22
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan hisobchilik va
statistika funksiyalarini bajaruvchi vositasidan subyektlarning faoliyati to‘g‘risidagi axborotni
yig‘ish, ishlash va topshirish quroliga aylanadi. Bu axborotdan manfaatdor tomonlar o‘z
ixtiyoridagi vaqtincha ortiqcha mablag‘larni samaraliroq investisiya qilish to‘g‘risidagi asoslangan
qarorlar qabul qilish uchun foydalanadilar.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda buxgalteriya hisobini biznes tili deb atashadi.
Uni o‘rganish har qanday tilni o‘rganishga juda o‘xshab ketadi va buxgalteriya hisobida
ishlatiladigan ko‘pchilik so‘zlar hayotda qo‘llaniladigan xuddi shunday so‘zlarga qaraganda
boshqacha ma’noga ega bo‘lganligi sababli uni o‘rganish biroz qiyinroq tuyuladi.
Har qanday til ham buxgalteriya hisobidek, jamiyatning o‘zgarib borayotgan ehtiyojiga
javoban rivojlanib va o‘zgarib boradi. Buxgalteriya hisobida qo‘llanib kelinayotgan qoidalar ham
yoki ularning bir qismi jamiyatning o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarga qarab o‘zgartirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: