. BXMSga ko‘ra 
buxgalteriya balansi qo‘yidagi shaklda tuziladi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin