ISHLAB CHIQARISHGA SARFLANGAN XARAJATLARNI HISOBGA OLISH VA MAHSULOTNING TANNARXINI KALKULATSIYA QILISH USULI – ishlab
chiqarilgan mahsulot yoki uning birligini tannarxini aniqlashni ta’minlaydigan sarflangan
xarajatlarni hujjatlashtirish va aks ettirish usullarining yig’indisi. Xarajat obektlari boyicha –
jarayonlar, ishlov berish va buyurtma usullariga, xarajatlarni hisobga olishning to’liqligi boyicha
– to’liq va to’liq bo’lmagan tannarxni kalkulatsiya qilish va tezkorligi boyicha – haqiqiy.
ISHLAB CHIQARISH NORMASI - vaqt birligida tayyorlanishi lozim bo‘lgan mahsulot
miqdorini donalar, tonnalar, metrlar va hokazolarda xarakterlaydi.
ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARINING TANNARXI- bu ularni sotib olishga yoki
ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlar majmuasi.
JURNAL-ORDERLAR – bu ma’lumotlarni schetlarning krediti bo‘yicha guruhlangan
holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar.
JORIY AKTIVLAR Ga pul mablag‘lari, ishlab chiqarish zaxiralari, debitor qarzlar va bir
yil ichida yoki yanada qisqa muddat ichida pul mablag‘lariga aylantirish, sotish mumkin bo‘lgan
boshqa aktivlar kiradi.
KALKULATSIYA (lat. calculatio - hisoblash) - bajarilgan ish, tayyorlangan mahsulot,
qabul qilingan moddiy boyliklar qiymatini aniqlash, xarajatlarini guruhlash usuli.
KAMOMAD deganda, inventarizasiyadan o‘tkazilgan mulk va majburiyatlar haqiqiy
holatining hisob ma’lumotlaridan kam chiqishi tushuniladi.
411
KARTOCHKALAR - bular xo‘jalik operasiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan va
alohida hisob varaqalari sifatida qalin qog‘ozga yoki karton qog‘ozga tipografik usulda ma’lum
shaklda tayyorlangan registrlar