35
Balans moddalari aktivi va passivi Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun va «Hisob
yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1 – sonli Buxgalteriya hisobini milliy standarti
bo‘yicha belgilangan tartibda yuritiladi.
Balanslar o‘zlarining mazmuni va qanday maqsadga qaratilganligiga qarab dastlabki, hisobot
va tugatish balanslariga bo‘linadi. Subyekt o‘z faoliyatini boshlashda dastlabki yoki boshlang‘ich
balans tuziladi. Bunday balansning aktivida korxonaning tashkil qilinishi paytida berilgan xo‘jalik
mablag‘lari ko‘rsatilsa, passivida bu mablag‘ qanday mablag‘lardan tashkil topganligiga
ko‘rsatiladi.
Hisobot balansi korxonalar tomonidan har bir hisobot davri tugashi bilan tuziladi. Subyektlar
oylik, chorak va yillik hisobot balanslari tuzadilar. Bu balanslar, odatda, hisobot davridan keyingi
oyning birinchi kuniga bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lari, ularning joylanishi va tashkil topish mabalarini
guruhlashtirgan holda ko‘rsatadi. Tugatish balansi subyekt tugatilayotgan bo‘lsa, shu tugatilish
kuniga bo‘lgan uning mablag‘larini, ularning joylanishi va tashkil topish manbalarining holatini
ko‘rsatish uchun tuziladi.
Buxgalteriya balansining turlari.
Korxonalar tomonidan tuziladigan
b
uxgalteriya balansini turli belgilari bo‘yicha tasniflash
mumkin, masalan tuzilgan sanasiga, ma’lumotlarni jamlash hajmiga, subyektlarni
moliyalashtirilishiga, regulirovka schetlari qoldiqlari hisobga olinganligiga va boshqa belgilariga
qarab ( keyingi betga qarang).
Tuzilgan sanasiga ko‘ra
buxgalteriya balansini quyidagi turlarga ajratish mumkin: kirish
(yoki ta’sis ) balansi; boshlang‘ich va hisobot balansi; tugatish balansi; birlashtirish va ajratish
balansi.
Dostları ilə paylaş: