Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   318
hisob siyosati

 
Tаyanch ibоrаlаr:
buxgalteriya balansi uzoq muddatli va joriy aktivlar, xususiy sarmoya, uzoq 
muddatli va joriy majburiyatlar, buxgalteriya balansining turlari: kirish (yoki ta’sis ) balansi; 
boshlang‘ich va hisobot balansi; tugatish balansi; birlashtirish va ajratish balansi, ma’lumotlarni 
jamlashiga kо‘ra: yig‘ma balans, alohida balans. 
2.1. “Balans” tushunchasi va uning iqtisodiy ahamiyati. Buxgalteriya balansining 
tuzilishi va mazmuni 
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xo‘jalik 
yurituvchi subektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni to‘playdi hamda oshkor 
qiladi(15-sonli BHMS). 
Xo‘jalik yurituvchi subektlar mablag‘lari doimo ishlab chiqarish jarayonida harakatda bo‘lib, 
davrlar bo‘yicha miqdor va qiymat jihatdan o‘zgarib boradi. Ularning xo‘jalik faoliyati ustidan 
rahbarlik qilish va boshqarish uchun subyekt qanday mablag‘larga ega, ularning tarkibi va qayerda 
joylashganligi hamda bu mablag‘lar qanday manbalardan tashkil topganligi to‘g‘risida aniq 
ma’lumotlar bo‘lishi kerak. 
Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi, joylanishi, harakati va ularning kelib chiqish manbalaridagi 
o‘zgarishlarni bir– biriga solishtirib, ma’lum bir sanaga pul o‘lchovida umumlashtirib aks ettirish 
buxgalteriya balansi yordamida amalga oshiriladi. 
Buxgalteriya balansida subyektning xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari 
umumlashtirilib, odatda, kunning oxiriga (banklarda) yoki hisobot oyidan keyingi oyning birinchi 
kuniga pul o‘lchovida tuziladi. 
Buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri bo‘lib mulkga egalik qilish huquqini ifodalovchi 
matematik tenglikni hamma vaqt ta’minlab berish va saqlash hisoblanadi.
Aktiv = Xususiy kapital+ Majburiyatlar 
Ushbu tenglikni ta’minlash uchun buxgalteriya hisobi odatda, ma’lum bir davrning boshida
aktiv, xususiy kapital va majburiyatlarning boshlang‘ich holatini bilishdan boshlanib, shu 


32 
davrning oxirida ularning oxirgi holatini bilish bilan yakunlanadi. Bunday axborotlarni olish usuli 
bo‘lib buxgalteriya balansi hisoblanadi. 
Buxgalteriya balansi negizida «balans» so‘zi yotadi. Bu so‘z lotincha 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin