. KAPITALLASHTIRISH DARAJASI – aktivlardan foydalanish natijasida kutilayotgan
hajmining aktivlar qiymatiga bog’liqlik darajasini o’rnatadigan koeffitsiyent.
KASSIR - kassa pulni qabul qilish, saqlash va berish majburiyati Yuklatilgan javobgar
shaxs. Kassir yozma ravishda moddiy javobgarlik haqida majburiyatni o‘zining bo‘yniga oladi.
Kassir o‘z ishi jarayonida kassa jarayon-lari haqidagi nizomga amal qilishi zarur. Pulni qabul
qilish va berishda kassir korxona rahbari va bosh buxgalterning imzolari bilan tasdiqlangan
hujjatlarga asoslanadi. Kassadagi pul mablag‘lari hisobini kassir kassaning kitobida olib boradi.
KASSA KITOBI - korxona kassiri kassa jarayonlari hisobini yuritishiga muljallangan
hisob registrlaridir.
KASSANING UMUMLASHTIRILGAN SMETASI – budjetlashtirish tizimidagi ishlab
chiqarish muomalalariga to’g’ri keladigan ma’lum vaqtda kassadagi naqd pullarni hisoblash.
KELTIRILGAN (DISKONTLANGAN) SOF QIYMAT – boshlang’ich investisiya
xarajatlari summasiga kamaytirilgan, diskontlangan qiymat.
KIRITILADIGAN XARAJATLAR – kelgusida daromad olib keladigan sotib olingan va
mavjud bo’lgan resurslar.
KITOBLAR – bular xo‘jalik operasiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan hisob
varaqalarini o‘z ichiga olgan, muqovalangan va tikilgan hisob registrlari.
KONSIGNATOR - tovarlarning egasi bo‘lmasada, tovarlari mavjud bo‘lib, asosan,
komission boshlang‘ich bosqichida faoliyat yuritadi. O‘z idorasi, shuningdek, qabul qilish, qayta
ishlash va tovarlarni sotish binosiga ega bo‘ladi.
KONSIGNATSIYA - tovarlarni xorijga sotishning komission shakli bo‘lib, unga ko‘ra
tovarlarning egasi (konsignant) u yerdagi o‘z komissioneriga (konsignatoriga) tovarlar
partiyasini sotish uchun jo‘natadi.