MAHSULOTNING MARJINALLIGI – olingan daromad (baho) nisbatan foiz
ko’rinishidagi bir birlik mahsulotga to’g’ri keladigan marjinal daromadning jarajasi.
MAJBURIYATLAR - shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga
muayyan ishni amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to‘lash va
boshqa majburiyatlaridir yoxud muayyan xatti-harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor
esa qarzdordan o‘z majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir.
Uzoq muddatli majburiyatlar – 1 yildan ko‘p muddatda uzilmagan qarzlar.
Qisqa muddatli majburiyatlar – 1 yilgacha muddatda uzilmagan qarzlar.
.
MARJINAL XARAJATLAR VA DAROMADLAR – ishlab chiqarilgan bir-lik
mahsulotga tegishli qo’shimcha xarajatlar va daromadlar.
MARJINAL DAROMAD – “ Direkt - kosting“ tizimida ishlab chiqarilgan mahsulot va
buyumning tannarxini hisoblash usulini qo’llashda ushbu mahsulotni sotishdan olingan
daromadning summasidan o’zgaruvchan xarajatlarni qo’shgan holda hisoblangan mahsulotning
tannarxi chegirilgandan keyin qolgan summa.
MARJINAL DAROMAD USULI – mahsulotlarni sotishdan olingan daromad va ushbu
mahsulotlarni ishlab chiqarishda sarflangan o’zgaruvchan xarajatlarning farqiga asoslangan
tenglik usulining turi.
MAQSADLI TUSHUMLAR (MT) korxonaga turli maqsadlarda turli manbalardan kelib
tushgan mablag‘lar majmuasi (grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari, soliqlar bo‘yicha
imtiyozlar va boshqalar).
MAS’ULIYAT MARKAZI – ish faoliyati natijasi uchun rahbari javob beradigan tegishli
subektning tarkibiy bo’linmalari.
MASHINOGRAMMALAR - bular zamonaviy kompyuterlarda tegishli algoritmlar va
dasturlar asosida shakllangan analitik va sintetik hisob, shuningdek moliyaviy hisobot
registrlari.