SOTISHNING SOF QIYMATI –bu ishlab chiqarish zaxirasining tannarxidan kichik
qiymati bo‘lib, faqatgina ularni keragidan ko‘p miqdorda yig‘ilib qolganida bahoni pasaytirish
hollarida vujudga keladi.
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI – bu bevosita mahsulotlarni (ish, xizmatlarni)
ishlab chiqarishga ketgan, shuningdek ularning tannarxini tashkil etuvchi xarajatlar.
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari deganda ishlab chiqarishning asosiy texnologik
jarayonlarini bevosita olib boruvchi ishlab chiqarish sexlari xarajatlari tushuniladi.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari deganda asosiy ishlab chiqarish sexlari uchun
yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘lib hisoblangan ishlab chiqarish bo‘linmalarining
(sexlarning) xarajatlari tushuniladi.
Umum ishlab chiqarish xarajatlari deganda barcha asosiy va yordamchi ishlab chiqarish
sexlarini boshqaruviga va tashkil etishga taalluqli bo‘lgan, shuningdek ularga xizmat
ko‘rsatuvchi bo‘linmalarning xarajatlari tushuniladi.
Bevosita xarajatla r deganda
u yoki bu ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga
to‘g‘ridan- to‘g‘ri olib boriladigan xarajatlar tushuniladi.
Bilvosita xarajatlar deganda korxonaning butun ishlab chiqarish faoliyatiga taalluqli
bo‘lgan ,lekinda aniq bir bo‘linmaning (mahsulotning) tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritib
bo‘lmaydigan, shuning uchun ma’lum bir tartibga muvofiq bo‘linmalar (mahsulotlar) o‘rtasida
taqsimlanadigan xarajatlar tushuniladi.
O‘zgaruvchan xarajatlar – bu ishlab chiqarish hajmining oshishi va kamayishigaga ko‘ra
sarfi miqdor jihatdan bevosita o‘zgarib turadigan xarajatlar.
Shartli o‘zgarmas xarajatlar – bu ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga qaramasdan
summasi o‘zgarmaydigan, lekinda nisbiy darajasi o‘zgarishi mumkin bo‘lgan xarajatlar.