Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Xo‘jalik mablag‘lari va ularni turkumlash



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   318
hisob siyosati

2.2.Xo‘jalik mablag‘lari va ularni turkumlash 
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda xo‘jalik jarayonlarini amalga oshirish uchun ularning 
ma’lum turdagi mablag‘lari bo‘lishi kerak. Bu mablag‘larga bino, inshootlar, asbob uskunalar, 


38 
ishlab chiqarish zaxiralari, pul mablag‘lari moddiy va nomoddiy aktivlar va shu kabilar kiradi. Bu 
mablag‘lar turli xil joylashgan va turli funksiyalarni bajaradi. Shu bilan birga ular turli xil 
manbalardan tashkil topadi. Xo‘jalik yurituv-chi subyektlarning xo‘jalik mablag‘lari buxgalteriya 
hisobida xo‘jalik jarayonidagi funksional roliga va shu jarayonda qatnashish xususiyati va 
muddatiga muvofiq turkumlanadi. Xo‘jalik jarayonida bajarilayotgan funksional roliga qarab 
xo‘jalik mablag‘lari ishlab chiqarish fazasidagi mablag‘lar, muomala fazasidagi mablag‘lar va 
korxona aylanishidan chetlatilgan mablag‘larga bo‘linadi. Buni quyidagi rasm bo‘yicha tasvirlasa 
bo‘ladi(
2.2.1 – rasm
). 
 
 
 
XO‘JALIK FAOLIYATI YURITILISHINI TA’MINLOVCHI AKTIVLARNING TAVSIFI 
O‘z faoliyatini yuritish uchun har qanday korxona xo‘jalik aktivlariga ega bo‘lishi lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 1998 yil 14 avgustda 475 –tartib raqami bilan 
ro‘yxatdan o‘tgan «Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish uchun konseptual asos»ga muvofiq 
(39-modda)
 aktivlar
deganda xo‘jalik yurituvchi subyektning baholash qiymatiga ega bo‘lgan va 
o‘z ichiga pul mablag‘lari va debitorlik qarzlarni olgan moddiy, shuningdek nomoddiy mulki 
tushuniladi.
Aktiv deb tan olish uchun moddiy va nomoddiy mulk quyidagi talablarga javob berishi kerak: 

Qiymatga ega bo‘lishi va bu qiymat baholanadigan bo‘lishi kerak. 

Egalik qilish huquqiga asosan qaysi korxona balansiga kiritilgan bo‘lsa, shu korxona 
tomonidan nazorat qilinishi lozim. 

Kelgusida korxonaga iqtisodiy naf keltirishi kerak, jumladan korxonaning pul mablag‘larini
kirimini ko‘payishiga bevosita va bilvosita hissa qo‘shishi kerak. 

Yuz bergan xo‘jalik operasiyalari natijasi hisoblanishi kerak, masalan tayyor mahsulot 
ishlab chiqarish jarayonining natijasidir. 
Aktivlarning xarakterli xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 

Jismoniy ko‘rinishga (shaklga) ega bo‘lishi ham, ega bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, 
bino yoki stanok aniq shaklga ega, lekinda patent, lisenziya, savdo belgisi, mualliflik huquqi 
moddiy shaklga ega emas. 

Sotib olingan, bepul kelib tushgan, ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin. 
Xо‘jalik jarayonida bajarilayotgan funksional roliga qarab mablag‘larning 
turkumlanishi. 
Ishlab chiqarish 
fazasidagi 
mablag‘lar 
Muomala fazasidagi 
mablag‘lar 
Korxona ayla-
nishidan chetla-
tilgan
mablag‘lar


39 

Korxonada yuz berayotgan jarayonlarda moddiy asos yoki ularning natijasi hisoblanishi 
mumkin. Masalan, xom-ashyo ishlab chiqarishga moddiy asos, tayyor mahsulot esa ishlab 
chiqarishning natijasi hisoblanadi. 

Boshqa aktivlarga almashtirilishi mumkin. 

Qarzlarni to‘lash uchun ishlatilishi mumkin. 

Qisqa yoki uzoq vaqt maboynida foydalanishda bo‘lishligi mumkin. 

Aylanmada va aylanmadan tashqarida bo‘lishligi mumkin. 
Korxonalarning yuqorida keltirilgan talab va xususiyatlarga javob beradigan asosiy aktivlariga 
quyidagilar kiradi

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin